2-mavzu. Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobi


Korporativ plastik kartochka


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/18
Sana22.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1646055
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Korporativ plastik kartochka korxonaga karta hisobvarag‘ida hisobda 
turgan pul mablag‘larini tasarruf etish, tovarlar, ishlar yoki xizmatlar uchun naqd 
pulsiz shaklda to‘lovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi bank kartasi. 
Korporativ bank kartalari yordamida hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi maxsus 
“Yuridik shaxslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan 
foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom
5
bilan belgilangan. 
4
Accounting, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 72 page, 2014 
5
O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 18.04.2005 yildagi 1470-son bilan rо‘yxatga olingan 


Korporativ kartochkalar yuridik shaxslarga, shuningdek yuridik shaxsni 
tashkil etmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga beriladi. Ular yordamida 
Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga
6
muvofiq korxonaning ishlab chiqarish-
xo‘jalik faoliyatida zarur bo‘lgan hamma narsa uchun haq to‘lash mumkin. 
Korporativ kartochkadan bankomat orqali naqd pul olish, unga ish haqi va ish 
haqiga tenglashtirilgan to’lovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va 
dividendlarni o’tkazish uchun foydalanish mumkin emas. 
 
2.6. Hisob-kitob va chet el valyutasi schyotlaridagi pul mablag‘lari 
bo‘yicha muomalalar hisobi 
Korxonaning bankdagi hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larining 
mavjudligi va xarakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 5110–“Hisob-kitob 
schyoti”da amalga oshiriladi. 
Pul o‘tkazish yo‘li bilan (naqd pulsiz) hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar: 

ishlar, tovarlar, xizmatlar uchun haq to‘lash; 

qarz va kreditlar; 

ustav fondiga hissalar va hokazolar tarzida kelib tushadi. 

naqd pul mablag‘lari hisobraqamga korxona kassasidan: 

naqd pul tushumi qabul qilinganidan keyin; 

ish haqini deponentlash, pul mablag‘larini hisobdor shaxslardan qaytarish 
va boshqa shunga o‘xshash vaziyatlarda kelib tushadi.
5110–“Hisob-kitob schyoti”ning debeti bo‘yicha korxonaning hisob-kitob 
schyotiga pul mablag‘larining kelib tushishi aks ettiriladi. 5110–“Hisob-kitob 
schyoti”ning kreditida korxonaning hisob-kitob schyotidan pul mablag‘larining 
hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank ko‘chirmasini tekshirish natijasida 
korxonaning hisob-kitob schyoti debeti yoki kreditiga xatolik bilan olib borilgan 
summalar 4860 “Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar” yoki 6960 “Da’volar 
bo‘yicha to‘lanadigan schyotlar” bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida hisob-kitob schyoti bo‘yicha operatsiyalar bank 
6
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.02.1999 yildagi 54-son Qarori 


ko‘chirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob hujjatlari asosida aks 
ettiriladi. 
Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5100) 
bo‘yicha analitik hisob milliy valyutadagi pul mablag‘larini saqlash uchun banklarda 
ochilgan har bir schyot bo‘yicha yuritiladi. 
Korxona o‘zining hisobraqami bo‘yicha barcha operatsiyalarni shaxsiy 
hisobvaraqning holatiga doir ko‘chirmalar yordamida tekshirishi mumkin. Bu bank 
taqdim etadigan ko‘chirmaning odatdagidek qog‘oz shakli ham, elektron hujjat ham 
bo‘lishi mumkin. Korxona tanlagan bank hisobraqamiga xizmat ko‘rsatish tizimidan 
qat’i nazar, ko‘chirma bank tomonidan hisob-kitob raqami bo‘yicha operatsiyalar 
o‘tkazilgan har bir kun uchun qog‘oz shaklida beriladi. Bank operatsiyalarni 
o‘tkazishi uchun asos bo‘lganhujjatlarning nusxalari ko‘chirmaga ilova qilinadi.
Pul mablag‘lari harakatini aks ettirganda buxgalteriya hisobida hisobvaraq 
debeti bo‘yicha qoldiq vakirim, hisobvaraq krediti bo‘yicha chiqim hisobga 
olinadi. pul mablag‘lari harakatini aks ettirganda buxgalteriya hisobida hisobvaraq 
debeti bo‘yicha qoldiq va kirim, hisobvaraq krediti bo‘yicha chiqim hisobga 
olinadi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriyasi hisob-kitob schyotidan ko‘chirma 
va unga ilova qilingan hujjatlarni har tomonlama tekshirgandan so‘ng, hujjatlar 
qayta ishlanadi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklini qo‘llovchi xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarda hisob-kitob schyotining krediti bo‘yicha yozuvlar 2-jurnal-
orderga, debeti bo‘yicha yozuvlar esa 2-vedomostga yozib boriladi. Jurnal-order va 
vedomostga yozuv bankdan olingan ko‘chirma va unga ilova qilingan hujjatlar 
asosida yoziladi. Jurnal-order va vedomostning oylik jami summasi “Bosh kitob”ga 
ko‘chiriladi. 
18-jadval 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling