2-mavzu. Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobi


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/18
Sana22.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1646055
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
To‘lov topshiriqnomasi — mijozning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z 
hisobvarag‘idan topshiriqnomada belgilangan summani mablag‘larni oluvchining 
hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i nazarda tutilgan hisob-kitob 
hujjati. 
To‘lov topshiriqnomalari bilan tovarlar (ishlar, xizmatlar), soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa to‘lovlar 
bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin.
To‘lov topshiriqnomalari bankka: 
a) mablag‘larni to‘lovchi va mablag‘larni oluvchiga bitta bank tomonidan 
xizmat ko‘rsatilganda, to‘lov topshiriqnomalari uch nusxada taqdim qilinadi. Bunda 
to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, to‘lov topshiriqnomasining: 
birinchi nusxasi — bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi; 
ikkinchi nusxasi — mablag‘larni oluvchining shaxsiy hisobvarag‘idan 
ko‘chirmaga ilova qilingan holda mablag‘larni oluvchiga taqdim qilinadi; 


uchinchi nusxasi — mablag‘larni to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan 
ko‘chirmaga ilova qilingan holda mablag‘larni to‘lovchiga taqdim qilinadi; 
b) mablag‘larni to‘lovchi va mablag‘larni oluvchiga turli banklar tomonidan 
xizmat ko‘rsatilganda — to‘lov topshiriqnomalari ikki nusxada taqdim qilinadi. 
Bunda to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, to‘lov topshiriqnomasining: 
birinchi nusxasi — bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi; 
ikkinchi nusxasi — mablag‘larni to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan 
ko‘chirmaga ilova qilingan holda mablag‘larni to‘lovchiga taqdim qilinadi. 
Mijozlardan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari orqali 
olingan elektron to‘lov topshiriqnomasi dasturiy nazoratdan o‘tkaziladi va bank 
amaliyot kunida qayta ishlash uchun uzatiladi. Elektron to‘lov topshiriqnomasi 
to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng, ro‘yxat ko‘rinishida chor etiladi va bankning 
kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi. 
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi orqali yuborilgan 
elektron to‘lov topshiriqnomalarning qog‘oz ko‘rinishidagi asl nusxasi bankka 
taqdim etilmaydi. Elektron to‘lov topshiriqnomalarining rasmiylashtirilishi va 
ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun mijoz javobgar hisoblanadi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling