2-mavzu. Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobi


 Kassadagi naqd pullarni inventarizatsiya qilish va natijalarini


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana22.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1646055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
 
2.3. Kassadagi naqd pullarni inventarizatsiya qilish va natijalarini 
rasmiylashtirish tartibi 
 
Kassa inventarizatsiyasi bir oyda bir marta o‘tkazilib, unda haqiqatda bo‘lgan 
pul mablag‘lari sanaladi. Hech qanday hujjatlar yoki tilxatlar naqd pul qoldig‘iga 
kiritilmaydi. Hisoblab chiqish albatta kassir hozirligida amalga oshiriladi. 
Kassirning kassada mazkur korxonaga tegishli bo‘lmagan pul mablag‘lari va boshqa 
boyliklarning 
borligi 
to‘g‘risida 
bayonotlari 
e’tiborga 
olinmaydi. 
Inventarizatsiyalash paytida nafaqat seyfdagi, balki umuman butun kassa xonasidagi 
qimmatliklarning hisobi yuritilishi sababli ushbu joyda o‘zning shaxsiy pullarini 
saqlashga ruxsat etilmaydi. 
Kassa daftaridagi yozuvlarning hujjatlar bilan asoslanganligi ham tekshiriladi. 
Ular to‘g‘ri rasmiylashtirilgan kirim va chiqim kassa orderlari bilan tasdiqlanishi 
kerak. Kassa daftarini elektron (dasturiy) uslubda yuritiladigan tashkilotlarda 
hujjatlarga ishlov berish tizimining to‘g‘ri yuritilishi tekshiriladi. 
Kassa inventarizasiyasini o‘tkazish muddatlari kompaniyaning xususiyatidan 
kelib chiqan holda mustaqil belginaladi.
3
3
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 68 page, 2014 


Tekshirishni amalga oshirish jarayonida buxgalter quyidagi tartibga rioya 
qilishi kerak: 

kassani tekshirish kassir ishtirokida amalga oshiriladi; 

kassani tekshirish paytida barcha kassa jarayonlari to‘xtatiladi. Agar 
xo‘jalik yurituvchi subyektda bir nechta kassa mavjud bo‘lsa, o‘tkazish holida 
buxgalter barcha kassalarni muhrlaydi. Kassa kaliti kassirda, muhr esa bosh 
buxgalterda qoladi; 

kassadagi naqd pullar va qimmatbaho qog‘ozlar kassir va bosh buxgalter 
ishtirokida birma-bir sanab chiqiladi. Pullar qanday holda bo‘lishidan qat’iy nazar, 
to‘liq sanab chiqilishi lozim. Bank o‘ramidagi pullar ham o‘ramidan olib, sanaladi. 
Sanash tugagach, dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada kassadagi pullar belgilari 
bo‘yicha alohida ko‘rsatiladi va ularning to‘liq summasi yoziladi. Dalolatnomaga 
taftish hay’ati, bosh buxgalter va kassir imzo chekadi. Kassa xarajat orderi bilan 
rasmiylashtirilmagan turli xildagi tilxatlar, vedomostlar va schyotlar tekshirish 
jarayonida hisobga olinmaydi; 

kassadagi sanalgan pullarning va qimmatbaho qog‘ozlarning hammasi shu 
xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli hisoblanadi, chunki boshqa xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar va shaxslarning pullari va qimmatbaho qog‘ozlarini xo‘jalik yurituvchi 
subyekt kassasida saqlash taqiqlanadi; 

kassadagi kamomad yoki ortiqcha pul mablag‘lari to‘g‘risidagi 
ma’lumotni auditor dalolatnomada yoritadi, pul mablag‘larining pul mablag‘i yoki 
kam chiqishi sabablari to‘g‘risida kassirdan tushuntirish xati oladi. Kamomad 
summasi yoki suiiste’mol qilingan pul miqdori haddan ziyod bo‘lsa, buxgalter bu 
haqda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga xabar beradi; 

kassani tekshirish vaqtida kassadagi qimmatbaho qog‘ozlar (aktsiyalar, 
obligatsiyalar, sertifikatlar), yoqilg‘i-moylash TMZlarini olish talonlari, qat’iy 
hisobot blankalari, dam olish uylari, sihatgohlarga yo‘llanmalar va boshqa pul 
hujjatlari miqdori dalolatnomada ko‘rsatiladi. 
Kassani 
inventarizatsiyalash 
natijalari 
“Naqd 
pul 
mablag‘larini 
inventarizatsiyalash dalolatnomasi”da aks ettiriladi. Unda inventarizatsiyalash 


kunida qimmatliklarning inventarizatsiyalash natijasi bo‘yicha haqiqatdagi qoldig‘i 
va hisob ma’lumotlari bo‘yicha qoldig‘i ko‘rsatiladi. Kamomad yoki ortiqcha naqd 
pul aniqlanganda dalolatnomada uning summasi va paydo bo‘lish sabablari 
ko‘rsatiladi. Dalolatnomani inventarizatsiyalash komissiyasi a’zolari va moddiy 
javobgar 
shaxs 
imzolaydilar. 
Dalolatnomaning 
bir 
nusxasi 
tashkilot 
buxgalteriyasiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi moddiy javobgar shaxsda qoladi. 
Moddiy javobgar shaxslar almashganda dalolatnoma uch nusxada tuziladi. 
Ortiqcha pul mablag‘lari kirim qilinishi, kamomad esa aybdor shaxsdan 
undirilishi kerak. 
Inventarizatsiya natijalari o‘z vaqtida buxgalteriya hisobvaraqlarida aks 
ettiriladi: 

ortiqcha pullar chiqqanda, ushbu summa kassaga qaytadan kirim qilinadi: 
Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” 
Kredit 9390 “Boshqa operasion daromadlar” 

kamomad aniqlanganida: 
Debet 4730 “Moddiy zararni qoplash yuzasidan xodimlarning qarzi” 
Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” 

kamomad summasini kassir bevosita kassaga to‘laganida: 
Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” 
Kredit 4730 “Moddiy zararni qoplash yuzasidan xodimlarning qarzi” 

kamomad summasi kassirning ish haqidan ushlab qolinganida: 
Debet 6710 “Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar” 
Kredit 4730 “Moddiy zararni qoplash yuzasidan xodimlarning qarzi” 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling