2-mavzu. Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobi


Kassa kirim orderlarini qayd etish


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana22.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1646055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Kassa kirim orderlarini qayd etish 
DAFTARI 
T/r 
Kimdan olindi 
Maqsadi 
Miqdori 
(summasi) 
Sana 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
16-jadval 
Kassa chiqim orderlarini qayd etish 
DAFTARI 
T/r 
Kimga berildi 
Maqsadi 
Miqdori 
(summasi) 
Sana 
Chiqim kassa orderlariga ilova qilinadigan hujjatlar, arizalar, to‘lovnomalar 
(schyotlar) va boshqalarda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining ijozat beruvchi 
imzosi bo‘lgan hollarda chiqim kassa orderlarida rahbar imzosi bo‘lishi shart emas. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning xodimlari ro‘yxatida turmaydigan shaxslarga 
pul tuzilgan shartnomalar asosida har bir shaxs uchun alohida yoziladigan chiqim 
kassa orderi bo‘yicha beriladi. 
Kassir pulni faqat chiqim kassa orderida yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatda 
ko‘rsatilgan shaxsga beradi. Ayrim hollarda pul ko‘rsatilgan tartibda 
rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida olinadigan bo‘lsa, chiqim orderi matnida 
pul oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismidan keyin pul olish uchun ishonch 
bildirilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi yozib qo‘yiladi. Agar pul 
vedomosti bo‘yicha berilayotgan bo‘lsa, pul olinganini tasdiqlovchi imzo oldidan 
kassir “Ishonchnoma asosida” deb yozib qo‘yadi. Ishonchnomani kassir olib qoladi 
va chiqim kassa orderiga yoki ishonchnomaga tikib qo‘yadi. 
Kassir ish haqi, ish qobiliyatini vaqtincha yo‘qotish nafaqasi, stipendiya, 


pensiya va mukofotlarni har bir oluvchi uchun chiqim kassa orderi tuzmasdan, to‘lov 
(hisob-kitob-to‘lov) vedomostlari bo‘yicha beradi. 
To‘lov (hisob-kitob-to‘lov) vedomostining yuzida pul berishga ruxsat etuvchi 
ustxat yozilib, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari va bosh buxgalterining yoki ular 
vakolat bergan shaxslarning imzolari, pul berish muddatlari hamda so‘z bilan 
yozilgan summa bo‘lishi shart. 
Ish haqi sifatida bir marta to‘lanadigan pullar (ta’tilga chiqayotganda, kasal 
bo‘lganda va hokazo), shuningdek, deponentdagi summalar, bir necha shaxslarga 
xizmat safari xarajatlari uchun hisobot topshirish sharti bilan beriladigan pullar ham 
shu tartibda rasmiylashtiriladi. 
Kirim va chiqim kassa orderlari buxgalteriya tomonidan siyoh yoki sharikli 
ruchka bilan aniq va tushunarli yozilishi shart. Hujjatni elektron tarzda to‘ldirish va 
keyin bosib chiqarish ham mumkin. Kassa orderlariga har qanday o‘chirib yozish va 
tuzatishlar kiritish, izohlar yozishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Kassa limiti – bu sizning kassangizda doimo turishi mumkin bo‘lgan pul 
miqdoridir. U har yili yanvar oyida korxonalar va banklar o‘rtasidagi kelishuvga 
asosan belgilanadi va har qanday paytda naqd pul aylanmasidan kelib chiqqan holda 
yil davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Agar korxonaning o‘rtacha kunlik 
naqd pul tushumi eng kam oylik ish haqi summasiga etmaydigan bo‘lsa, limit 2 yil 
muddatga belgilanadi. 
Agar siz hisob-kitoblarni naqd pulda amalga oshirmasangiz, u holda kassangiz 
limiti ham nolga teng bo‘ladi, chunki kassada pul qoldirishga sizda ehtiyoj 
bo‘lmaydi. 
Limit doirasidan ortiqcha pul mablag‘larini mehnatga haq to‘lash 
kunlaridagina (3 ish kuni) saqlash mumkin. 
Korxona kassasiga kelib tushgan naqd pul tushumi har kuni to‘liq bankka 
topshirilishi shart - inkassator xizmati orqali yoki korxonaning o‘zi uni mustaqil 
ravishda banklarning kunduzgi va kechki kassalariga topshiradi. 
Kassir kassa kirim va chiqim orderlari asosida kassa daftarini yuritadi, unda 
tashkilotning barcha kelib tushgan va berilgan naqd pullari hisobga olinadi. 


Kassa daftaridagi varaqlar oldindan raqamlangan, tikilgan va tashkilot muhri 
bilan muhrlangan (korxonada muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) bo‘lishi lozim. 
So‘nggi varaqda varaqlar soni, rasmiylashtirilgan sana ko‘rsatiladi va rahbar hamda 
bosh buxgalter imzosi qo‘yiladi. 
Kassa daftaridagi yozuvlar qoraqog‘oz vositasida 2 nusxada yoziladi. Bunda 
varaqlarning birinchi nusxalari kassa daftarida qoladi, qirqiladigan ikkinchi nusxasi 
esa kassirning hisoboti hisoblanadi. Varaqlarning ikkala nusxasi bir xil raqam bilan 
raqamlanadi. 
17-jadval 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling