Jasurbek annamurotov moliyaviy hisob fanidan


Download 141.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana02.04.2023
Hajmi141.56 Kb.
#1321390
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ANNAMURATOV JASURBEK



JASURBEK ANNAMUROTOV
MOLIYAVIY HISOB FANIDAN
MAVZU: Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik uchun haq toʻlash hisobi
REJA;
1. Mehnat va ish haqining iqtisodiy mohiyati va hisobning vazifalari.
Aholi daromadlarining tarkibi.
2. Korxona hodimlarining tarkibi va turkumlanishi.
3. Mehnatga haq to'lashning shakllari va turlari.
4. Mehnat va ish haqining dastlabki, sintetik va analitik hisobi.
5. Mehnat haqiga nisbatan amalga oshiriladigan ajratmalar va undan
chegiriladigan summalar hisobi.
6. Mehnat ta'tili rezervi va to'lovlari hisobi. Ish haqi fondi va uni
nazorat qilish.
7. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi va tug'ish ta'tillari
bo'yicha nafaqani hisoblash va to'lash tartibi.
Tayanch iboralar
Mehnat va ish haqi hisobi, Mehnatga haq to'lashni shakllari, avanslar
hisobi,jismoniy shaxslar daromadlari tarkibi, soliqqa tortish, mehnat haqidan
boshqa ushlab qolinadigan summalar hisobi, yagona ijtimoiy to'lov, mehnat ta'tilini
hisoblash, mehnat ta'tili rezervi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi.
1. Mehnat va ish haqining iqtisodiy mohiyati va hisobning vazifalari.
Aholi daromadlarining tarkibi.
Ma'lumki, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun
korxonalarga asosiy vositalar, aylanma mablag'lar bilan birga ularni harakatga
keltirish uchun tegishli xodimlar bo'lishi lozim (ular mehnatiga haq to'lanishi
bilan). Aynan mehnat ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarishning


elementlarini odamlar hayoti uchun kerakli bo'lgan vositalariga aylantirishning
asosiy omili hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat mehnatkashlarining ehtiyojlarini
maksimal qondirishga qaratilgan. Bunga erishishning asosiy vositasi bo'lib mehnat
unumdorligini oshirish hisoblanadi. Mehnat unumdorligini oshirish o'z navbatida
ishlab chiqarishni texnik jihatdan takomillashtirish, uni elektrlashtirish va
mexanizatsiyalash darajasini oshirishni, ishlab chiqarishni tashkil etishni
yaxshilashni, mehnatga haq to'lashni rag'batlantiruvchi tizimlarini qo'llashni taqozo
etadi.
Mehnat haqi - bu sarflangan mehnatning soni va sifati asosida xodimlar
ixtiyorida qoladigan milliy daromadning bir qismi hisoblanadi. Mehnat haqi
xodimlarni o'z mehnati natijalariga moddiy qiziqtirishni ta'minlashda va mehnat va
iste'mol ustidan nazoratni ta'minlashdagi muhim iqtisodiy qurol hisoblanadi.
Mehnat haqi aholi daromadlarining asosiy qismini tashkil etadi. Keyingi
yillarda respublikamizda aholining jami pul daromadlarida ish haqi qariyib uchdan
bir qismini tashkil etgan, aholi daromadining qolgan qismi tadbirkorlik
faoliyatidan, pensiya, stipendiya, ijtimoiy nafaqa, tomorqa xo'jaligidan daromad va
boshqalardan tashkil topgan.
“Aholi daromadlari tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromadlar
ulushi tobora ortib bormoqda. Bu bo'yicha respublikamiz prezidenti I.A.Karimov-
“Bugungi kunda ushbu ko'rsatkich mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki
yillaridagi 10.6 foizdan 52 foizga oshganligini ta'kidlash lozim va bunday katta
yutuq albatta barchamizga mamnuniyat bag'ishlaydi(I.A.Karimov-Bizning
maqsadimiz erkin va farovon demokratik hayot qurish.T-2015,30-bet)”
Mehnat haqi xarajatlari mahsulot yetishtirish xarajatlari tarkibida katta
ulushga ega.
Hisob - iqtisod nuqtai nazaridan mehnatga haq to'lashni hisobga olish hisob
sohasining eng ko'p mehnat va xodim talab qiladigan sohasi hisoblanadi.


O'tkazilgan xronometraj kuzatuvlariga ko'ra u xo'jalikdagi butun hisob
ishlarini 35-40 foizini tashkil etadi.
Yuqoridagilardan hamda mehnatga muvofiq taqsimlash iqtisodiy qonuni
talablaridan kelib chiqib hisob oldiga quyidagi vazifalar qo'yilgan:
Hodimlar soni va tarkibi hisobini ta'minlash.
Bajarilgan mehnat va hisoblangan ish haqini o'z vaqtida hujjatlarda aks
ettirish.
Hisoblangan mehnat haqini har bir hodim bo'yicha o'z vaqtida va to'g'ri
amalga oshirilishini va uni hisobini ta'minlash.
Sarflangan mehnat va u bo'yicha mehnat haqi summasini hisob ob'yektlariga
iqtisodiy asoslangan holda taqsimlash.
Mehnat haqi fondidan foydalanish ustidan nazorat.
Mehnat va unga haq to'lashni progressiv shakllarini keng joriy etish.
Tegishli hisobotlar va rahbariyatni mehnat va unga haq to'lash bo'yicha
ma'lumotlar bilan o'z vaqtida ta'minlash.

Download 141.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling