Jasurbek annamurotov moliyaviy hisob fanidan


 Mehnatga haq to'lashning shakllari va turlari


Download 141.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana02.04.2023
Hajmi141.56 Kb.
#1321390
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ANNAMURATOV JASURBEK

3. Mehnatga haq to'lashning shakllari va turlari.


Qishloq xo'jalik korxonalarida mehnat haqini tashkil etish quyidagilarni o'z
ichiga oladi: mehnatni normallash, tarif tizimi, mehnat haqini shakl va tizimlari.
Mehnatni normallash - amaldagi vaqt normalari hamda xizmat ko'rsatish va
ish bajarish normalari.
Tarif tizimi - tarif-malaka ma'lumotnomasi, tarif setkasi va tarif stavkasini o'z
ichiga oladi.
Tarif-malaka ma'lumotnomasi - ishchilar malakasini aniqlash va ularga
ma'lum razryad belgilashga asos bo'ladi.
Tarif setkasi - bu razryadlar va ularga tegishli bo'lgan tarif koeffitsiyentlari
ko'rsatiladigan hujjat.
Tarif stavkasi - ishchilarning yoki ishning razryadiga muvofiq unga ma'lum
vaqt birligi davomida yoki bajarilgan ish (xizmat) miqdoriga to'lanadigan haq
miqdori.
Masalan, 2014- yilni 15-dekabrdan 1 razryad 293158 so'm, V-razryad 427661
so'm, X razryad 634861 so'm va boshqalar.
Xodimlarga mehnat haqi vaqtbay va ishbay shakllarida amalga oshiriladi.
Ish haqining vaqtbay shaklida xodimning malakasiga va ishlagan vaqtiga
qarab haq to'lanadi va u bo'linadi:
Oddiy vaqtbay - belgilangan maosh va stavkalar asosida
Vaqtbay-mukofot - belgilangan maoshdan tashqari muayyan miqdor va sifat
ko'rsatkichlariga erishganlik uchun qo'shimcha ravishda taqdirlanadi.
Ish haqining ishbay shaklida ish haqi haqiqatda bajarilgan ishning soni va
sifatiga qarab to'lanadigan haq hisoblanadi va uni quyidagi tizimari mavjud:
Oddiy ishbay - bajarilgan ish miqdorini uni belgilangan rastsenkaga
ko'paytirilgan holda hisoblanadi.


Ishbay-mukofot - bunda oddiy ishbaydagi haqdan tashqari ishni sifati,
normani oshirib bajargani va boshqalar uchun qo'shimcha ravishda taqdirlanadi.
Ishbay-progressiv - bunda me'yordan ortiqchasiga oshirilgan narx bo'yicha
haq to'lanadi. Bu har bir holda maxsus shkala bo'yicha ko'rsatilgan (belgilangan)
bo'ladi.
Akkord-mukofot - bunda mehnat haqi fondi butun ish hajmi uchun
belgilanadi. Bunda tarif ish haqi fondi bajarilgan ishga (yetishtirilgan
mahsulot)ning qiymatiga (har 100 so'mi yoki 1 sentneri, donasi) nisbatan akkord
rastsenkalari belgilanadi. Bu tizimda xodimlarga mehnat haqi yil davomida ushbu
rastsenkalar hisobidan amalga oshirilib yil oxirida ishlab chiqarishning natijalari
bo'yicha qayta hisob-kitob amalga oshiriladi.
Ish haqi o'z tarkibiga ko'ra quyidagicha turlarga bo'linadi:
Asosiy ish haqi.
Qo'shimcha ish haqi.
Asosiy ish haqi xodimlarning bajargan ishlari uchun to'lanadigan haq bo'lib
uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
Tarif stavkalari va maoshlar bo'yicha to'lanadigan haq.
Bekor turib qolishlar (ishchilarni aybisiz), tunda ishlaganlik uchun qo'shimcha,
dam olish va bayram kunlari va boshqalar uchun to'lanadigan haq.
Ta'tilga to'lanadigan, o'smirlarga imtiyozli soatlar uchun, davlat va jamoat
burchlarini bajarganlik uchun to'lanadigan haq va boshqalar.
Qo'shimcha ish haqi - bu belgilangan norma (erishilgan daraja)ga nisbatan,
tovar-moddiy qiymatlarni iqtisodi va boshqa ko'rsatkichlarga erishgani uchun
rag'batlantirishdir. Masalan, ishlab chiqarish rejasini oshirib bajarganligi,
materiallarni iqtisod qilganligi va boshqalar uchun asosiy haqga nisbatan
qo'shimcha holda rag'batlantirish.


Ish haqining barcha turlari natura va pul shaklida amalga oshirilishi
mumkinligi tegishli me'yoriy hujjatlarda o'z aksini topgan. Jumladan, O'zbekiston
Respublikasining “Fermer o'jaligi to'g'risida”gi qonunning 23 moddasida - “fermer
xo'jaliklari xodimlarining mehnatiga haq to'lash taraflarning kelishuviga ko'ra pul
hamda natura tarzida qonun hujjatlarida belgilangan yagona ta'rif setkasining
birinchi razryadi bo'yicha belgilangan miqdordan oz bo'lmagan miqdorda
belgilanadi” - deyilgan.

Download 141.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling