Jasurbek annamurotov moliyaviy hisob fanidan


 Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi va tug'ish ta'tillari


Download 141.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana02.04.2023
Hajmi141.56 Kb.
#1321390
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ANNAMURATOV JASURBEK

7. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi va tug'ish ta'tillari
bo'yicha nafaqani hisoblash va to'lash tartibi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining barcha tabaqalari uchun farovonlik va
ijtimoiy nafaqalarni yuqori darajada ta'minlanishi muhim hisoblanadi.
Ushbu vazifani boshqarilishida ijtimoiy nafaqalar mihim o'rinni egallaydi.
Mamlakatimizda ijtimoiy nafaqalarning quyidagi turlari mavjud:
- bolalar uchun nafaqa
- vaqtinchalik mehnatga qobilyatsizlik uchun nafaqa


- xomiladorlik va tug'ish uchun nafaqa
- bola tug'ilgani uchun nafaqa
- qo'shimcha dam olish kuni nafaqasi
- dafn marosimi nafaqasi
Yuqoridagi holatlar mamlakatimizda onalik va bolalikni himoya qilishda
muhim ahamiyatga egaligidandir.
Bu O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksidagi - “O'zbekiston
Respublikasida oila, onalik va bolalik davlat himoyasidadir. Ona va bola
manfaatlarini muhofaza qilish ayollarning mehnati va sog'ligini saqlashga doir
maxsus tadbirlar ko'rish, mehnatni onalik bilan bog'lab qo'shib olib borish uchun
ayollarga sharoit yaratish, onalik va bolalikni huquqiy himoya qilish, moddiy va
ma'naviy jihatdan qo'llab quvvatlash yo'li bilan ta'minlanadi” deyilgan so'zlar bilan
qonuniy holda mustahkamlangan.
Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha nafaqalar tayinlash va to'lash tartibi
to'g'risida Nizomga ko'ra vaqtincha mehnatga qobilyatsizlik nafaqasi quyidagi
hollarda ta'yinlanadi:
- vaqtincha mehnat qobilyatini yo'qotish bilan bog'liq kassalikda
(shikastlanishda);
- tibbiyot muassasalarining yo'llanmasi bilan sihatgohlarda davolanganda;
- kasallangan oila a'zosini parvarishlash zarur bo'lganda;
- karantinda;
- sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o'tkazilganda;
- mehnat qobilyatini tiklash yoki yasama a'zo (protez) qo'ydirish uchun
reabilitatsiya muassasalariga yetkazilganda.
Vaqtincha mehnatga qobilyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat
belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik


varaqasi) asos boladi. Vaqtincha mehnatga qobilyatsizlik bo'yicha nafaqa mehnat
qobilyati yo'qolgan birinchi kundan to u tiklangunga qadar yoki tibbiy mehnat
ekspertiza kamissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgilanganga qadar, hatto
bu davrda hodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham beriladi.
Vaqtincha mehnatga qobilyatsizlik quyidagi davrlarga to'g'ri kelganda nafaqa
to'lanmaydi:
- Ish haqi saqlanmagan ta'til:
- Bolani parvarishlash bo'yicha ta'til;
- Ish vaqtincha to'xtatilganda;
- Xodim ishdan (lavozimidan) chetlashtirilib, ish haqi to'lash to'xtatilib
qo'yilganligi sababli ishlamagan;
- Xarbiy o'quv yoki tekshiruv yig'ini;
- Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o'quv yurtlarida tahsil olish
munosabati bilan berilgan qo'shimcha ta'til.
Ushbu davrlardan, boshlanib, davom etayotgan mehnatga qobilyatsizlik
nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim bo'lgan kundan boshlab
beriladi.
Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda berilmaydi:
ishdan yoki boshqa vazifalardan bo'yin tovlash maqsadida o'z salomatligiga
ataylab ziyon yetkazgan yoki o'zini kasallikga solganda;
giyohvandlik va mastlik bilan bog'liq harakatlar oqibatida, shuningdek spirtli
va giyohvandlik moddalarini istemol qilish natijasida , kasallikga chalinganda
(jarohatlanganda);
jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda;
- sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda (ruhiy kasalliklardan
tashqari);


xibsda bo'lgan davrda;
Nizomning 26-moddasiga binoan vaqtincha mehnatga qobilyatsizlik nafaqasi
ish stajining davomiyligidan qat'iy nazar ish haqining 100 foizi miqdorida
quyidagilarga to'lanadi:
Ishlayotgan ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari;
- baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga;
qaramog'ida 16 yoshga (o'quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan
ortiq bolalari bo'lgan xodimlarga;
Chernobil AES dagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlar;
- Chernobil AES dagi avariya natijalarida reaktiv ifloslanish natijasida
evakuatsiya qilingan va ko'chirilgan qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o'tkir
leykaz), qalqonsimon bez (odenoma, rak) va xavfli o'smalar bilan bog'liq
kasalliklarga chalingan xodimlarga;
- mehnatda mayiblashish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga
qobilyatsiz bo'lgan xodimlarga.
Nizomning 27-moddasiga binoan ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan kasalliklar
(sil kasalligi, onkologiya kasalliklari, yangidan paydo bo'ladigan xatarli o'simtalar,
jinsiy yo'l bilan o'tadigan kasallillar, SPID, maxov(lepra) kasalligi, ruhiy
kasalliklar) bo'yicha hisobda turgan xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy
sug'urta badali to'lagan davrning (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog'liq
ravishda vaqtincha mehnatga qobilyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorda to'lanadi:
umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo'lgan xodimlarga - ish haqining 100
foizi miqdorida:
umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo'lgan xodimlarga -ish haqining 80 foizi
miqdorida:


umumiy ish staji 5 yilgacha bo'lgan xodimlarga -ish haqining 60 foizi
miqdorida:
Nizomning 26 va 27-bandlarida nazarda tutilgan xodimlardan tashqari
xodimlarga vaqtincha mehnatga qobilyatsizlik bo'yicha nafaqa quyidagi
miqdorlarda to'lanadi:
umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo'lgan xodimlarga hamda 21 yoshga
yetmagan chin (sag'ir) yetimlarga -ish haqining 80 foizi miqdorida:
umumiy ish staji 8 yilgacha bo'lgan xodimlarga -ish haqining 60 foizi
miqdorida:
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik va homiladorlik va tug'osh bo'yicha
nafaqalar:
byudjet tashkilotlari tomonidan - mehnat haqi fondiga ajratiladigan byudjet
mablag'lari doirasida;
xo'jalik yurutuvchi sub'yektlar tomonidan - foyda solig'ini hisoblashda
mazkur xarajatlar soliqqa tortiladigan bazadan chiqarilib tashlangan holda shaxsiy
mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.
Xomiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqa (shu jumladan xomila tushgan
hollarda) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko'rsatilgan barcha davr
uchun to'lanadi. Ushbu nafaqa ishlovchi ayollarga jami 126 kunga (tug'ishgacha 70,
bola tug'ilgandan keyin 56 kun), tug'ish qiyin kechgan yoki ikki yoki undan ortiq
bola tug'ilgan hollarda 140 kun muddatga beriladi.
Ish haqi to'xtatilib, ishdan (lavozimdan) chetlashtirish oqibatida ayol
ishlamagan davrda, xomiladorlik va tug'ish bo'yicha ta'til uchun mehnatga
qobilyatsizlik nafaqasi berilgan holda nafaqa to'lanmaydi. Agar xomiladorlik va
tug'ish bo'yicha ta'til ishga qo'yilgandan keyin ham davom etadigan bo'lsa, nafaqa
u ishga chiqishi lozim bo'lgan kundan boshlab beriladi.


Xomiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqa ish haqining 100 foizi miqdorida
beriladi.
Ushbu nafaqalar hisoblanganganda 9430- “Boshqa operatsion natijalar”
schyoti debitlanib, 6710 schyoti kreditlanadi.

Download 141.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling