2-mavzu: Qadimgi turkiy obidalarning topilishi, o‘qilishi. Qadimgi turkiy yozuvlar. Reja


Download 340.97 Kb.
bet4/20
Sana05.04.2023
Hajmi340.97 Kb.
#1275221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2-maruza TT 2-kurs kunduzgi

5. O‘ngin bitigi. Bitiktosh Mo‘g‘ulistondagi O‘ngin vodiysidan topilgan. Hozir ham o‘rnatilgan joyida turibdi. Yodgorlik VIII asrning birincni yarmida, taxminan, 732-yilda tiklangan. J.Klosonning yozishicha, bitig sarkarda Alp Eletmish xotirasiga tiklangan4.
6. Moyunchur bitigi. Bu bitigni fin olimi G.I.Ramstedt 1909-yilda Shimoliy Mo‘g‘ulistonda Selenga daryosi va Shineusu ko‘liga yaqin yerda topgan. Bitig va uning tarjimasini 1913-yilda nashr ettirgan. Bitiktosh 759-yilda qo‘yilgan deb taxmin qilinadi. Qadimgi turkiy tilning taxminan V-X asrlarda vujudga kelgan.
7. Yenisey bitiglari. Oltoy o‘lkasi va Yenisey daryosi tevaragida topilgan ko‘k turk yozuvidagi yodgorliklar “yenisey bitiglari” deb yuritiladi. Ularning soni ko‘p, lekin hajman katta emas. Yiriklari 15-16 qatorli bo‘lib, qabr toshlariga bitilgan.
8. Irq bitigi ko‘k turk xatidagi yaxlit kitob holida saqlangan. Qadimgi turkiy tilda ïrq – “fol”, ïrq bitig “fol kitobi” degan ma’noni anglatadi. Manbani A.Steyn Xitoydagi Dunxuan yaqinidagi “Ming budda g‘ori” nomli ibodatxona xizmatchisidan Londonga olib kelgan. Asarni dastlab V.Tomsen 1912-yilda nashr etgan5. Asar 65 bo‘limdan iborat. Unda tush ta’birlari turli hayvon va qushlarning obrazlari, har xil voqealar bilan bog‘lab bayon etiladi.
9. Suja bitigi Mo‘g‘ulistondagi Suja dovonining janubidan topilgan. Bitig ko‘k turk yozivida bo‘lib, IX asrda ko‘chirilgan.
Ikkinchi davrga tegishli yodgorliklarga esa sug‘d yozuvi asosida shakllangan uyg‘ur yozuvida bitilgan matnlar kiradi. Ular turli mazmundagi va til xususiyati jihatidan ham har xil bo‘lgan asarlar, hujjatlardan (moniy), buddaviy va xristian yodgorliklari deb qaralsa ham, bir umumiy nom bilan uyg‘ur yozuvi yodgorliklari deb yuritiladi.
Uyg‘ur yozuvida bitilgan yodgorliklarning eng muhimlari quyidagilardir:
1. “Xuastuanift” (moniylarning tavbanomasi)moniylik dinining falsafiy asari, o‘n besh bo‘limdan iborat. Ilk o‘rta asrlarda asarning eroniy, sug‘diy, turkiy, xitoycha versiyalari keng tarqalgan. Bu yodgorlikning turkiy versiyalari uyg‘ur, moniy yozuvida bo‘lib, ular Sankt-Peterburg, Berlin va Londonda saqlanadi. Turfondan topilgan Sankt-Peterburg nusxasi uyg‘ur yozuvida, Turfondan va «Ming budda g‘ori» ibodatxonasidan topilgan Berlin va London nusxalari moniy yozuvida bitilgan. Bu yodgorliklarni 1910-1911yillarda ingliz olimi Le Kok Berlin, Londonda,1963-yilda L.Dmitrieva lotin alifbosida ruscha tarjimasi bilan nashr ettirgan. Olimlarning fikricha, asar qadimgi eroniy tillarning birida yaratilgan. Keyinchalik moniy ta’limotini yoyish maqsadida boshqa tillarga o‘girilgan. Uning turkiy versiyasi, taxminan, VIII asrda yaratilgan. Asar tilining ko‘k turk yodgorliklari tiliga yaqinligi, uyg‘ur yozuvli nusxaning xat uslubi, shuningdek, asarning moniy yozuvida ham tarqalganligi ana shundan guvohlik beradi6.

Download 340.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling