2-mavzu: Qadimgi turkiy obidalarning topilishi, o‘qilishi. Qadimgi turkiy yozuvlar. Reja


Download 340.97 Kb.
bet9/20
Sana05.04.2023
Hajmi340.97 Kb.
#1275221
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
2-maruza TT 2-kurs kunduzgi

Kishilik tarixida yozuv amaliyotini piktografik, ideografik, bo‘g‘in yozuvlari boshlab berdi. Alifboli (fonetik) yozuvlar tarixi, tabiiyki, inson o‘z nutqidagi tovushlarni farqlay boshlagan, lingvistik bilimlar ancha takomillashgan davrlarga to‘g‘ri keladi. Alifboli (yoki fonetik) yozuv nutq tovushlari bilan yozuv belgilari mosligi asosiga qurilgan, yozuvda nutq tovushlarini aks ettiruvchi yozuvdir. G‘arb tilshunosligida grafema tushunchasi bor. Bu “yozuv” degani. Tilshunoslikning yozuv tarixi, uning kelib chiqishi va takomili, belgi va tovush munosabati singari nazariy masalalarni o‘rganuvchi bo‘limi grafemika deyiladi.

Grafemikaning yozuv ko‘rinishlari, xat san’ati bilan bog‘liq bo‘lgan ichki yo‘nalishlari ham bor. Harf ko‘rinishlari, ularning shakliy taraqqiyotini o‘rganuvchi soha paleografiya deyiladi. O‘tmishdan qolgan qabrtosh yozuvlari, yog‘och yoki sopol buyumlar, toshlarga bitilgan yozuvlar, devoriy xatlarni o‘rganuvchi soha epigrafika, tangalardagi yozuvlarni o‘rganuvchi soha esa numizmatika deb ataladi.

Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, turkiy xalqlarning yozuv madaniyati tarixida qator, har qaysisi o‘zicha takomil bosqichiga erishgan butun boshli yozuvlar tizimi amal qilgan. Yozuvlar tizimi deganda bir til uchun amal qilgan bir nechta yozuvlar birligini tushunamiz. O‘rta va Markaziy Osiyo xalqlarining ma’naviy-madaniy yuksalish, davlatchilik tarixi, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning yuzaga kelishi, diniy qarashlari, ularning qo‘shni sharq xalqlari bilan kechgan madaniy munosabatlariga bog‘liq holda yozuv madaniyatida o‘zgarishlar yuz bergan. Ba’zi yozuvlar xalqning madaniy, ijtimoiy-siyosiy yuksalishi, davlat va jamiyat boshqaruvining taraqqiyoti oqibatida yuzaga kelgan bo‘lsa, boshqa birlari ko‘proq diniy ta’sirlar yoki bu zamin xalqlarining qo‘shni xalqlar bilan bo‘lgan madaniy, iqtisodiy, savdo aloqalari natijasida qabul qilingan. Masalan, qadimgi turklar moniy, brahma, suryoniy yozuvlarini qo‘shni xalqlar bilan kechgan diniy munosabatlar tufayli qabul qilganlar. Turkiy jamoalarda moniylik, buddizm, nasroniylikning yoyilishi ushbu yozuvlarning ham qabul qilinuviga sabab bo‘lgan. Shuning uchun ham moniy yozuvini faqat turk-moniy jamoalari, brahma xatini buddistlar, suryoniy xatini esa nasroniylar qo‘llagan. Uyg‘ur xati esa butkul o‘zga bir madaniy, iqtisodiy munosabatlar tufayli shakllandi; turkiy xalqlar uni sug‘d yozuvi negizida yaratdi. Bu o‘lkalarga islomning kirib kelishi bilan arab yozuviga o‘tildi.


Download 340.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling