2-mavzu: Qadimgi turkiy obidalarning topilishi, o‘qilishi. Qadimgi turkiy yozuvlar. Reja


Download 340.97 Kb.
bet11/20
Sana05.04.2023
Hajmi340.97 Kb.
#1275221
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
2-maruza TT 2-kurs kunduzgi

Qadimgi turkiy yozuvning kelib chiqishi to‘g‘risidagi tortishuv, hali o‘z yechimini topishi qiyin. Ta’kidlash kerakki, ko‘k turk alifbosining tizimi va yozuv prinsiplari tamoman o‘ziga xos. U qadimgi hamda o‘rtancha eroniy tillarning tovush qurilishiga moslashgan oromiy yozuvlaridan farq qiladi. Ma’lumki, oromiy yozuvlarida harflar bir-biriga ulanadi. Ko‘k turk xatida esa harflar ulanmay, ayri-ayri yozilgan. Turkiy yozuv sug‘d xatining so‘nggi takomillashgan kursivli turidan shakllangan ekan, yangi yozuvda harflarni ajratib yozishning ma’nisi nima? Bu hodisa yozuv tarixida progress emas, orqaga qaytish bo‘lmaydimi? Shunday bo‘lgan deya faraz ham qilaylik. U holda turklar sug‘d xati negizida boshqa bir alifbo - uyg‘ur xatini yaratganliklarini qanday tushunmoq kerak? Ma’lumki, uyg‘ur xatini yaratish jarayonida sug‘diydan u qadar chekinish sodir bo‘lgani yo‘q. Uyg‘ur xati paleografik jihatdan sug‘dchaning so‘nggi tezkor shakliga juda yaqin turadi. Nazarimizda, uyg‘ur xatining kashf etilishi va o‘ta ommalashuvi, hatto keyinchalik ko‘k turk xatini siqib chiqarganligining sabablaridan biri ham uning kitobat ishida qulayligi bo‘lgan. Sug‘d alifbosida 22 harf mavjud. Uyg‘ur alifbosida unga bir belgi harfi orttirilib, 23 harfdan foydalanilgan. Lekin ko‘k turk matnlaridagi harflar soni 38–40 atrofida (ayrim matnlarda bundan ham ortiq). Muhimi, yozuvda qadimgi turkiy tilning fonetik-fonologik xususiyatlari to‘laligicha inobatga olingan edi. Ko‘k turk alifbosi turkiy xalqlar tarix davomida qo‘llagan yozuvlari ichida o‘z tillariga eng muvofiqlashgani edi. Yozuvning bu kabi xususiyatlarini hisobga olmay, uning asosini boshqa yozuvlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lab qo‘yish o‘zini oqlamaydi. Ko‘k turk yozuvining oromiy yozuvlari, xususan, sug‘d xatiga ayrim jihatdan bog‘liqligini umuman inkor etmaslik kerak (bu yozuv ham finikiy alifbo tizimiga borib tutashadi). Lekin yozuvning shakllanishini keyingi davrlarga yoki aynan sug‘d alifbosigagina bog‘lab qo‘yish asossiz. Turkiy yozuvning paleografik xususiyatlari va fonetik-fonologik vazifasi uning bir yo‘la emas, asta-sekinlik bilan, asrlar davomida, qadimgi turkiyning tovush qurilishi bilan uzviy holda rivoj topganidan dalolat bermoqda. Bizgacha saqlanib qolgan urxun-yenisey bitiglari ushbu yozuvning ilk bosqichiga oid emas, balki mazkur obidalar yozuvning takomillashgan bosqichida yaratilgan. Demak, ushbu yozuvning tarixi bizgacha yetib kelgan yodgorliklardan-da qadimiydir7.


Download 340.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling