Mavzu yuzasidan savollar :
1. Yozuvning dastlabki bosqichi sifatida qaysi yozuv e’tirof etiladi?
2. Qadimgi turkiy til davrida qaysi yozuvlar qo‘llanilgan?
3. Turk runiy bitiglarida necha alifbo amal qilgan?
4. Uyg‘ur yozivi qaysi alifbo asosida shakllangan?
5. Qadimgi turkiy tiliga xos umumiy xususiyatlar nimalardan iborat?
6. Runiy yozuvi yodgorliklarini dastlab o‘rgangan olimlarning tadqiqot ishlari haqida nima bilasiz?
7. Runiy yozuvi yodgorliklari lingvistik belgilariga qarab qanday guruhlarga ajratiladi?
8. Uyg‘ur yozuvi qanday shakllangan va qachongacha amalda qo‘llanilgan?
9. Uyg‘ur alifbosidagi yodgorliklar qanday nomlanadi?
10. Uyg‘ur yozuvi asosidagi yodgorliklarni topish va nashr etishda qaysi tilshunos olimning xizmati katta?
11. XI-XV asrlarda turk-uyg‘ur yozuvida tartib qilingan qanday asarlarni bilasiz?
12. Uyg‘ur yozuvi tarixda yana qanday nomlangan?
13. Qaysi yozuv turi arab xati bilan XV asrning oxirigacha qo‘llanilgan?
14. Mahmud Koshg‘ariy uyg‘ur xati haqida “DLT” asarida qanday ma’lumot keltiradi?
15. Alisher Navoiy uyg‘ur xati haqida qanday ma’lumot keltiradi?
16. Tutkiy xalqlarning yozuv madaniyati tarixi, yozuv amaliyotining boshlanishi to‘g‘risida qanday bilimga egasiz?
17. Fanda ko‘k turk yozuvining kelib chiqishi tog‘risida qanday qarashlar bor?
18. Ko‘k turk yozuvining imlo o‘zgachaliklari qay bir belgilarda ko‘zga tashlanadi?
19. Uyg‘ur yozuvining kelib chiqishi to‘g‘risida qanday bilimga egasiz?
20. Arab alifbosi asosidagi turkiy yozuvning imlo o‘zgachaliklarini misollar bilan izohlab bering.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
1. Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Қадимги туркий тил. –Т.: Ўқитувчи, 1982.
2. Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. – T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008.
3. Малов С. Памятники древнетюркской письменности. Тексты и исследования. -М.-Л., 1951.
4. Rahmonov N., Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. - T.:O‘zbekiston faylasuflar imilliy jamiyati, 2009.
5. Sanaqulov U. O‘zbek yozma adabiy tili fonetik, morfologik me’yorlarning ilk shakllanishi va taraqqiyoti bosqichlari. – T.: Navro‘z, 2015.
Do'stlaringiz bilan baham: |