2-mavzu: Qadimgi turkiy obidalarning topilishi, o‘qilishi. Qadimgi turkiy yozuvlar. Reja
Temuriylar davlatining rasmiy yozuvi
Download 340.97 Kb.
|
2-maruza TT 2-kurs kunduzgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ibn Arabshoh
Temuriylar davlatining rasmiy yozuvi
Temuriylar davri madaniyati, ijtimoiy-siyosiy hayotida, turkiy adabiyot va adabiy tilining takomili, adabiy til yozma me’yorlarining, yozma uslublarining muayyan qolipga tushuvi va turkiy matnchilikning rivojida uyg‘ur yozuvining ulushi katta bo‘ldi. Qadimgi turk yozuv an’anasini saqlab, turk islom dunyosida uyg‘ur xatini so‘ng bor qo‘llagan ham temuriylar edi. Temurbek o‘z davlatining rasmiy ishlarida, ichki hamda xalqaro diplomatik munosabatlarda, badiiy adabiyot sohasida, bilim kishilari orasida uyg‘ur xatining keng amal qilishiga hayrixohlik qildi va buning ijrosiga katta e’tibor qaratdi. Temuriylar davrida uyg‘ur xati turkiy yozma til (“chig‘atoy turkiysi”)ning yetakchi, butun bir saltanatning ish yurituvchi rasmiy yozuviga aylandi. Uyg‘ur xati Temuriylar davlatining rasmiy yozuvi edi9. Chig‘atoy xonlari zamonida uyg‘ur xatining keng amal qilganligi tarix kitoblarida ham qayd etilgan. Mashhur tarixchi Ibn Arabshoh o‘zining “Ajoibu-l-maqdur fi navoibi Taymur” deb atalgan kitobida uyg‘ur xatining tarixi to‘g‘risida yaxshi ma’lumot keltirgan: “Ular [chig‘atoyliklar-Q.S.]o‘zlarining tilxat, maktub, farmon, xat, kitob, bitim, solnoma, she’r, qissa, hikoyat, hisob, xotira va devonga tegishli hamma ishlarini, chingizona tuzuklarini shu yozuvda yozadilar. Bu yozuvni yaxshi bilgan ularning orasida xor bo‘lmaydi, chunki bu ularda rizq ochqichidir” (A.Рустамов 1976). Yozuv madaniyati tarixida temuriylar davri uyg‘ur va arab yozuvlarining yonma-yon (parallel) qo‘llanilganligi bilan ahamiyatlidir. Muhimi, o‘sha kezlar uyg‘ur xatining mavqei arab yozuvidan oz emasdi. O‘sha chog‘lardan qolgan turkiy adabiy asarlarning qo‘lyozmalari uyg‘ur va arab yozuvlarida. Yodgorliklarning eski, qadimiy qo‘lyozmalari ko‘proq uyg‘ur xatida bitilgan bo‘lsa, keyingi davrlarga tegishlilari arab xatidadir. Uyg‘ur alifbosida harflar o‘n sakkizta. Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘atit turk” asarida uyg‘ur alifbosini keltiradi va har bir shakl ostida arab harflari bilan ularning ma’nosini ham beradi (MK.I.47). Agar buni transkripsiyada ko‘rsatadigan bo‘lsak, o‘n sakkiz harfli mazkur alifbo tubandagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: a w x v z q y k δ m n s b č r š t l. Alifboda harflar soni oz bo‘lishiga qaramay, uyg‘ur yozuvining imlo prinsiplari puxta ishlanga edi. Qator harflarga bir emas, bir qancha tovushni ifodalash vazifasi yuklatilgan. Ayniqsa, yozuvning keyingi bosqichida (XI–XV asrlarning yodgorliklarida) ba’zi tovushlarni farqlash maqsadida qo‘shimcha nuqta va ishoratlardan unumli foydalanilgan. Puxta imlo va qo‘shimcha grafik vositalar yozuvning imkoniyatlari keng ekanligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham uyg‘ur xati uzoq yuzyilliklar mobaynida turkiy tilning fonetik-orfoepik talablarini bemalol qondirib keldi. Alifbo harflarining o‘z oti ham bor. Bu ot har bir harf o‘zi bildirgan tovushga “fatxa” qo‘shib hosil qilingan: a, wa, xa, va, za, qa, ya, kä, δa, ma, na, sa, ba, ča, ra, ša, ta, la. Eslashga o‘ng‘ay bo‘lsin uchun alifbo harflarini tartib bilan uchta-uchtadan birlashtirilib, awaxa, vazaqa, yakäδa, manasa, bačara, šatala ko‘rinishida o‘qilgan. Muhim belgilaridan biri, uyg‘ur xatida unlilar muntazam yoziladi. Mahmud Koshg‘ariy yozuvning bu xususiyatiga to‘xtalib, talaffuzda o‘rni yo‘qligiga qaramay (bunda qisqa unlilar ko‘zda tutilmoqda – Q.S.) fatxa o‘rnida ا “alif”, zamma o‘rnida و “vav”, kasra o‘rnida ی “ya” yozish qoida ekanligini ta’kidlagan. (MK.I.49). U o‘rnak qilib ayrim so‘zlarning uyg‘ur va arab yozuvlarida yozilish tartibini ham bergan. Arab xatida – KeLiN, uyg‘ur xatida – KELİN; arab xatida TaPaN, uyg‘ur xatida TAPAN (tuya tovoni) (MK.I.384). Download 340.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling