Mavzu: Amir Temur davriga oid manbalar tasnifi


Download 49.44 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi49.44 Kb.
#1422622
Bog'liq
ABBOS (2)


Mavzu: Amir Temur davriga oid manbalar tasnifi.
Kirish
REJA
I bob. Amir Temur davriga oid sharq manbalari.
1. 1. Ibn Arabshoh.”Ajoyib Al-Maqdur fi tarixi Taymur” (Temur tarixida taqdir ajoyibotlari)
1. 2. Amir Temur “Temur Tuzuklari”
II bob. Amir Temur davriga oid G’arb manbalari.
2. 1. Rui Gonsales de Klavixo. Samarqandga – Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi
2. 2. Amir Temur tarixi bazi Yevropa olimlari asarlarida

Kirish
Shukurlar bo`lsinkim, Mustasillik tufayli buyuk bobomiz haqidagi haqiqatning ro`yobga chikishi, tantanasi kun tartibiga qo`yildi. Bu millat tarixi vatan taqdiri uchun nihoyatda muhum edi. Takror takidlash joizki Sohibqiron Amir Temurni bizga qaytarib bergan bu borada hormay tolmay haqiqatni qaror toptirgan zot O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovdir. Ushbu ulug` hizmatlari uchun xalqimiz ulardan behad minnatdordir. Birinchi prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch “ nomli sermazmun kitobida xalqimizning toptalib kelgan milliy g`ururini yuksaltirish, Sohibqiron bobomizning muborak nomi, tarixiy siymosi, boy merosi va xotirasini tiklash yo`lida mamlakatimizda qo`yilgan qutlug` qadamlar to`g`risida batafsil hikoya qilingan. Ha, buyuk bobomiz haqidagi haqiqat tiklandi, adolat qaror topdi. 1996-yil O`zbekistonda "Amir Temur yili" deb ataldi. YUNESKO qarori bilan Sohibqiron tavalludining 660 yilligi nishonlandi1. Toshkent, Samarkand va Shaxrisabizda Amir Temurning muxtasham haykallari o`rnatildi. Bugun biz o`zining bemisl aqlu tafakkuri, shaxtu shijoati bilan jahon taraqqiyotiga, tarix jarayoniga ulkan ta'sir ko`rsata olgan, madaniyatlar barpo bo`lishida xolis xizmat etgan siymo haqida baralla so’z deya olamiz. G`ururimiz, faxru iftixorimizni yashirib o`ltirmaymiz. Vatan uzra Sohibqiron Amir Temurning ulmas ruhi kezib yurganini har lahza his etamiz.


Sohibqiron Amir Temur shaxsiyati jahon tarixida juda kam uchraydigan hodisadir. “Buyuk shaxslarni millat qayg`usi, xalq, dardi yaratadi” , degan edi birinchi Prezidentimiz. Chindan ham, millat kayg`usidan, xalk, dardidan yaralgan bizning bobomizday ulug` zotning dunyoga kelishi zamon zarurati va talabiga aylandi, boshqacha aytganda, tarix va zamon o`z qaxramonini o`zi jahon maydoniga olib kirdi.
Tarixdagi ulug` zotlar Bahri Ummonda kezib yurgan bahaybat kemalarga o'xshaydi. Bir qaraganingizda, bu kema ko`zingizga yaxlit tashlangani bilan uning ichida va Kayutalarida qanchadan-qancha tilsimli hodisalar yuz beradi. Va bu kemaning izidan mavjlangan iz qoladi. Bu iz xatto fazodan boqqanda ham ko'zga yaqqol tashlanishi mumkin. Biz buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temur hazratlarini dunyoda neki eng kuchli, eng jozibali, eng mahobatli bo'lsa, o'shalarga qiyoslashimiz mumkin. Bu ulug`zotning hayoti va faoliyati, jo`nroq aytganda, tarjimai holi bizga ma'lum bulsa-da, birok biz eslatgan cho`qqi yohud ulkan kema Yanglig`, bu muhtasham siymoning nomi bilan bog'liq biz bilmagai, eshitmagan rivoyatlar, hikoyatlar er yuzi bo`ylab kezib yuribdi.
Abdulla Oripov,
O`zbekiston qahramoni, Xalq shoiri2
Amir Temur davri to`g`risida hozirgi kunda manbalar yetarli hissoblanadi . Shuni qayd qilish kerakki, ushbu davr haqida asar yozgan o'rta asr mualliflari yaratgan asarlarining xarakteri va mohiyatiga qarab asosan ikki guruhga bo'linadilar. Birinchi guruhga o'z davri rasmiy tarixnavislik an'analariga rioya qilib yozilgan solnomalar mualliflari G'iyosuddin Ali, Nizomuddin Shomiy, Sharafuddin Ali Yazdiy, Hofizi Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Muiniddin Natanziy kabi mahalliy tarixnavislar mansub bo'lsa, ikkinchi guruh mualliflari esa turli mamlakatlar vakillaridan iboratdir. Diplomatik xizmat yuzasidan XV asrning boshlarida Temur va uning avlodlari hukmi ostida boʻlgan ko'p shaharlarda, jumladan, Samarqandda ham boʻlgan ispaniyalik (Kastiliya) elchi Klavixo, shuning-dek, o'z mamlakatiga Temur yurishlari ziyon-zahmatlarining alamini chekkan arman tarixchisi Foma Metsopskiy, rus solnomachilari hamda yuqorida zikr qilganimiz o'z tarixiy asarlarida mazkur davrdagi voqealarga keng to'xtab o'tgan XV asr arab tarixchilari shular jum- lasidandir. Shuni ta'kidlash lozimki, ikkala guruh asarlarida keltirilgan ma'lumotlarni bir xil ahamiyatga ega deb bo'lmaydi. Yuz bergan voqealarning guvohi yoki bo'lmasa egallagan mavqelari tufayli sodir boʻlgan ishlardan yaxshi xabardor birinchi guruh tarixnavislaridan ko'pchiligi keltirgan tarixiy ma'lumotlar to'laligi, aniqligi va izchilligi bilan ajralib tursa, ushbu imkoniyatlarga to'liq ega boʻlmagan ik- kinchi guruh mualliflari asarlarida esa, bu qadar toʻlalik va izchillik saqlanmay, voqealar jarayoni birbiriga uzviy bog'lanmagan, chalkash tarzda yoritilgan hollar ham uchraydi.
Amir temur haqida yozilgan asarlar ichida Rui Gonsales de Klavixo, Ibn Arabshoh, Ibn Xaldun, arxiyepiskop Ioan yozgan hotiralar alohida ahamiyatga ega. Zero bu shaxislar Amir Temurni ko`rib , u bilan bevosita suhbatlari asosida o`z hotiralarini yozib qoldirishgan. Bu esa ularning asarlarini haqqoniyligini yanada oshiradi.
To`plamdan o`rin olgan keyingi ishonchli va xolis tarixiy manba — arxiyepiskop Ioanning ”Аmir Temur va uning saroyi haqida xotiralar ” asari o`tgan olti yuz yil mobaynida turli tillarla yaratilgan mingdan ziyod asarlar orasida alohida o`rin tutadi. Chunki u asrlar mobaynida dunyo miqyosida yaratilgan ko`p sonli solnomalar, esselar, badiiy va dramatik asarlar ichida Аmir Temur, uning tarixi, davlat arbobi va sarkardalik faoliyati, g’animlari va do`stlari, o`z qo`shinida o`rnatgan tartib-qoidalari, saltanati va saroyi, u yerlagi urf odatlar haqida Yevropaliklarga ilk bora hikoya qilib bergan asardir. Bu asar Sohibqiron bilan Samarqandda uchrashgan Yevropalik boshqa bir inson — Kastiliya qiroli elchisi Rui Gonsales de Klavixoning kundaliklari, shuningdek, Аmir Temur bilan bevosita muloqotda bulgan mashhur tarichnavislar Ibn Аrabshoh va Ibn Xaldun qalamiga mansub tarixiy kitoblar kabi birlamchi manba sanaladi. Yana bir muhim jihat bugun Klavixo, Ibn Аrabshoh, Ibn Xadaun nomlarini va ularning asarlarini yurtdoshlarimiz yaxshi biladilar. Аmmo, afsuski, ruhoniy Ioann xotiralari bizda ham, xorijda ham aksariyat koʼpchilik uchun Noma`lumligicha qolmoqda. Elchi Ioann xotiralarining hozirga qadar na oʼzbekcha va na ruscha nashri mavjud emasligi ham yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi3.

Ibn Arabshoh..”Ajoyib Al-Maqdur fi tarixi Taymur” (Temur tarixida taqdir ajoyibotlari)


XV asr arab tarixnavisi Ibn Arabshohning “Ajoib al-maqdur fi tarixi Taymur»” («Temur tarixida taqdir ajoyibotlari») nomli asari boshqa asarlardan farqli o'laroq mamlakatimiz xalqlari tarixini yoritishda alohida ahamiyat kasb etadi. 1436-1437-yillarda yozilgan bu asar, asosan, XIV asrning oxiri va XV asming birinchi yarmidagi O'rta Osiyo va O'rta Sharq mamlakatlari tarixiga doir muhim tarixiy manbalardan biri hisoblanadi. Asarning aksar hollarda muallif Samarqandda yashaganda olgan taassurotlari hamda Movarounnahrdan jo'nab ketgach, ilgariroq Temur tomonidan zabt etilgan bir qancha shahar va mamlakatlarda sayohatda bo'lib, u joylarda ko'rgan va eshitganlari, shuningdek, muallif zamondoshlarining hikoyalari tarzidagi faktik ma'lumotlarga asoslanib yozilishi uning ishonchli tarixiy manba ekanligidan dalolat beradi.
Shu boisdan ham «Ajoib al-maqdur XVII asrdan boshlab qator (fransuz, lotin, turk, ingliz) tillarga tarjima qilinib, unda keltirilgan ma'lumotlar ko'pgina tadqiqotlarda o'z izini qoldirgani ham fikrimizni tasdiqlaydi.
«Ajoib al-maqdurni tanqidiy o'rganib, undagi ma'lumotlardan ilmiy tadqiqotlarda foydalanishda olimlarning xizmati ham kattadir. Mazkur asarda keltirilgan ma'lumotlar turli yo'nalish va darajada jalb qilinib yozilgan yirik tadqiqotlar, risolalar va ilmiy-ommabop maqolalar olimlarimizning Ibn Arabshoh asaridan samarali foydalanganidan dalolat beradi. Lekin shu bilan birga rang-barang faktik ma'lumotlarga boy bo'lgan bu asarni har tomonlama mukammal oʻrganilgan deb hisoblash4 hozircha uncha to'g'ri emas. Tarixiy adabiyotlarda hozirgacha mazkur asarga bag'ishlangan birorta maxsus maqolaning yo'qligi fikrimizning asosli ekanligiga dalildir. "Ajoib al-maqdur" da hali tadqiqotchilar diqqatidan chetda qolgan ilmiy, ta- rixiy, jug'rofiy, madaniy ahamiyatga molik talaygina ma'lumotlarning mavjudligi ushbu asarning turli soha mutaxassislari, jumladan, tarixchilar, geograflar, san'atshunoslar, tilshunoslar tomonidan yanada chuqurroq o'rganilishini taqozo etadi. Buning amalga oshishiga esa, quyidagi sabablar salbiy ta'sir ko'rsatmoqda: bir tomonidan, hanurgacha "Ajoib al-maqdur" ning Vatanimiz xalqlari tillaridan birortasiga ham to'lig'icha tarjima qilinmaganligi boʻlsa, ikkinchi tomondan asaming g'oyatda murakkab til va nafis uslubda yozilganligi har xil soha mutaxassislarining undan bemalol foydalanishiga ma'lum darajada noqulaylik tug'diradi. Darvoqe, Iba Arabshoh asarining shu paytgacha ilmiy asosda bajarilgan mukammal tarjimasi yo'qligiga ham, akademik L. Y. Krachkovskiy ta'biri bilan aytganda, uning "badiiy nafisligi aybdordir"5.
Ibn Arabshohning ilmiy jamoatchilikka azaldan ma'lum bo'lgan bu tarixiy-badiiy asari Temurning hayoti va faoliyati hamda XIV asrning oxiri, XV asrning birinchi choragida sodir bo'lgan voqealarni o'z ichiga oladi. Mazkur asar Temur va uning siyosatiga tanqidiy munosabatda yozilganligi bilan shu xildagi boshqa manbalardan ham alohida ajralib turadi. Darvoqe, muallifning shaxsiy hayotiga nazar tashlansa, bu ahvol boisi muayyan darajada ravshanlashadi. Dastlab 1401-yilda o'n ikki yoshli Ibn Arabshoh o'z ona yurti Damashqning Temur qo'shinlari tomonidan ayovsiz vayron qilinib, xarobaga aylanganligining shohidi bo'lgan, so'ngra onasi va birodarlari bilan Samarqandga tutqun sifatida zo'rma-zo'raki olib ketilishi ham uning dilida alamli dog' qoldirgan edi. Samarqanddan ketgach, Xorazm Mo'g'uliston, Dashti Qipchoq, Saroy, Astraxan, Turkiya kabi Temur qo'shiilari tomonidan birma-bir zabt etilib, bosib olingan mamlakatlar va shaharlardagi xarobaliklarni o'z ko'zi bilan ko'rib, mahalliy aholidan bu xususda xilma-xil hikoyat va rivoyatlarni eshitgan tarixchining bu tarzda hikoya qilishini, tabiiy hol deb hisoblamoq lozim. O'z davrining o'qimishli va yetuk mulohazali kishisi sifatida muallifning o'z ko'rganlari va eshitganlari asosida tanqidiy ruxda yozilgan hamda o'sha davr hayotining turli tomonlariga oid ilmiy ahamiyatga molik ko'pgina faktik ma'lumotlarni jamlagan bu asari, bir tomondan Temur shaxsi va faoliyatini madhiyali tarzda yoritgan boshqa asarlardan ma'lum darajada ajralib tursa,
ikkinchi tomondan, unda muallif- ning shaxsiy adovati yoki badiiy bezakka berilib ketishi tufayli ba'zan chalkash faktlar, taxminiy talqin qilingan hollarning uchrashi mazkur asarga g'oyatda tanqidiy yondoshish zarurligini taqozo etadi.
Ibn Arabshoh asari Temur tarixiga oid muhim manbadir. "Ajoib al-maqdur" ning K.Marks nazariga tushishi6 ham mazkur asarning qimmatli manba ekanligini koʻrsatadi. Ingliz sharqshunosi X. A. R. Gibbning (1895-yilda tug'il- gan) «Temur haqida yozilgan “Ajoib al-maqdur” asari Ibn Arabshh nomini uzoq vaqt Yevropada doston qildi7, degan ta'biri ham o'sha davrda asarga bo'lgan qiziqish katta ekanligidan dalildir. Muallif o'z asarini «Ajoib al-maqdur fi navoib Taymur» («Temur keltirgan musibatlarda taqdir ajoyibotlaris) nomi bilan atagan bo'lsa-da, ushbu asar keyingi barcha nashrlarida, biografik ma'lumotlarni o'z ichiga olgan qomuslarning ko'pchiligida «Ajoyib al-maqdur fi axbori Taymure («Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari»») nomi bilan zikr qilinadi. O'z asarida qofiyaga qat'iy rioya qilgan Ibn Arabshoh sarlavhadagi «ajoib» so'ziga qofiya tarzida «navoib»ni keltirganligi shubhasiz. Shu xususdan ham ushbu asar noshirlari keyinchalik asarning mazmuniga binoan sarlavhadagi «navoib» («musibatlar») o'riga oddiy qilib axbor» («xabarlar)ni qo'yganlar. Hozirgi vaqtde Damashqdagi (Suriya) Az-Zohiriya kutubxonasida (6893-raqami ostidagi ushbu qo'lyozma 1492-yilda ko'chirilgan) saqlanayotgan qa- dimiy nusxalaridan biri «Ajoib al-maqdur fi tarixi Taymur» («Temur tarixida taqdir ajoyibotlari») nomi bilan keltirilgan. Asarning boshqa tillarga (masalan, fransuz, lotin, ingliz) qilingan tarjimalarida ham Ibn Arabshoh asari «Temur tarixi» nomi bilan atalgan.
Ibn Arabshohning manbalariga kelsak, muallif o'z kitobining muqaddimasida o'zim ko'rib “mushohada etganlarimu o'zgalardan eshitganlarimni hikoyat qilishga jazm etdim”8 deb o'zi foydalangan manbalari haqida hech narsa yozmaydi A.Yu.Yakubovskiy fikricha, ham mazkur asar uchun asosiy manba muallifning shaxsiy kuzatishlari va o'sha davr voqealariga aloqador bo'lgan va ishtirok etgan shaxs larning hikoyatlari hisoblanadi9. Garchi shu tarzdagi mulohazalar yuritilsa ham, muallif boshqa manbalardan ma'lum darajada istifoda etganligiga ba'zi dalillar mavjuddir. Umuman, "Ajoib al-maqdur" ni yozishda muallif tayangan manbalarni to'rt qismga bo'lish mumkin: o'sha davr (ya'ni XIV-XV asrlar)da yaratilgan arab va fors tilidagi ba'zi asarlar Temur haqida xalq orasida tarqalgan rivoyat-u hikoyatlar: muallif zamondoshlarining hikoyalari va nihoyat, muallifning shaxsiy mulohazalari.
Temur Hindistonga qilgan yurishi haqida tarixchi G'iyosuddin Ali "Ro`znomai g`azavot-i Hindiston" ("Hindiston yurishi ruznomasi"). (1403 yil) nomli asar yozib, ushbu yurishni mufassal yoritadi. G'iyosuddin Ali keltirgan ma'lumotlar muhim tarixiy ahamiyatga molik bo`lib, mazkur davrning ba'zi mualliflari, jumladan, Nizomuddin Shomiy, Sharafuddin Ali Yazdiy kabi mashhur tarixchilarning asarlari uchun ham muhim manba ro`lini o'tagan10. Shuningdek, Ibi Arabshoh ham G'iyosuddin Ali keltirgan ma'lumotlardan bir qadar foydalangan. Masalan, Temur bilan Fors, va Irok xokimi Shoh Mansur (1387-1393) o'rtasida 1393 yili Sheroz yaqinida yuz bergan jang tafsiloti muqoyasa qilinsa, bu ahvol yaqqol namoyon bo'ladi11. G'iyosuddin Ali ta'kidlaganidek, jang oxirida uch kishining qolishi va Shoh Mansurning yalinib-yolvorishiga qaramasdan, Temur navkarlaridan biri uning boshini kesishi ayrim badiiy bezaklar bilan tasvirlansa-da, Ibn Arabshohda ham shu tarzda aks ettirilgan. Bundan tashqari, Nizomuddin Shomiyning 1404 yil kuzigacha bo'lgan voqealarni qamrab tugallangan "Zafarnoma" nomli asari ham o'zidan keyin Temur va uning avlodlari davriga bag'ishlanib yozilgan ko`pgina tarixiy asarlarda o'z izini qoldirdi. Bu jihatdan karalganda, o'sha paytda Samarqandda yashab, shu joyda ta'lim olgan va fors tilini mukammal bilgan Ibn Arabshoh, shubhasiz, mazkur asardan xabardor bo'lgan. Ba'zi tadqiqotchilarning bu xususdagi fikrlari ham ushbu mulohazalarni tasdiqlaydi. Yana shu faktni e'tiborga olish kerakki, Ibn Arabshoh kitobining xotimasida o'zi keltirgan ma'lumotlarni to'g'ri (haqiqat) deb, undan oldin ta'lif etilgan asarlarni esa yolg`on va uydirma deb yozadi12. Bu fikrni e'tiborga olsak, muallif hukmdorlarga nisbatan xayrixohlik bilan yozilgan rasmiy asarlarni ko'zda tutayotgan bo'lsa kerak. Bundan xulosa qilish mumkinki, u ushbu tarixlardan xabardor bo'lgan. Shuningdek, Ibn Arabshoh ko'pgina mamlakatlarda, jumladan, Urta Osiyoda sayoxatda bo'lgan XIV asr mashhur Arab sayyohi Ibn Batutaning (1304-1378) "Rihlatu Ibn Batuta" ("Ibn Batuta sayohatnomasii") nomli asaridan ba'zi o'rinlarda bevosita foydalangan. Masalan, Tarobulis amiri Saidmur, bir ayolga tegishli sutni ruxsatsiz ichgan o'z mamlukiga nisbatan qo'llagan chora13 Ibn Arabshohda ham takrorlanib, bu voqeaning u turk sultoni Boyazid bilan yuz berganini ta'kidlaydi14. Eki Arab xafoja15 qabilasidan bo'lgan yo'lto'sar talovchi Jamol Luk haqidagi hikoya ham garchi birqadar farq bilan bo'lsa-da, Ibn Batuta o'z "sayohatnomasi"da keltirgan hikoyaga o`xshab ketadi16. o'z asarini yozishda Ibn Arabshoh boshqa manbalarga murojaat qilganligiga yana bir dalil mavjuddir. Temurning Shomga qilgan yurishini to'laroq bayon kilish maqsadida muallif o'sha paytda yuz bergan vokealarning shohidi bo'lgan Arab adibi va fiqh olimi Ibn ash-Shihnaning (1338-1414) "Ravzat ul-manozir fi axbor al-avoil va-l-avoxir" ("Avval o'tgan va keyingi (mashhur kishi) lar hayotidan habar beruvchi chamanzor ") nomli kitobidan shu davrga oid bir bobni o`z asariga kiritib, "ushbu hikoyani qanday bo'lsa, shundayligicha naql qildim": deb uni to'lig'icha keltirgan. Avval zikr qilganimizdek, Ibn Arabshoh taxminan 1408 yilda Samarqanddan jo'nab ketib, Xorazm, Astraxan, Saroy, Qrim va Andrianopolda bo'ldi. Muallif usha joylardagi hokimlar va mahalliy aholidan Temur va uning qo'shini haqida eshitganlarini o'z asarida keltirgan. Masalan, Ibn Arabshoh o'zining boshqa bir asarida 814 (1412-1412) yilda, saroyda To'xtamish o`g`li Jaloluddinxon Temur qo'shinlari ko'rsatgan yomonliklar haqida o'ziga hikoya qilgani to'g'risida yozadi17. Muallif vokealarning shohidlari hikoyasidan ham unumli foydalangan. Jumladan, Sajistonda Temur qo'shinlari qilgan xarobaliklar haqidagi o'z bayonini 833 (1429-1430) yilda Damashqda Shayx Zaynuddin Abdulatif ibn Muhammad ibn Abu-l-Fath Kermoniydan eshitganlari bilan to'lg'izadi18. Shuningdek, Bag'dodda hokim bo'lib turgan qozi Tojuddin Ahmad an-Nu'mon (muallif yozishicha, u 834 yil mukarram oyining boshida (1430 yil, sentyabr) Damashqda vafot etgan) hikoya kilgan xabarlarga asoslanib, Temur qo'shinlari tomonidan Bag'dod ahli boshiga solingan bedodliklarni tasvirlaydi19
Deyarli yarim asrlik davr voqealarini o'z ichiga olgan «Ajoib al-magdun ko'p sonli “zikr” (bayon)lardan iborat bo'lib, voqealar jarayoniga binoan muallif ularni tadrijiy ravishda keltirishga haraka qilgan. Mana shu “zikr”larning joylashuvi hamda asarning kompozitsiyasiga asoslanib, bizningcha, uni to'rt bo'limga ajratish maqsadga muvofiqdir. Birinchi bo'limda Temurning nasabi, bolalik va o'spirinlik yillari dastlabki faoliyatiga oid ma'lumotlar keltiradi. Ikkinchi bo'limda Temur Movarounnahrda hokimiyatni mustaqil egallagandan (1370-yil) boshlab deyarli umrining oxirigacha olib borgan har biy yurishlari so'zlanadi. Temur vafotidan (1405-yil) keyin taxminan 1436-yilgacha bo'lgan voqealar uchinchi bo'limda bayon qilinadi. Oxirgi to'rtinchi bo'lim esa, Temurning sifatlari, shakl-shamoyillari tabiiy xislatlari haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
Ko'pgina tadqiqotchilar XIV-XV asr O'rta Osiyo, shuningdek Eron, Ozarbayjon tarixini to'liq tasavvur qilish uchun o'sha davrdagi boshqa tarixchilar yaratgan asarlarni «Ajoib al-maqdur» bilan qiyosiy o'rganish zarurligini haqqoniy ravishda ta'kidlaganlar. Darhaqiqat, bu bo'lib o'tgan voqealarning qanchalik to'g'riligini aniqlashda yordam beradi. Shu nuqtayi nazardan Temurning bolalik va o'spirinlik yillari haqida Ibn Arabshoh keltirgan ma'lumotlar diqqatga sazovordir. Boshqa birorta ham manbada ko'rsatilmasada20, Ibn Arabshoh Temurning Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo'ja Ilg'or qishlog'ida tug'ilganligini zikr qiladi. So'ngra muallif Temur va uning otasi bilan Tarag'ay hayotidan bir talay rivoyatlar keltiradi hamda keyinchalik Temurning o'z atrofiga tengqurlarini to'plab o'lja tushirish bilan shug'ullangani haqidagi ma'lumotlarni keltiradiki, bu xabarlari u Movarounnahrdaligi paytida eshitgan bo'lsa kerak. Chunki bir tomondan Temur hayotini maqtovlar bilan bayon qilgan rasmiy tarixchilarni uning yoshlik va o'spirinlik yillari haqida hech narsa yozmasdan chetlab o'tishlari, ikkinchi tomondan esa, Ibn Arabshohga aloqador bo'lmagan Kastiliya elchisi Klavixoning ham shu yo'sinda yozishi21 shuningdek, rus solnomasida ham aynan shu tarzdagi xabarlar keltirilishi22 bu fikr ma'lum darajada haqiqatga yaqin bo'lib, o'sha paytda bu hikoyalar xalq orasida keng tarqalganligidan dalolat beradi. Darhaqiqat, Ibn Arabshoh yozganidek, “bir qarashdanoq tashqi xu- susiyatiga qarab otlarning zotli yoki zotsizligini ajratadigan” Temur yoshligidan epchil chavandoz hisoblanib, kamalakdan yaxshi otgan. U harbiy ishni paxta egallab asta-sekin o'z atrofida to'plangan uncha ko'p bo'lmagan otliq askarlarni o'z qo'shnilarining yerlarida oʻlja tushirish va o'tib borgan savdogarlar karvonlarining yo'lini to'sib, mol-mulkini tortib olish uchun yuborgan.
Shaxsiy botirlik hamda boshliqqa xos xislatlari bilan Temur yoshligiga qaramasdan o'z qabilasi barloslar, ayniqsa chig'atoy ko'chmanchi yoshlari orasida shuhrat qozona boshladi. Ibn Arabshoh, uning hamrohlari soni tobora oshaborib, qisqa vaqtda uch yuz kishiga yetanligini zikr qiladi. Shundan keyin sodir bo'lgan voqealar xususida “Ajoib al-maqdur”da keltirilgan ma'lumotlar garchi forscha manbalarda tasvirlanganidek mukammal va tarixlari ko'rsatilib aniq bayon etilmasa-da, hokimiyat yo'lida Temur bilan uning raqiblari o'rtasida yuz bergan kurashlarni qisman aks ettiradi. XIV asming 60-70-yillarida sodir bo'lgan bu kurashlar hozirgi zamon tarixiy adabiyotida batafsil yoritilgan.
Shuningdek Ibin Arabshoh Amir Temur salatanati haqidagi kamyob malumotlarni ham bergan, jumladan Amir Temur davlati xafsizlik hizmati haqida. Uning kinoya va g'arazga to'liq satrlarida Amir Temur maxfiy xizmati shaxsiy tarkibi Xususida bebaho ma'lumotlar mavjud.
- U, - deb yozadi Ibn Arabshoh, - yerlarining barcha tomonlariga o`z ayg'oqchilarini tarqatib, qolgan mulk lariga esa josuslar qo'ygan edi. Josuslarning bunisi Qohirada, Muiziyada bo`lsa, unisi Damashqda, Shamiysoniyadagi so'fiylardan biri edi. Ulardan biri chaqanafurush bo'lsa, ikkinchisi yirik savdogar, badxulk polvon va buzuki dorboz, jafokor va xunarmand, munajjim va o'z tabiaticha ish qiladigan, gapchinoz qalandarlaru sayok darveshlar, dengizchi mallohlaru kuruklikdagi sayyohlar, zarofatli meshkoblar, latofatli etikdo'zlar, alvasti va hiylakor Dalla misoli firibgar kampirlar tajribasi bo'lib, ilm talabida mag`ribu mashriqni kezgan, payiga tushgan maqsad yo'lida makru hiyla makonida kamolga etgan, o'zining nozik firibi va dahosi bilan, suv bilan olov, to'g'rilik bilan egrilik o'rtasida unib o'sgan, makru hiylada Soson va Abu Zeyddan ham o'tib ketgan, o'z hikmati bahsida Ibn Sinoni ham mulzam kilgan, ikki muxolifni bir-biriga biriktirib, ikki dushmanni bir-biriga qo'shgan uddaburon kishilar edi.
Amir Temurni yoqtirmagan Ibn Arabshoh o'zi bilmagan va istamagan tarzda hali hech kim bitmagan, qo'l urmagan va jurat etolmagan mavzuni yoritib, kelgusi avlod uchun qimmatli guvoxliklar qoldirgan. Chindan ham olganda Ibn Arabshoh o'z iqrorlari bilan boshqa muarrixlardan qarama-qarshi o'laroq, Amir Temur razvedkasi va kontrrazvedkasi xususida qiziqarli fikrlar bildiradi. Temur askarlari orasida, deb yozadi Ibn Arabshoh butparast turklar, olovga sajda qiluvchi Majusiy ajamlar, kohinlaru sehrgarlar, zolimlaru munkirlar bor edi

Temur tuzuklari


“Tuzuki Temuriy” (“Temur tuzuklari”), “Malfuzoti Temuriy” (“Temurning aytganlari”) va “Voqeoti Temuriy” (“Temurning boshidan kechganlari”) nomlari bilan atalmish asar e’tiborga molik tarixiy manbalar jumlasidan23. “E’tiborga molik” deganimizning boisi shuki, uning nusxalari (qo‘lyozmalari ham, toshbosmalari ham) ko‘p tarqalgan. “Temur tuzuklari“ni bugun jahonning ko‘pgina mamlakatlarida, masalan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Angliya, Fransiya, AQSh, Finlyandiya, Daniya, Eron, Hindiston, Turkiya, Misr, Yaman kutubxonalaridan topish mumkin. O‘z-o‘zidan ma’lumki, qaysi bir asar qimmatli, amalda zarur bo‘lsa, undan ko‘proq nusxa ko‘chirilgan. «Temur tuzuklari» ham ana shunday asarlar sirasidandir. U ko‘proq sohibi tojlarga kerak bo‘lgan. Shuning uchun ham hukmdorlarning ko‘pchiligi bu va shunga o‘xshash asarlardan nusxa ko‘chirtirib, shaxsiy kutubxonalarida asragan va ijtimoiy-siyosiy faoliyatlarida ulardan muhim yo‘l-yo‘riq sifatida foydalangan. Masalan, buyuk vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Boburning avlodi Shohjahon (1628–1657), Qo‘qonxoni Muhammadalixon (1821–1842) va Buxoro amiri Abdulahadxon (1885–1910) chapdast kotiblariga buyurib, “Temur tuzuklari”dan o‘zlari uchun nusxa ko‘chirtirganlari ma’lum. Ko‘chirganda ham zo‘r mas’uliyat va qunt bilan ko‘chirganlar. Hindistonlik muarrix Abdulhamid Lohuriyning (1654 y. vafot etgan) “Podshohnoma”sida (mavlaviy Kabiriddin Ahmad va Abdurahimlar amalga oshirgan nashr, Kalkutta, 1866–1872 y., I jild, 288-sahifa) bunday gap bor: Hijriy 1047-(milodiy 1637–1638) yili Mir Abu Tolib al-Husayniy at-Turbatiy degan shaxs Shohjahonga “Tuzuki Temuriy”ning forsiy tarjimasini taqdim etgan. Podshoh tarjima bilan tanishib chiqib, uni qozikalon, iste’dodli yozuvchi Muhammad Afzal Buxoriyning (1651 yoki 1652 y. vafot etgan) qo‘liga tutqazgan va Sharafiddin Ali Yazdiyning (1454 y. vafot etgan) mashhur “Zafarnoma” asariga solishtirib va kamchiliklari bo‘lsa, tuzatib, xattot va muarrixlari o‘zidan qo‘shgan ortiqcha joylari bo‘lsa o‘chirib tashlashni buyurgan. “Temur tuzuklari”ning shu kunlargacha yetib kelgan qo‘lyozma
va toshbosma nusxalari o‘sha Mir Abu Tolib al-Husayniy at-Turbatiy tarjimasi asosida yaratilgan. Bu – birinchidan. Ikkinchidan, mazkur asar XVIII asrdan beri (balki undan ilgariroq bo‘lishi ham mumkin, lekin bu haqda qo‘limizda ma’lumot yo‘q) dunyo olimlarining diqqat-e’tiborini qozonib keladi. Masalan, asarning matni, tadqiqot va zarur ilmiy izohlar bilan 1783-yilda Angliyada, 1785 va 1891-yilda Hindistonda, 1868-yili Eronda chop etildi. Asar jahon tillaridan bir nechtasiga: fransuz (1787), ingliz (1830), urdu (1845), rus (1894, 1934) va eski o‘zbek (1835, 1857, lekin to‘liq emas) tillariga tarjima qilinib, nashr etildi. Uning toshbosma nusxalari (Tehron – 1868, Toshkent – 1890 va h.k.) ham keng tarqalgan.
Qiziq, bu tasodifiymi yoki qonuniymi – bilmadim, “Temur tuzuklari” ham, O‘rta Osiyo zaminida yaratilgan ko‘pgina ajoyib asarlar singari, avval o‘zga yurtlarda, xususan, Yevropada shuhrat topdi.24
“Temur tuzuklari” – podshohlarning turishturmushini va axloq-odob me’yorlarini belgilovchi risola. Asar ikki qismdan iborat. Birinchi qismda jahon tarixida mashhur fotih, sarkarda va iste’dodli davlat arbobi sifatida nom qoldirgan Amir Temurning yetti yoshi (1342) dan to vafotiga (1405 yil, 18 fevral) qadar kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, aniqroq qilib aytganda, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qo‘lga kiritish, feodal tarqoqlikka barham berish va markazlashgan davlat tuzish, qo‘shni yurt va mamlakatlarni, masalan, Eron hamda Afg‘onistonni o‘z tasarrufiga kiritish, Oltin O‘rda hukmdori To‘xtamishxon (1376–1395), butun Yevropaga qo‘rquv va dahshat solgan Turkiya sultoni Boyazid Yildirim (1389–1402)ga qarshi va nihoyat, buyuk Jahongirning Ozarbayjon, Gruziya va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan.
Ikkinchi qism jahongirning nomidan aytilgan va uning toj-u taxt vorislariga atalgan o‘ziga xos vasiyat va pand-nasihatlaridan iborat. Unda davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, toj-u taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qo‘shin boshliqlarini saylash, sipohiylarning maoshi, mamlakatlarni boshqarish tartibi, davlat arboblari va qo‘shin boshliqrining burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldida ko‘rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida gap boradi.
Ta’bir joiz bo‘lsa aytmoqchimanki, “Tuzuk” yozish odati Amir Temurdan avval ham bo‘lgan, keyin ham. Bu odat aslida xitoylardan va turk-mo‘g‘ul xonlaridan qolgan. Masalan, turk xoqonlaridan qolgan “Qonunnoma”, Chingizxondan qolgan “Bilik”, Xondamir (1474–1535) yozgan “Qonuni Humoyun”, Ro‘zbehon (1458–1521 yoki 1530) ning qalamiga mansub bo‘lgan va shayboniylardan Ubaydullaxonning topshirig‘i bilan yozilgan “Suluk al-muluk” (Podshohlarga yo‘l-yo‘riq) shular jumlasidandir. Bunday asarlarda davlatni idora qilish tartibi, soliq solish va uni to‘plash tartibi, harbiy yurishlarni o‘tkazish va qo‘zg‘olonni bostirish qoidalari bayon etiladi.25
Mutaxassis olimlarning (A. A. Semyonov, Ch. Re, E. G. Braun va boshqalar) so‘zlariga qaraganda “Temur tuzuklari” boshda turkiy tilda yozilgan va uning bir nusxasi Yaman hokimi Ja’far podshohning kutubxonasida saqlangan. Yuqorida nomi tilga olingan Mir Abu Tolib al-Husayniy at-Turbatiyning forsiycha tarjimasi ana shunday turkiycha nusxalardan biriga asoslangan, albatta.
Asarning muallifi ma’lum emas. Butun voqea bir shaxs – Amir Temur nomidan hikoya qilinadi. Aslida shundaymi yoki Amir Temur aytib turgan, kotib yozib olganmi, yo bo‘lmasa uning aytganlarini kimdir jam qilib kitob tuzganmi, bu haqda qat’iy bir fikr aytish qiyin. Sharq mamlakatlarida bu mashhur asar chindan ham Amir Temur tarafidan yozilganligi va uning tarjimai holi ekanligi e’tirof qilinadi. Chunonchi, Somiyning “Qomus ul-a’lom” (Istanbul, 1891, 1727bet) asarida «Amir Temur “Tuzukot” unvonli qonunlar majmuasini qalamga olib, unda o‘zining tarjimai
holini bayon etgan» deyilgan. Temur bilan To‘xtamishxon o‘rtasidagi urushlar tarixini yozgan fransuz sharqshunosi M. Sharmua va rus harbiy tarixchisi M. I. Ivanin (1801–1874) “Tuzuklar”ni Amir Temur o‘zi yozgan va u muhim avtobiografik asar, deb qaydetganlar. Biroq yevropalik boshqa bir guruh olimlar (E. G. Braun, Ch. A. Stori, V. V. Bartold) «Temur tuzuklari»ni soxta asar, uni Amir Temur yozmagan, deydilar. A. Yu. Yakubovskiyning fikricha, asar XVIII asrda Hindistonda yozilgan. Ingliz olimi Ch. A. Stori yuqorida nomi zikr etilgan Mir Abu al-Husayniy at-Turbatiyni asarning muallifi, deb taxmin qilgan. Xullas, qanday bo‘lmasin, asarni Temur yoki boshqa odam yozganligidan qat’iy nazar, u soxta emas, balki chin asardir. Agar unda bayon etilgan voqealarni Nizomiddin Shomiyning Amir Temur tarixini o‘z ichiga olgan mashhur “Zafarnoma”si yoki Sharafiddin Ali Yazdiyning shu nomdagi asari bilan solishtirilsa, bunga to‘la ishonch hosil qilish mumkin. Masalan, Sharafiddin Ali Yazdiy shunday yozadi: “...shu tartibda ul hazrat (Amir Temur) hayotining ulug‘ voqealari va kechinmalarini o‘z ichiga olgan turkiy manzuma va forsiy asar, alohida-alohida nazm va nasr tarzida tuzilgan edi”26.
“Temur tuzuklari” ham feodalizm jamiyati sharoitida bitilgan boshqa asarlar singari hukmron sinfning maqsad va manfaatlarini ko‘zlab yozilgan, o‘sha sinfning dunyoqarashini ifoda etgan. Asarda Amir Temurning harbiy yurishlari buzuq odamlarning ko‘payishining oldini oluvchi harakat deb, o‘z ozodligi va vatanining mustaqilligini himoya qilgan xalqlar esa kofir, buzg‘unchi, bezori (avbosh) deb atalgan. Tobelikdan bo‘yin tovlagan yoki shunga intilgan nene yurtlarning xalqi “oq uylik” qilinib, o‘zga yurtlarga majburan ko‘chirib yuborilgan. Temurning o‘zi esa odil va insonparvar podshoh sifatida tasvirlanadi, uning shaxsi ko‘p jihatdan ideallashtiriladi.
Shunga qaramay, asarda fan uchun muhim ma’lumot va faktlar ko‘p. Avvalambor, “Temur tuzuklari” Amir Temurning tarixi, uning zamonida, aniqrog‘i, 1342–1405-yillar orasida Movarounnahrning ijtimoiy-siyosiy ahvoli, Temur va temuriylar davlati hamda qo‘shinining tuzilishi, o‘sha yillarda Temur davlatining qo‘shni mamlakatlar va xalqlar bilan bo‘lgan munosabatlari haqida hikoya qiladi. Men yuqorida bu asarda muhim va original ma’lumotlar ko‘p, deb aytdim. Buni mutaxassisgina emas, balki asarni xolis va sinchiklab o‘qigan har bir kishi bemalol ilg‘ab olishi mumkin. Shunday bo‘lsa ham ulardan ayrimlarini misol tariqasida qayd etib o‘tamiz.
Asarda aytilishicha, davlat asosini o‘n ikki toifa: 1) sayyidlar, ulamo, mashoyix, fozil kishilar; 2) ishbilarmon, donishmand odamlar; 3) xudojo‘y, tarkidunyo qilgan kishilar; 4) no‘yonla27, amirlar, mingboshilar ya’ni harbiy kishilar; 5) sipoh va raiyat28; 6) maxsus ishonchli kishilar; 7) vazirlar, sarkotiblar; 8) hakimlar29 , tabiblar, munajjimlar, muhandislar; 9) tafsir va hadis olimlari; 10) ahli hunar va san’atchilar; 11) so‘fiylar; 12) savdogar va sayyohlar tashkil etadi. Uning taqdirini esa uch narsa: podshoh, xazina va askar hal qiladi.
Ikkinchi misol. Qo‘shin asosan o‘n, yuz, ming va tumanga bo‘lingan, o‘n kishilik harbiy bo‘linma tepasida turgan boshliq – o‘nboshi, yuz kishilik qismning boshlig‘i – yuzboshi, ming kishilik qo‘shin yetakchisi – mingboshi, tuman boshlig‘i nuyon, deb atalgan. Asarda ularning haq-huquqlari, oylik maoshi ham aniq ko‘rsatilgan. Masalan, oddiy sipohiy mingan otining bahosi barobarida, bahodirlar 2–4 ot barobarida, o‘nboshi qaramog‘idagi askarga nisbatan ikki barobar ko‘p, yuzboshi o‘nboshidan ikki barobar ortiq maosh olishgan. Mingboshilarning maoshi esa yuzboshinikidan uch barobar ortiq bo‘lgan.
Uchinchi misol. Amir Temur o‘zining ulkan imperiyasini uluslarga bo‘lib idora qildi. Movarounnahrdan boshqa uning tasarrufida bo‘lgan barcha viloyat va mamlakatlar to‘rt ulusga bo‘lindi. Temurning to‘ng‘ich o‘g‘li Muhammad Jahongirga bir viloyat bilan 12 ming kishilik qo‘shin , ikkinchi o‘g‘il Umar Shayxga Fors viloyati va 10 ming askar, uchinchi o‘g‘il Mironshohga Ozarbayjon, Iroq va Armaniston bilan 9 ming kishilik qo‘shin, kenja o‘g‘li Shohruxga Xuroson, Jurjon, Mozandaron, Seiston bilan 7 ming askar berildi. Lekin uluslar garchand markaziy hukumatga itoat etsalar-da, ma’lum mustaqillikka ega edilar. Ulus hukmdorlarining alohida davlat apparati, mustaqil qo‘shini bo‘lib, ularning markaziy hukumatga tobeligi xirojning bir qismini Samarqandga yuborib turish va oliy hukmdor harbiy yurishlar uyushtirganda o‘z qo‘shini bilan qatnashish yoki oliy hukmdor talab qilganda askar yuborib turishdan iborat edi.
To‘rtinchi misol. “Tuzuklar”da vazirlar, amirlar va voliylar haqida ham muhim ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, Temur davlatini yetti nafar vazir: 1) mamlakat va raiyat ishlari vaziri (bosh vazir); 2) vaziri sipoh, ya’ni harbiy ishlar vaziri; 3) egasiz qolgan mol-mulklarni tasarruf etish ishlari vaziri; 4) saltanatning kirim-chiqim ishlarini boshqaruvchi vazir, ya’ni moliya vaziri; 5, 6, 7) sarhad (chegara) viloyatlarining ishlarini nazorat etib turuvchi vazirlar. “Vazirlar – saltanat ustunlaridir – deyiladi “Tuzuklar”da... Ular mamlakat obodonchiligini, raiyatning tinchligini, sipohlarning birligini, xazina boyligini doimo ko‘zda tutadilar. Davlat, saltanat ishlarini yuzaga chiqarishda kamchilikka yo‘l qo‘ymaydilar. Saltanatga zararli narsalarni qaytarishda mol-u jonini ayamaydilar”.
Amirlar haqidagi ma’lumotlar ham diqqatga sazovor. “Tuzuklar”da keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, amirlar asosan harbiy kishilar bo‘lishgan va Amir Temurga tobe’ bo‘lgan qirq aymoq30dan o‘n ikkitasi: barlos, arg‘in, jaloir, tulkichi, do‘ldoy, mo‘g‘ul, suldus, to‘g‘oy, qipchoq, arlot, totor va tarxonlar ichidan saylab olingan. Amirlik rutbasi Amir Temur faoliyatining dastlabki paytlarida u bilan birga bo‘lgan 313 kishiga berilgan. Bulardan yuztasi – o‘nboshi, yuztasi – yuzboshi, yuztasi – mingboshi, to‘rttasi – beklarbegi, bittasi amir ul-umaro (amirlar amiri: bosh amir) bo‘lgan. Qolgan sakkiz mansab, fikrimcha, saroy xizmatida bo‘lgan mansabdorlardan ba’zi birlariga berilgan bo‘lishi kerak. Bulardan boshqa yana o‘n ikki kishiga birinchi, ikkinchi... o‘n birinchi, o‘n ikkinchi darajali amir, degan unvon berilgan. O‘n ikkinchi darajali amir odatda amir ul-umaroning noibi hisoblangan. O‘n ikki amirning har biriga bittadan bayroq va bittadan nog‘ora, amir ul-umaroga bir bayroq, nog‘ora, tuman – 10 000 kishilik qo‘shin, tug‘31 va chortug‘, to‘rt nafar beklarbegining har biriga bittadan bayroq, nog‘ora, chortug‘ va burg‘u berilgan.
“Tuzuklar”da vazirlar, amirlar va hokimlarga beriladigan in’omlar haqida ham so‘z ketadi. Masalan, qaysi bir amir biron qo‘shinni yengsa yoki mamlakatni olsa uni uch narsa: 1) tug‘, nog‘ora va bahodirlik martabasi; 2) davlat kengashlariga bemalol kirish huquqi; 3) biron sarhadning noibligi bilan siylaganlar.
Rasmiy marosimlarda, ya’ni podshohning oliy majlislarida o‘ltirish tartibi haqida ma’lumotlar ham diqqatga sazovor. Aytilishicha, sayyidlar, qozilar, ulamo, fuzalo, mashoyix, ulug‘ va oliy tabaqadagi kishilar podshohning o‘ng tarafidan, amir ul-umaro, beklarbegilar, amirlar, no‘yonlar, sardorlar, ulus, tumonot va qo‘shunot amirlari, shuningdek, mingboshilar, yuzboshilar, mansab va martabalariga qarab, podshohning so‘l tarafidan o‘rin olganlar. Devonbegi hamda vazirlar – taxt ro‘baro‘sidan, kalontarlar , kadxudo32lar – vazirlarning orqasidan joy olganlar. Bahodirlar, qilichboz yigitlar – taxt orqasida, uning o‘ng tarafidan, qorovullar – taxt orqasida, uning chap tarafidan o‘rin olganlar va hokazo.
Temur tuzgan qo‘shin o‘zining strategik va taktik mahorati bilan o‘sha davrning eng mukammal va kuchli armiyalaridan hisoblangan, uning tashkilotchisi va yetakchisi esa tajribali mohir sarkarda sifatida shuhrat topdi. “Temur tuzuklari”da o‘sha qo‘shinning tuzilishi, qurollanishi, harbiy san’ati10 haqida muhim ma’lumotlar keltirilgan. Xususan, uning jang oldidan safga tizilishi va joylashtirilishi haqidagi ma’lumotlari nihoyatda qimmatlidir. Temur qo‘shinining o‘z davriga nisbatan naqadar mukammal bo‘lganligi asarning Fotih Karimov matbaasida 1307-(1889–90) yili chop etilgan nusxasiga ilova qilingan kartalaridan ham yaqqol bilinib turibdi. “Tuzuklar”da Amir Temur davrida alohida undiriladigan soliq va jarimalar haqida ham e’tiborga molik ma’lumotlar bor. O‘sha vaqtlarda soliq to‘lovchi xalqdan xiroj, mol-u jihot, sovrun, qo‘nalg‘a, boj, shilon puli singari soliq va jarimalar undirilgan. Soliq va jarimalarni yig‘ish va xarj qilishga alohida e’tibor berganlar. “Xirojni yig‘ish vaqtida, – deyiladi ushbu asarda, – ikki vazir tayinlansin. Biri to‘plangan molni yozib, raiyat ahvolini tekshirib tursin, boj oluvchilar fuqaroga zulm qilib, ularning ahvoliga xaroblik yetkaz­masinlar. Viloyatlarda yig‘ilgan tamom mol-ashyoni kirim daftariga yozishlari lozim. Ikkinchi vazir esa chiqim daftariga yozib, yig‘ilgan mollardan sipoh maoshiga taqsim qilsinlar”. Shuni ham aytish kerakki, xiroj ba’zan sug‘oriladigan yerlardan olingan hosilning uchdan bir qismi, yomg‘ir suvi bilan bitgan yerlarda umumiy daromadning to‘rtdan bir qismi hajmida to‘plangan.
Men yana “Temur tuzuklari”da tilga olingan ikkita masala ustida qisqa tarzda to‘xtab o‘tmoqchiman:
1. Asarda “turk-tojik” degan iborani ikki-uch yerda, birinchi maqolada ham, ikkinchi maqolada ham uchratdik. Bunda Temur va temuriylar davlatiga qarashli o‘lkalarda turkiy xalqlar bilan yonma-yon tojiklar ham istiqomat qilganliklari, ular ham bu davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida rol o‘ynaganliklari ko‘rinib turibdi.
2. Yana bir-ikki joyda, xususan, Amir Temur faoliyatining dastlabki davri bilan bog‘liq voqealar bayonida, “o‘zbeklar”, “o‘zbeklar jamoasi” degan atama va iboralar uchraydi. “Tuzuklar”da aytilishicha, ular o‘sha vaqtlarda ham Movarounnahrda istiqomat qilganlar, mahalliy aholiga jabr-sitam o‘tkazganlar va go‘yoki, Temur ular bilan kurashgan. Bu yerda, chamasi, bir vaqtlar, aniqrog‘i, Botuxon zamonida (1227–1255), 1251-yildan boshlab, Chig‘atoy ulusining g‘arbiy qismi (Movarounnahr) Oltin O‘rdaning harbiy-siyosiy ta’siri ostiga tushib qolgan kezlarda, Dashti Qipchoqdan shu o‘lkaga ko‘chib kelib qolgan urug‘lar va qabilalar xususida gap borayotganga o‘xshaydi. Rashididdinning (XIII asr) «Jome’ ut-tavorix» hamda O‘tamish hojining “Chingiznoma” (XVI asr boshida) asarida bu haqda ishonchli ma’lumotlar bor. Ma’lumki, Dashti Qipchoq aholisi, aniqrog‘i, uning Oq O‘rda va shaybon ulusida istiqomat qilgan qismi XIV–XV asrlarda yozilgan tarixiy asarlarda «o‘zbek» nomi bilan atalgan. Bundan o‘zbeklar XIV– XV asrlarda paydo bo‘lgan xalq ekan, degan fikr-xayolga bormaslik kerak. O‘zbeklar ham, O‘rta Osiyodagi boshqa xalqlar singari qadimiy xalq. Ular ham baqtriyaliklar, so‘g‘diylar, shoshliklar, xorazmliklar hamda parkanaliklarning avlodi hisoblanadilar, lekin boshqa xalqlarda ham bo‘lgani kabi, faqat ularning (o‘zbeklarning) nomi keyinroq paydo bo‘lgan. Bu – hayotiy haqiqat. Odatda, xalqning tarixi nomidan birmuncha oldin yuradi. Buni mutaxassis olimlar yaxshi biladilar. Yoki bu gaplar – “o‘zbeklar”, “o‘zbeklar jamoasi” degan gaplar – asar fors tiliga tarjima qilingan paytda yuqorida nomi zikr etilgan Shohjahonning ko‘rsatmasi bilan qo‘shib qo‘yilgan bo‘lishi ham mumkin, chunki boburiylarning shaybon, shaybon avlodi va ko‘chmanchi o‘zbeklarga munosabati bizga yaxshi ma’lum.

Rui Gonsales de Klavixo.


Samarqandga – Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi
Klavixo "kundaligi" Sohibqiron Amir Temurning hayoti va olamshumul tarixiy xizmatlariga doir, shak - shubhasiz, bebaho tarixiy manbalardan biridir. "Kun - dalik" Kastiliya va Leon qiroli Enriko II (1390-1407) tomonidan Amir Temur huzuriga yo'llangan Rui Gonsales de Klavixo boshliq elchilar bosib o'tgan ulkan va mashaqqatli yo'l xotiralaridan iborat bo'lib, u ispan elchisining 1403-1406 yillarda O'rta yer dengizi sohilidagi mamlakatlarda, Turkiyada, Kavkaz orti yerlarida, Eronda va Turonzaminda, xususan, Amir Temur saltanatida hamda bevosita uning saroyida ko'rgan-bilganlarini, bu davrda elchining o'z qalbida kechgan turli-tuman o'y-fikrlarini ham aks ettirgan.33
Shu o'rinda kitob muallifi Klavixoning o'z taqdiri, hayot yo'li va faoliyati to'g'risida ham qisqacha bo'lsada, ma'lumot berib o'taylik. Rui Gonsales de Klavixo Kastiliya (Ispaniya)dagi badavlat va nufuzli oilada tug'ilib, voyaga yetgan. Otasi ham, o'zi ham qirol saroyida katta mansablarda turganlar. Uning ajdodlari Enrikoning ota-bobolari Enriko II va Xuan I ning saroyida xizmatda bo'lishgan.
Ma'lumotlarga qaraganda, Kastiliyaning birinchi elchisi Xuan Eskamiloning yo'l xotiralari hozirgi paytda Madriddagi Qirollik muzeyida saqlanmoqda34
Ma'lumki, Amir Temur davrida O'rta er dengizi xududidagi Pireney yarim oroli (Ispaniya) bir necha graflik va qirolliklarga bo'linib ketgan edi. Ularning ichida kudratlisi Kastiliya qirolligi edi va keyinchalik Ispaniya shu Qirollik atrofida birlashdi. Alohida ta'kidlab aytgimiz keladiki, bu birlashuvda Kastiliyaning Evropa davlatlari orasida birinchilardan bo'li Amir Temur saltanati bilan o'rnatgan elchilik munosabatlari, shak-shubhasiz, xayrli omillardan biriga aylandi. Tarixdan ma'lumki, Amir Temur davrida Ispaniya va boshka Evropa davlatlari Usmonli turk imperiyasi xurujlaridan tahlikaga tushib qolgan edi. Sohibqiron bobomiz tarix sahnasiga chiqib, avval ona zaminini mug'ullar asoratidan, keyin Rossiya va Ukrainani Oltin O'rda taxdididan xalos etdi. Usmonli turk imperiyasi tahdidi ostida yashagan Evropa davlatlari Amir Temur qudratiga najot bilan qaray boshladi. Angliya, Frantsiya, Ispaniya, Genuya, Vizantiya singari davlatlarning hukm - dorlari Amir Temur bilan iqtisodiy-savdo va siyosiy munosabatlarini o'rnatishga kirishib, ulug' Jahongir huzuriga birin-ketin o'z elchilarini jo'natdilar. Jumladan, Kastiliya va Leon qiroli don Enriko III 1402 yilda, yoz oylarida uzining birinchi elchilarini Payo de Sotomayor va Ernan Sanches Palasuelosni Amir Temur. Turkiyada ekanida, huzuriga safarbar etdi. Sohibqiron Ispaniyaning ana shu birinchi elchilariga alohida hurmat kuzi bilan qarab, ular o'z vataniga qaytar ekan, ikki davlat o'rtasida do'stona aloqalarni mustahkamlash maqsadida o'z saltanatining elchisi Xo'ja Muhammad qozi al Keshiyni ham Ispaniya elchilariga qo'shib, Enriko huzuriga yo'lladi. (Bu zot o'sha davrdagi Ispaniya rasmiy hujjatlarida "Al-Koziy", Klavixo asarida Magomet Alkagi deb ko'rsatilgan M.S.). Shu tariqa, buyuk bobomiz Vatanimiz bilan Evropani bog'laydigan elchilik aloqalariga asos soldi. Keshning yana bir ilgor namoyandasi - Mavlono Abdulloh Keshiy Amir Temur tomonidan Misr sultoni Faraj huzuriga elchi sifatida jo'natilgan
1403 yilda Enriko III Amir Temur saltanatining Usmonlilar imperiyasi ustidan erishgan g'alabasidan so'ng zudlik bilan Amir Temur huzuriga ikkinchi elchilar guruhini safarbar etdi. 13 kishidan iborat bu guruhga Enriko III saroyida so'zga chechan va otashin notiq sifatida tanilgan Rui Gonsales de Klavixo boshchilik qildi. 1403 yilning 22 may kuni Janubiy Ispaniyaning Kadis shahridagi bandargohdan yo'lga chiqqan elchilar, oradan 15 oy utib, 1404 yil avgust oyi oxirida Samarqand atrofidagi Amir Temur bog'laridan biriga etib keldilar va 8 sentyabr kuni Sohibqiron tomonidan qabul qilindi35... Keyinchalik Klavixo Ispaniyaga qaytib borgach, oradan bir oy o'tib, o'z "kundaligi"ni safar hisoboti tarzida tayyorlab, qirol Enriko III ga takdim etdi. U Toledo shahrida kirolning vasiyatnomasini tuzishda ham ishtirok etgan mas'ul mulozimlardan biridir.
Klavixoning "kundalik"nomasi ilk marta 1582 yilda Sevilya shahrida Argote de Molina tomonidan "Xistoria del Grant Tamorlan" ("Buyuk Temurlang tarixi") nomi ostida dunyo yuzini ko'rdi36. Shu o'rinda, kitobning bunday nomlanishi alohida izohni taqozo etadi. Ishonchimiz komilki, Klavixoning o'zi hayot bo'lganida, Amir Temur haqidagi bitigining bunday nomlanishiga aslo rozi bulmas edi. Chunki u uz asarining boshidan oxirigacha soxibkiron bobokalonimizni "Temurbek" yoki "Ulug' Amir" deb, katta ehtirom bilan tilga olgan. Buning ustiga, o'z asarining 71-bobida Klavixo shunday deb yozadi: "Temur - bekning asli ismi biz ataganimizday Temurlan emas, Temurbekdir. Chunki Temurbek ularning o'z tilida "Temur podsho" degani, podsho esa ularning tilida "bek"... Uni tahqirlash ma'nosida "Temurlan", ya'ni oqsoq Temur deb ataydilar". Pirovardida, Klavixo o'z kitobini ham "butok. Temurbek tarixi" deb atashini tasavvur qilishimiz mumkin. "Temurbek" iborasi aynan Amir Temurning o'z vatanida. Turonzaminda keng tarqalganligi uchun ham Klavixo undan chekinmagan bo'lur edi.
Ispaniyada shundan keyin ushbu asar 1779 yilda Amirola degan noshir tomonidan Kastiliya qirolligiga Bag'ishlangan yilnomalar va memuarlar to'plamining uchinchi jildi ichida chop etildi. 1782 yilda esa Antonio Sancha ismli noshir ispanlarga uni yana alohida kitob holida takdim etdi. Nihoyat, 1943 yilda Madridda atoqli tarixchi olim Ferdinand Lopes Estrada tomonidan "kundalik"ning ispan tilidagi navbatdagi nashri amalga oshirildi. Komusiy, tarixiy mazmunli bu asar tez orada Evropada ham mashhur bo'lib ketdi. . Klavixo asari 1859 yilda Londonda K. Markxem tarjimasida ingliz tilida chikdi. Ushbu tarjima “Kundalik”ning 1782 yildagi Antonio sancha tomonidan tayyorlangan ispancha nashr manbaida amalga oshirildi. Biroq bu tarjima keyinchalik taniqli ingliz tilshunos olimi g. Le Strenj tomonidan sifatsiz, deb topildi.
"Kundalik"ning xorijiy tildagi ikkinchi tarjimasi atokli rus tilshunos olimi, akademik I.I. Sreznevskiy tomonidan ro'yobga chiqarildi. I.I. Sreznevskiy "kunda - likning har bir kun xotiralari bilan bog'liq qismlarini boblarga ajratib, ularni alohida nomlar bilan atadi, kitobga keng ko'lamli "Izoh"ni ilova etdi. Bu ruscha tarjima 1881 yilda Sankt-Peterburgda nashr qilindi. I.I. Sreznevskiy kitob nomini belgilashda bevosita Klavixoning o'z fikri va qarashlariga tayangan. Uni "Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403-1406)" deb atagan. Kitobning bunday nomi "kun - dalik"ning jahondagi boshqa tillarga qilingan tarji - malariga ham asos qilib olingan.
Oradan 50 yil o'tib, 1928 yilda Le Strenj Klavixo asarini ingliz tiliga qaytadan o'girdi. Ushbu tarjima "kundalik"ning 1782 yildagi ispancha nashriga hamda Le Strenjning o'zi "muvaffaqiyatli, ancha mukammal tar jima” deb e'tirof etgan I.I. Sreznevskiyning ruscha tarjimasiga asoslanilgan holda bajarilgan.
1970-1971 yillarda Klavixo asarining Londonda K. Markxem tomonidan tayyorlangan inglizcha tarjimasi va I.I. Sreznevskiyning ruscha tarjimasi "kundalik"ning ispancha asl matni bilan yonma-yon holatda, yana bir marta nashr etildi.
"Kundalik", shuningdek, Yaponiyada, Frantsiyada, Rossiyada, Argentinada, Turkiyada, Eronda ham bir necha marta, qayta va qayta kitobxonlarga taqdim qilingan. 1 asar eng so'nggi marta 1990 yilda I.S. Mirokova tarjimasida, rus tilida Moskvadagi "Nauka" nashriyoti tomonidan bosmadan chiqarildi. Nihoyat, o'tgan asrning ikkinchi yarmi, 80-yillarida bu mashhur tarixiy yozma yodgorlikni ona tilimizga Filologiya fanlari doktori, professor Ochil Tog'aev o'girdi. Shu o'rinda xotiramizdagi kichik bir lavhani hurmatli mushtariylarga hikoya qilmoqchimiz. 1987 yilning yoz kunlaridan birida Ochil xozirgi kunda o'zbek tilida Klavixo asarining talablar darajasidagi nisbatan mukammal va to'liq tarjimasi ekanligini alohida ta'kidlagimiz keladi. Buni asarning uzbekchaga har ikki o'girmasini o'zaro qiyoslab ko'rgan har bir kitobxon ilk sahifalaridayoq darhol his etadi. Ochil Togaev asardagi hech bir iborani, hech bir lavhani, voqea - xodisani e'tibordan chetda qoldirmagan.
Klavixoning ushbu asari sahifalarida Sohibqiron. Amir Temur siymosi xuddi tirikday gavdalanib turadi. Buning sababi shundaki, Klavixo bevosita Sohibqiron saroyida birmuncha muddat yashab, u bilan qayta-qayta kurishgan, yuzma-yuz muloqotda bo'lgan. Amir Temur hazratlarini turlicha sharoitlarda - saroy a'yonlari, xorijiy elchilar, Samarqand ahli va saltanat amirlari bilan uchrashuvlar, temuriy shahzodalar va malikalar bilan munosabatlar vaziyatida kuzatgan. "Kundalik"da muallifning bu ko'rgan-kechirganlari, shaxsiy taassurotlari, fikr- o'ylari to'la o'z ifodasini topgan. Amir Temur siymosiga va uning saltanatidagi o'ziga xos hayotga qiziqqan yer yuzidagi barcha kishilar Klavixo "kundalik"nomasidan o'zi uchun boy va qiziqarli ma'lumotlarni topishi tabiiy.
Kitobning ikkinchi bir o'ziga xos xususiyati uning kundalik tartibida bitilganligidir. Kundalik bo'lganda ham, betakror mazmun va mohiyatli kundalikdir. Ya'ni, u biron tarixchi olim yoki yozuvchining emas, balki aynan o'z qirolining alohida topshiriq va dasturiy kursatmalari bilan yo'lga tushgan elchining nuqtai nazarini, fikr-o'ylarini va kuzatishlarini o'z sahifalarida mujassam etgan hisobot, hujjat, ma'lumotnoma tarzidagi asardir. Shu bilan birga, ushbu hisobotnoma o'z davrining yuksak o'qimishli, bilimdon, mustakil, sinchkov kuzatish salohiyatiga ega ziyoli shaxsining jonli, maroqli hikoyalari va sarguzashtlari bilan nurlanib turadi. Buning ustiga, uning aynan evropalik elchi ekanligi qalamga olingan barcha manzaralarga, voqea - hodisalarga, Amir Temur shaxsiga va saltanatidagi tartib-qoidalarga o'zgacha yondashuvlarida yaqqol sezilib turadi.37
Klavixo boshliq guruhning Amir Temur huzuriga kilgan elchilik sayohati juda uzoq, xavf-xatar va mashaqqatlar bilan to'la safar bo'ldi. Shuni ham aytish kerakki, ushanda Klavixo bilan birga Bobil (Misr) va Turkiya sultonining elchilari ham Samarqandga keldilar.38
"Kundalik"da o'sha vaqtlarda Amir Temur qo'l ostidagi mamlakatlar va shaharlarning umumiy ahvoli, aholining kun kechirishi, Temur va yaqinlari tashabbusi bilan barpo etilgan binolar: qasrlar, masjidlar, madrasalar, xonaqohlar, savdo rastalari, do'konlar, ustaxonalar; temuriylar davlatining Xitoy, Hindiston, Oltin O'rda (Klavixo uni "Totoriston" deb ataydi), Mo'g'uliston va boshka mamlakatlar bilan bo'lgan siyosiy va savdo aloqalari; Amir Temur saroyida amalda bo'lgan tartib-qoidalar va nixoyat Amir Temurning xotinlari hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o'rni haqida e'tiborga molik ma'lumotlar keltirilgan. Bu ma'lumotlar, shubhasiz, Vatanimizning o'sha vaqtlardagi ijtimoiy - siyosiy tarixini, ota-bobolarimizning turmush tarzini o'rganishda muhim tarixiy manbalardan biri bo'lishi turgan gap. So'zimizning isboti uchun bir necha misol keltiramiz. Samarqandning boyligi haqida: "bu yurt don-dun, may, meva-cheva, parranda go'shti, (boshqa) har xil go'sht, qo'yingki, hamma narsaga boydir... bir juft semiz qo'yning narxi 1 dukat".
Katta xiyobon va savdo rastalari haqida: "Samarqand shahrida har yili Xitoy, Hindiston, Totoriston (Oltin Urda) va boshka mamlakatlardan, shuningdek, benixoyat boy Samarkand saltanatining o'zidan keltirilgan mollar sotiladi. Shaharga keltirilgan mollarni bir safda tartib bilan joylashtirib sotadigan keng joy (shu paytgacha) yo'q edi. Podsho ikki tarafida qator do'konlar o'rnatilgan savdo rastasidan iborat ko'cha o'tkazishni buyurdi. Mazkur ko'cha shaharning bir chekkasidan boshlanib, qoq o'rtasidan o'tib, ikkinchi chekkasidan chiqishi lozim edi. Podsho bu ishni ikki mirzosiga (ikki amiriga bo'lsa kerak. - M.S.) topshirib, ular kechayu kunduz (tinmay) mehnat qildilar. Yo'lga tushgan uylar, kimniki bo'lishidan qat'i nazar, betuxtov buzildi... Ko'chaning ikki tarafiga do'konlar o'rnatishdi, har bir do'kon oldida marmar bilan qoplangan baland kursilar o'rnatildi. Har bir do'kon ikkita xonadan iborat edi. Ko'chaning tepasi gumbaz shaklida yopilgan bo'lib, (tepasida) yorug'lik tushib turadigan tuynukchalar quyilgan". "Shu yili (1404 yili - M.S.) iyun oyida xonbaliq (Xitoy poytaxti Pekinning tarixiy nomlaridan biri, Klavixo davrida ham, aftidan, u xonbalik deb atalgan bo'lsa kerak - M.S.) shahridan qariyb 800 tuyadan tashkil topgan savdo karvoni Samarqandga keldi".
O'rdabozor tasviri: (katta to'y munosabati bilan) podsho "Samarqand shahrining savdo ahli: sarroflar, chitfurushlar, Javohir va boshqa turli-tuman mollar bilan savdo kiluvchilar, oshpazlar, qassoblar, novvoylar, tikuvchilar, kavushdo’zlar va shahardagi boshqa barcha hunarmandlar podsho o'rdasi joylashgan yalanglikka chikib va chodir tikib savdo qilsinlar, har bir kosib qarorgoh buylab kezib, o'yin-kulgi bilan odamlarning bahri dilini ochsinlar", — deb buyurdi. Shundan keyin barcha - tijorat ahli shahardan chiqib, podsho qarorgohi atrofiga joylashdilar. Har bir hunarmand tartib bilan alohida - alohida rasta hosil qilib, o'yin-kulgilar uyushtirishib, qarorgox bo'ylab aylandilar
Kundalikda shunga o'xshash qiziqarli ma'lumotlar juda kup. Bundan tashqari, "kundalik"da o'rta asrlardagi Evropa va Osiyodagi hayot manzaralari, turli xalqlarning o'ziga xos urf-odatlari, an'analari, rivoyatlari, tartib-qoidalar, o'sha davr geografiyasi, iqlimi, dengizlar, Orollar, qumlik saxrolar, poyonsiz dashtlar, tog'lar, ko'llar, obod va xaroba shaharlar... to'g'risida g'oyatda rang-barang, keng kamrovli, o'ziga xos, noyob ma'lumotlar berilgan. Xuddi shunday ma'lumot boyliklariga ko'ra, ushbu kitob bizga zamondosh bo'lgan turli yo'nalishdagi ilmiy tadqi - kotchilar uchun bebaho manba bo'la oladi. Undan siyosatchilar ham, iqtisodchilaru huquqshunoslar ham, tabiatshunoslaru geograflar ham, yozuvchilaru etnograflar... ham o'zlari uchun o'rta asrlarga oid qomusiy ma'lumot va kuzatishlarni topa oladilar39. Shu bilan birga, Klavixoning bitigida ayrim noaniqliklar, bahsli o'rinlar ham ko'zga tashlanadi.
Kundalik"da bayon etilgan Chingizxon va uning o'g'illari hamda Xitoy davlati to'g'risidagi ma'lumotlar ham tarixiy haqiqatdan ko'ra, xalq orasida yurgan mish - mishlarga asoslangandir.40
Asarda uchragan yana bir muammo, bu kishi va joy nomlarining yozilishidagi chalkashliklardir. Albatta, Klavixoday muhojir odam uchun mahalliy atamalar va so'zlarni to'g'ri talaffuz qilish juda qiyin. "Kundalik da esa tilga olingan Amirat - Murod ekanligini, Xoxarok - Shohrux Mirzo, Karil Sultan - Xalil Sulton, Kirmanoli - Manuil Paleolog, Karamish - To'xtamish, Miaxa mirassa - Mironshoh Mirzo ekanligini; Anguri - Anqara, Baldat - Bog'dod, Baubertel - Bovard, Kanbalek-Xonbalik, Karras - Araks, Orasan-Xuroson ekanligini anglash mumkin va buni tarjimon to'g'ri aniqay bilgan. Lekin "kundalik"da Buamo, Jagaro kabi joy nomlari ham borki, ularni aniqlash ancha mushkul. Bu joy nomlarini aniklash Klavixo asari bo'yicha tadqiqot bilan shug'ullanuvchilar oldida hamon vazifa bo'lib turibdi. Klavixoning Amir Temur saroyiga sayohati "kundaligi" bunday noaniqliklaridan hamda uning ayrim o'rinlarida bahsli talqin va qarashlar mavjudligidan qat'i nazar, o'zining tarixan aniq va muhim ma'lumotlarga boyligiga kura, umuminsoniyat tarixining doimo tirik yodgorliklaridan biri bo'lib qolaveradi. Amir Temur siymosi eslanar ekan, ushbu asarni ham albatta eslashadi. Jumladan, mustaqilligimiz sharofati bilan uni o'z ona tilida bosh - oyoqlik to'liq nashr sifatida o'qishga muyassar bo'layotgan xalqimizning hozirgi avlodlari Klavixodan alohida minnatdor bo'lishi shak-shubhasizdir. Ushbu kitob tarixiy qarashimizni chuqurlashtiradi. Sohibqiron Amir Temur va uning saltanatida hukm surgan betakror ijtimoiy-siyosiy xayot hamda bobokalonimizning o'z shaxsiyati to'g'risidagi tasavvurlarimizga Nodir aniqliklarni kiritadi. Bizni buyuk bobokalonimizga, Amir Temurni bizga ruhan va ma'nan yanada yaqinlashtiradi.
Amir Temur - buyuk milliy dahodir. Prezidentimiz Islom Karimov bu buyuk siymoga doir ma'ruzalaridan birida aytganlariday: "Amir Temurni anglash - o'zimizni anglashdir41". Klavixo asari shu ezgu maqsadga xizmat kiladigan bebaho manbadir.


1 Амир Темур жаҳон тарихида. БМТ. ЮНЕСКО. – Париж, 1996, 119-128, 256- 293-б.

2 Hamdam Sodiqov Amir temur saltanatida xafsizlik xizmati “ART FLEX” Toshkent-2010 6-bet

3 Amir temur yevropa elchilari nigohida G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent— 2007

4 “Ajoib al-maqdur”ning Sanders tomonidan bajarilgan ingilizcha tarjimasiga I.Y.Krachoviski yozgan taqriz bundan mustasno.

5 И.Ю.Крачовский, Избр.соч.т.IV, 513-bet

6 Архив Маркс и Энгелъса,т.VI,185-bet.

7 Х.А.Гибб, Арабиская литература, 102-bet

8 Ajoyib al-maqdur, 3-bet

9 А.Я.Яакобовский. Тимур, 46-bet

10 Дневник похода (изд.1915 г.), 56-bet

11 Дневник похода 51-55- bet; Ajoyib al-maqdur, 24-25-bet

12 Ajoyib al-maqdur, 242-bet

13 Ibn Batuda, Rihla, 1-jild,38-bet.

14 Ajoyib al-maqdur, 128-bet.

15 Xafoja-Iroq yerlarida yashab, Makkaga, hajga o'tuvchilarning yo'lini to'sib, talash bilan mashhur bo'lgan bir qabila.

16 Rihla, 175-bet. Ajoyib al-maqdur, 22-bet.

17 At-talif at tohir,v.6

18 Ajoyib al-maqdur, 19-bet.

19 Ajoyib al-maqdur, 119-bet.

20В.В. Бартолъд.Соч.т. II (2) прим 18,39-bet

21 Клавихо, Дневник. 240-bet

22 Никоновская летопись, 151-bet

23 Temur tuzuklari. –T.; Nashriyot-matbai birlashmasi. 1991

24 1 Амир Темур – фахримиз, ғуруримиз. Қаранг: Маънавий юксалиш йўлида. – Тошкент: Ўзбекистон, 1998, 414-б.

25Amir Temur Kuragoni "Tuzuki Temuriy". - Toshkent, 1999; Amir Temur Kuragon. Tribuna. - Toshkent, 2000.

26 Sharofiddin Ali Yazdiy.Zafarnoma / Fors tilidan o'zbek tiliga Muhammad Ali ibn Darvesh Ali Buxoriy tarjimasi. - Toshkent: Vostok, 1997

27 No’yon (no’yun) turk mo’g’l xalqlari orasida xonzoda , tuman (10000 kishilik qo’shin) boshlig’i.

28 Raiyat-soliq to’lovchi xalq qora xalq.

29 Hakim- faylasuf, donishmand, alloma

30 Aymoq - urug’ qabila

31 Tug’ uchiga odatda ot yoki xo’kiz dumi bog’langan tayoq: Xokimlik belgisi

32 Kadxudo - qishloq, jamoa oqsoqoli.

33 Rui Gonsales de Klavixo. Samarqandga – Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi.Toshkent - “O’zbrkiston” 2010. 6-bet

34 Muhammadiev N. Ispan elchisining sayohatnomasi / / gazetasi. 2005 yil 7 aprel.

35 Rui Gonsales de Klavixo. Samarqandga – Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi.Toshkent - “O’zbrkiston” 2010

36 Rui Gonsales de Klavixo. Samarqandga – Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi.Toshkent - “O’zbrkiston” 2010

37 Amir temur yevropa elchilari nigohida G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent— 2007

38 Rui Gonsales de Klavixo. Samarqandga – Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi.Toshkent - “O’zbrkiston” 2010

39 Руи Гонсалес де Клавихо. Дневник путешествия в Самарканд ко двору Тимура (1403-1406). М., 1990

40 Rui Gonsales de Klavixo. Samarqandga — Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi & Bo‘rivoy Ahmedov. Klavixo va uning «kundaligi»



41 I.A.Karimov. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch. Toshkent: Ma'naviyat, 2008


Download 49.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling