Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati Ismoilov Hasanboy Reja


Download 20.99 Kb.
bet1/3
Sana20.10.2023
Hajmi20.99 Kb.
#1712301
  1   2   3
Bog'liq
Samandartoy


https://widgets.mgid.com/?utm_source=fayllar.org&utm_medium=referral&utm_campaign=widgets&utm_content=1267037





Первая брачная ночь в гареме: почему девушки хотели туда попасть


RadarMedia





Весь мир смеялся над этой парой, посмотрите, что с ними сейчас


RadarMedia





Bog'in og'rig'i? Mana oddiy yechim Uy vositasi! Kafolat!


Sustaflex




Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati


Ismoilov Hasanboy


Reja:


1. Aholi turmush darajasi va uning asosiy ko‘rsatkichlari.


2. Aholi daromadlari va uning tarkibi.


3. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash
Aholi turmush darajasi va uning asosiy ko‘rsatkichlari.


Aholi turmush darajasi – aholining hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va


ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda ular ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasidir.


Aholining moddiy va ma’naviy ne’matlarga bo‘lgan talabi tabiiy tarixiy milliy va boshqa shart-sharoitlarga qarab turlicha bo‘ladi va tez o‘zgarib turadi. Shunga binoan aholi turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar ham turlicha bo‘ladi.


Insonning turmush darajasi o‘sib boruvchi talablar darajasi


bilan uni qondirish imkoniyatlari darajasi o‘rtasidagi dialektik bog‘lanish va uning o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Bunda insonning tanlash erkinligining o‘sishi ya’ni uning nimalarni iste’mol qilishi, qaerda, qanday yashashi, qanday o‘qib bilim olishi kabilarni bemalol tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.


Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichlari tizimi o‘z ichiga quyidagi guruhlarni oladi:



  • tug‘ilish va o‘lish darajasi hamda boshqa demografik ko‘rsatkichlar;


  • hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari;




  • oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish;




  • turar joy sharoitlari;







  • mehnat qilish va bandlik sharoitlari;







  • hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari;







  • dam olishni tashkil etish;




  • ijtimoiy ta’minot;




  • inson erkinligi.


Download 20.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling