2-mavzu: Qadimgi turkiy obidalarning topilishi, o‘qilishi. Qadimgi turkiy yozuvlar. Reja


ARAB ALIFBOSI ASOSIDAGI TURKIY YOZUV


Download 340.97 Kb.
bet17/20
Sana05.04.2023
Hajmi340.97 Kb.
#1275221
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2-maruza TT 2-kurs kunduzgi

ARAB ALIFBOSI ASOSIDAGI TURKIY YOZUV
Arab xatining O‘rta va Markaziy Osiyoga yoyilish tarixi bu o‘lkalarga islomning kirib kelishi bilan bog‘liq. O‘rta Osiyoda arab xatida bitilgan eng eski kitoblar IX asrga tegishli. Ular arab va fors tillarida. Arab yozuvida turkiy yodgorliklar X asrdan boshlab ko‘chirilgan. Undan eskisi topilganicha yo‘q. Turkiy xalqlar qoraxoniylar davridan uyg‘ur xati bilan yonma-yon arab yozuvidan ham foydalana boshladi. Qoraxoniy hukumdorlar zarb ettirgan tangalardagi yozuvlar, xonlarning ayrim yozmalari arab xatida. XI asrdan e’tiboran arab xatida yirik asarlar ko‘chirila boshladi. Yusuf Xos Hojib qalamiga mansub “Qutadg‘u bilig” asarining namangan va qohira qo‘lyozma nusxalari, M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asaridagi turkiy matnlar, Adib Ahmad Yugnakiyning “Hibatu-l-haqoyiq” dostonining arab yozuvli nusxalari arab xatidagi eng eski turkiy yodgorliklardir.
Alifbo tizimi. Turklar arab alifbosini o‘z tillariga moslab qabul qilgan. Shuning uchun ham asl arab alifbosi bilan turkiy tilga moslangan alifbo orasida bir oz farq bor. Imlo prinsiplari. Arab alifbosi asosidagi turkiy yozuvning imlo prinsiplari puxta ishlangan edi. Yozuvda unlilarni ifodalash uchun alifbodagi uchta harf “alif” (ا), “vav” (و),“ya” (ي) hamda harakatlar, turli grafik vositalardan foydalanilgan.
Turkiy tildagi unlilar imlosi xususida “Attuhfatu-z-zakiyatu fillug‘atit turkiyya” asarining muallifi shunday yozadi: Bilgilki, turk tilida shakl yo‘q. Shakl yo‘qligi uchun bir qancha aniqsizlik va xatolar paydo bo‘lar edi. Shuning uchun ana shu aniqsizlikdan qutilish uchun ot, fe’l va hurufni yozishda maxsus shakl qo‘llash usulini qabul qildilar. Ya’ni“fatha” o‘rnida “alif”, “kasra” o‘rnida “ya”, “zamma” o‘rnida“vav” qo‘llay boshladilar” (AZFT.10). “Turk tilida shakl yo‘q” deyilganda turkiy imloda unlilarni ifodalashga xizmat qiladigan harakatlar yo‘qligi nazarda tutilmoqda. Ayni usul bilan imloda unlilarni to‘liq ifodalash usuli joriy etilgan. Yozuvda ba’zan cho‘ziq unlilar ham o‘z ifodasini topgan. Masalan, “Devonu lug‘atit turk”da qo‘shaloq “alif” cho‘ziq unlini bildiradi: جاا a:č – och, suq, شاا aš – osh, ovqat, لاا a:l – hiyla, فاا a:w – ov.
Qadimgi turkiy matnlarda o‘zlashgan so‘zlar tarkibida sirg‘aluvchi [ž] tovushi ham uchraydi. Arab yozuvli matnlarda ushbu tovush ژ harfi bilan ifoda etilgan: نوژ اažun – dunyo. Arab va fors tillaridan o‘zlashgan so‘zlarga nisbatan yozuv prinsipi amal qilgan. Bunday so‘zlar arabcha matnlarda qanday yozilsa, turkiy matnlarda ham shunday yozilavergan. Lekin ulardagi arab tiligagina xos bo‘lgan tovushlar turkiy til talablariga bo‘ysungan holda talaffuz etilgan. Masalan: لﺪﻋ ‘adl – adl, ﻲﻠﻋ ‘Ali – Ali, ﺎﻨﺛ sana – sano, hamd, ﻞﺜﻣ masal – maqol.

Download 340.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling