2-mavzu. Qiyosiy metodika reja
Download 38.82 Kb.
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Qiyosiy metod. Uning to‘liq nomi ongli − qiyosiy metod deb ataladi. Asrimizning 30 — yillarida ongli − qiyosiy metod shakllana boshladi. Programma, darslik, o‘quv qo‘llanmalari tayyorlandi. Metodik adabiyotlar orasida L. V. Shcherba, K. A. Ganshina, I. A, Gruzinskaya, A. A. Lyubarskaya, G. V. Goldshteyn va R. K. Rozenborg va Z. M. Svetkova asarlarini ko‘rsatib o‘tish joizdir. «Inostrannыe yaziki v shkole» jurnali ta’sis etildi. 1947 yilda L. V. Shcherbaning «Prepodovanie inostrannix yazikov v sredney shkole» (ikkinchi nashri 1974 yil) kitobi Moskvada chop etildi.
Ongli − qiyosiy metod amaliy, ta’limiy va tarbiyaviy maqsadda chet til o‘qitish jarayonida qo‘llandi. Amaliy maqsad retseptiv va reproduktiv nutq malakalarini taqozo etdi. Elliginchi yillarda I. V. Raxmanov metodik asarlari, V.S.Setlin (1950, 1955) fransuz tili o‘qitish, V. D. Arakin (1950, 1958) ingliz tili o‘qitish, A. S. Andreevskaya − Levensteri va O. E. Mixaylova (1958) fransuz tili o‘qitish metodikalaridan qo‘llanmalari va boshqa kitoblar nashr etildi. Ularda ongli − qiyosiy metodning asosiy prinsiplaridan bo‘lmish ikki tilni taqqoslashga e’tibor qaratilgan. 1961 yildan hozirgacha chet til o‘qitish jarayonida qo‘llanayotgan metodni zamonaviylashtirilgan ongli − qiyosiy metod (yoki shartli nom bilan «Raxmanov va shogirdlari metodi») deb yuritish mumkin. 1917 yildan hozirgacha chet til o‘qitish metodikasi tarixi. Bu davr chet til o‘qitish metodikasi tarixini ilmiy adabiyotda besh bosqichga bo‘linadi. Ushbu bosqichlarni aniqlashni A.A.Mirolyubov quyidagicha amalga oshiggan: 1-Bosqich-1917-1923, 2-Bosqich -1924- 1931, 3-Bosqich -1932 - 1946, 4 - Bosqich - 1947 - 1959, 5 - Bosqich -1960 -hozirgacha (S. F. SHatilov ikkinchi bosqichni (1924-1930) qisman o‘zgartirib, uchinchi (1931 — 1944), to‘rtinchi (1944-1961) va beshinchi bosqichni (1961 − hozirgacha) yillarini bo‘lakcha qabul qilib hamda birinchi bosqichni tushurib qoldirgan holda to‘rt bosqichli davrlashtirishni tavsiya qilgan). Nazorat savollari: 1. Chet til o‘qitish qiyosiy metodikasi nima haqida bahs yuritadi? 2. Turli o‘quv yurtlirida chet til o‘qitish qaysi jihatlari bilan farq qiladi? 3. Tillar ta’limshunosligining tadqiqot ob’ektini nima tashkil etadi? 4. Chet til o‘qitishning nechta bosqichi bor? 5. Zamonaviy metodlardan qaysi birlari qo‘llanilmoqda? 6. O‘zbekistonda chet til o‘qitishning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? Download 38.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling