2-mavzu qo’shilgan qiymat solig’Ining davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda tutgan o’rni


Download 442.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana09.12.2021
Hajmi442.98 Kb.
#179442
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ҚҚС



104 

 

2-mavzu 



QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’I 

 Qo’shilgan qiymat solig’ining davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda 

tutgan o’rni 

O’zbekiston  Respublikasida  qo’shilgan  qiymat  solig’i  1992  yilda  joriy 

etilgan bo’lib, bu soliqni huquqiy tartibga soluvchi soliq qonunchiligi hujjati bo’lib 

1991  yil  15  fevralda  qabul  qilingan  «Korxonalar,  birlashmalar  va  tashkilotlardan 

olinadigan soliqlar to’g’risida»gi qonun va unga muvofiq ishlab chiqilgan 1992 yil 

30 martdagi «Qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblash va to’lash tartibi to’g’risidagi» 

yo’riqnoma    hisoblanadi.  Soliq  qonunchiligiga  muvofiq  1992  yilda  dastlab 

qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi  30 % miqdorida belgilangan. 

Qo’shilgan  qiymat  solig’ining  ob’ektiv  zarurligini  davlat  byudjeti 

daromadlarini  shakllantirish  bilan  ifodalash  mumkin.Mamlakatimizda  xilma  xil 

mulk  shakllarining  paydo  bo’lishi    bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  davlatning  ular 

faoliyatiga  aralashuvi  faqat  qonun  yo’li bilan  ya’ni   soliqlar  jumladan, qo’shilgan 

qiymat solig’i orqali bo’ladi. 

Bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  sharoitida  davlatning  yangi  vazifalari  paydo 

bo’ladi.  Bu  vazifalarga  mamlakatimizda  kam  ta’minlanganlarga  ijtimoiy  yordam 

ko’rsatish,  bozor  iqtisodiyoti  infratuzilmasini  (sanoatda,  qishloq  xo’jaligida, 

moliya  tizimida)  tashkil  qilish  kiradi.  Davlat  kuchli  ijtimoiy  chora  tadbirlarini 

amalga  oshirish  uchun  nafaqaxo’rlar,  talabalar,  ko’p  bolali  onalar  va  boshqlarni 

ko’proq  mablag’  bilan  ta’minlash  zarurligini  anglab  cheklangan  tovarlar 

bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi va ularga boshqa xarajatlarini davlat 

hisobidan amalga oshiradi, kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etadi. 

Shuningdek,  mamlakatimiz  jamiyat  a’zolari  osoyishtaligini  saqlash 

maqsadida  o’zining  mudofaa  qobiliyatini  saqlab  va  mustahkamlashga,    harbiy 

texnikaga  ham  mablag’lar  sarflaydi.  Davlat  fuqarolar  xavfsizligini  ta’minlash, 

mamlakatda tartib intizom o’rnatish, uni boshqarish funkstiyalarini bajarish uchun 

ham  ko’plab  mablag’  yo’naltirishga  majbur.  Bunday  xarajatlarni  amalga 




105 

 

oshirishning  majburiyligi  ular  uchun  manba  bo’lgan  soliqlarni,  jumladan 



qo’shilgan qiymat solig’ini ob’ektiv zarur qilib qo’yadi. 


Download 442.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling