6.2.Qo’shilgan qiymat solig’ining rivojlanish bosqichlari
Davlat byudjetining daromadlarini shakllantirishda qo’shilgan qiymat
solig’idan foydalanish 1919 yilda vujudga kelgan. Qo’shilgan qiymat solig’i ilk
bor Germaniyada 1919 yilda Vilgelm fon Simens tomonidan «Veredelte
Umsatzteuer» nemischa mukammallashgan aylanma soliq nomi bilan joriy etilib,
bu soliq turi qo’shilgan qiymat solig’i nomi bilan franstuz iqtisodchisi M.Lore
tomonidan 1954 yilda taklif qilingan va 1960 yilda Kot–d–Ivuar Respublikasida
joriy etildi va Franstiya soliq tizimiga soliq turi sifatida kiritilgan.
Dunyo mamlakatlarida qo’shilgan qiymat solig’i undirish tartibi dastlab
1954 yilda franstuz iqtisodchisi M.Lore tomonidan tavsiya etilgan, bu soliq turi
bilan bog’liq fikrlar XX asrning boshlarida vujudga kelgan va jahonning 48 dan
ortiq mamlakatlarida joriy etilgan.
Mustaqil Davlatlar Xamdo’stligi davlatlarida 1992 yildan boshlab
qo’shilgan qiymat solig’i joriy etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |