2-Mavzu. Qum-gilli qolipda quymani tayyorlab olish texnologiyasi O’quv modul birliklari


Download 150.87 Kb.
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi150.87 Kb.
#1503068
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-Mavzu. Qum-gilli qolipda quymani tayyorlab olish texnologiyasi ismoil

Quymaning aniqligi
GOST 26645-85 muvofiq quymalarning aniqligi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi:
-o‘lchamlari aniqligining sinfi,
-yuzasining aniqligi sinfi,
-massasining aniqligi sinfi va
-ajratish tekisligi bo‘yicha siljishi.
Qum-gilli qoliplashda quyidagi aniqlik ko‘rsatkichlari belgilangan (K ). Kulrang cho‘yandan olinadigan quymalar uchun: qo‘lda qoliplash uchun
K 0 11-15; Tsm=4,0 mm (Tsm - siljish chegarasini ko‘rsatkichi); avtomatlashtirilgan qoliplash uchun  7-10; Tsm=1,0 mm.

Quymalar yuzasining notekisligi
Texnik ko‘rsatkichlarda mashinasozlik qotishmalari uchun quyma yuzasining notekisligi ko‘rsatib beriladi. Masalan, SCh cho‘yan uchun GOST 1412-79 bo‘yicha quyma yuzasining notekisligi quymalar finish operatsiyalaridan o‘tib tozalangandan so‘ng V2=250 mkm, oddiy qoliplash mashinalarida tayyorlanganlari uchun tozalashdan oldin = 500 mkm dan oshmasligi kerak.

Quymalarning germetikligi
Po‘latdan, rangli qotishmalaradan va cho‘yandan ishlab chiqiladigan (radiatorlar) bazi-bir quymalarga germetikligi bo‘yicha balandrok talab qo‘yiladi va ularda gaz yoki shlak rakovinalar va g‘ovaklik nuqsonlari taqiqlanadi. Unaqa quymalarni suv va xavo bosimi bilan germetikligi tekshiriladi. Quymalarni sovitishda ularda yo‘naltiruvchi qotishishni hosil qilish kerak.
Quymadagi nuqsonlarni to‘g‘rilash usullari.
Quymadagi uncha kata bo‘lmagan nuqsonlar zamaskalash yoki mastikalash, turli xil tarkibni singdirish, gazli yoki elekterli payvandlash yordamida to‘g‘rilanadi.
Zamaskalash yoki mastikalash yordamida quymadagi mayda sirt rakovinalari dekorativ to‘g‘rilanadi.
Mastikalashdan oldin quymaning nuqsonli joyi tozalanadi va yog‘sizlantiriladi. Rakovina mastika bilan to‘ldirilgandan keyin tekislanadi, quritiladi va pemza yoki grafit yordamida sidiriladi.
Quymadagi g‘ovakliklarni tarkiblar yordamida singdiriladi. Ushbu maqsadda quymani 8-12 soat mobaynida xlorli ammoniyning suvli eritmasiga solib qo‘yiladi. Aralashma metal kristallari orasiga singib borib oksidlarni xosil qiladi, ushbu oksidlar quymaning g‘ovagini to‘ldiradi.
Gazli va elektrli payvandlash quymaning ishlov berilmaydigan sirtlaridagi (rakovinalar, teshiklar, darzlar) nuqsonlarni to‘g‘rilash uchun qo‘llaniladi. Cho‘yanli quymalardagi nuqsonlar cho‘yanli elektrodlar yordamida, po‘lat quymalarda tegishli tarkibdagi elektrod yordamida, payvandlanadi. Cho‘yan quymalar payvandlashdan avval 350-6000 C gacha qizdiriladi, payvandlanib bo‘lgandan keyin atrof muhit temperatura-sigacha sekin asta sovitiladi.

Download 150.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling