2-mavzu. Qurilish bosh planini loyihalash amaliyot rejasi


Konstruktsiyalar omborini loyihalash


Download 375.46 Kb.
bet3/5
Sana26.10.2023
Hajmi375.46 Kb.
#1722871
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu

Konstruktsiyalar omborini loyihalash
Yig’ma konstruktsiyalar omborlarda shtabellarda yki kassetalarda vertikalg’ holda ishlovchi konstruktsiyalar – devor panellari, fermalar va boshqalar joylashtiriladi.
SHtabellar orasidagi o’tish joylari 0.4 dan 1 m gacha kenglikda ko’ndalangiga har 20...30 m da va bo’ylamasiga har 2 shtabeldan keyin tashkil qilinadi.
Transport vositalari va ortuvchi-tushiruvchi mexanizmlar harakati uchun 3...4 m kenglikdagi tor yo’llar kamida har 100 m da barpo etiladi.
Omborlar kengligi shunday hisob bilan olinadikim, elementlar qushimcha ko’tarish va siljitishlarsiz bir marta ko’tarilishi, yahni ular xizmat qilaytgan kranning harakat zonasida bo’lishi kerak.
Yig’ma elementlar omborda, transport vositalarida tashilgan holatidagidek joylashtiriladi. Gorizontalg’ taxlanadigan konstruktsiyalar orasiga yg’och tagliklar va ular orasidagi masofa konstruktsiyalarni ishlash sharoiti bilan bog’liq holda qo’yiladi.
Elementlarni omborda joylashtirilishi alohida, yahni bir tipdagi elementlar bir yerda taxlanadi va guruhli, yahni turli tipdagi elementlar bir yerda taxlanib, ularni montaji kranning bitta turar joyidan amalga oshiriladi.
    • Qurilish maydoni yo’llari

    • Qurilish avtoyo’llari, qurilish maydonini umumiy avtomobilg’ yo’llarini tarmog’i bilan bog’lovchi shoxobcha yo’llar va qurilish maydoni ichra yuk tashiladigan qurilish maydon ichidagi yo’llardan iborat. Odatda, shoxobcha yo’llar doimiy, qurilish maydon ichidagi yo’llar vaqtinchalik quriladi. Bu yo’llar asosiy obhekt qurilishi boshlangunga qadar quriladi.
      Qurilish maydonida yo’llar berk va halqasimon bo’lishi mumkin. Berk yo’llarni oxirida aylanish maydonchalari, o’rta qismida kerakli holatda razhezdlar bo’lishi kerak. Avtomobilni normativ gabaritlaridan kelib chiqqan holda (kengligi 2.5 va balandligi
      3.8 m bo’lgan to’g’ri to’rtburchak) bir tomonlama harakatda avtomobil yo’lini kengligi 3.5 m dan, ikki tomonlama harakatda 6 m dan kam bo’lmasligi kerak. Agar yo’l bir tomonlamali qilib loyihalangan bo’lsa, yuklarni tushirish joylarda kengaytirilgan joylar bo’lishi nazarda tutilgan bo’lishi kerak va yo’lning umumiy kengligi 6 m dan kam bo’lmasligi kerak. (3.2-rasm).
      Yuk ko’taruvchanligi 25...30 t va undan ortiq bo’lgan og’ir mashinalar qo’llanilganda, yo’lning transport yuradigan qismining kengligi 8 m gacha kengaytiriladi. Agar qurilish maydoniga yirik gabaritli va uzun o’lchovli yuklar yetkaziladigan bo’lsa yo’llar kengligi qo’shimcha oshirilishi mumkin.

Temirbeton yo’l plitalari sifatida plandagi ko’rinishi to’g’riburchakli yoki ponasimon plitalar qo’llaniladi
Maydon ichidagi avtomobil yo’llari:
1 – halqasimon yo’l; 2 – berk yo’l;3 – razhezd; 4 – burilish; 5 – halqasimon yo’lni kengaytirilgan qayriladigan qismi
Temirbeton plitalardan vaqtinchalik yo’llar:
a – izli, to’g’riburchakli plitalardan bir tomonlama; b – shuning o’zi ikkitomonlama; v – transport razhezdida yo’lni kengaytirilishi; g – ponasimon
shakldagi plitalardan; 1 – bir izli uchastok; 2 – ikki izli uchastok.

Download 375.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling