2-mavzu. Qurilish bosh planini loyihalash amaliyot rejasi


Download 375.46 Kb.
bet1/5
Sana26.10.2023
Hajmi375.46 Kb.
#1722871
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu


2-MAVZU. QURILISH BOSH PLANINI LOYIHALASH
Amaliyot rejasi:
  • Qurilishning qurilish bosh planlari.
  • Qurilish maydoni yo’llari.
  • Qurilish yuklarini ortish va tushirish.
  • Material elementlarini joylashtirish.

Qurilishning qurilish bosh planlari
Qurilish bosh planini tuzilishi uchun quriladigan bino, inshoot yki kompleksning bosh plani asos bo’ladi. Qurilish bosh planlari asosan ikki xil bo’ladi: butun qurilish maydonining territoriyasini qamrab oluvchi (mikrorayon, kompleks, qurilaytgan korxona) umummaydon bosh qurilish plani va alohida bino yki kompleksga tegishli bir obhektni barpo etish territoriyasini o’z ichiga olgan alohida obhektning qurilish bosh plani
Umummaydon bosh qurilish plani QTEL tarkibiga kirib, loyiha tashkiloti tomonidan bosh pudratchi uchun ishlab chiqiladi va unda kompleksga kiruvchi obhektlarni qurilish plani va qurilish maydonida vaqtinchalik bino va inshootlarning, doimiy va vaqtinchalik kommunikatsiyalarini joylashtirilishi ko’rsatiladi. Umummaydon qurilish plani qurilishni tayyrlov va asosiy davrlari uchun yki variant sifatida tayyrlov davri obhektlarini ajratib olgan holda qurilishni asosiy davri uchun loyihalanishi mumkin.
Ob’ektning qurilish bosh plani IBLning tarkibiy qismi bo’lib, yuqori darajada aniqlashtirilib, qurilish tashkiloti tomonidan yki uning buyurtmasi asosida institutlar tomonidan ishlab chiqiladi. Alohida obhektning qurilish bosh planida umummaydon bosh qurilish planida qabul qilingan qarorlarga aniqliklar kiritiladi. Alohida obhektning qurilish bosh plani qurilishni bir necha bosqichlari uchun yaratilishi mumkin: tayyrlov davri, ―nol tsikli ― ishlari, montaj tsikli, pardozlash va tomypma ishlari.
Qurilish bosh planining vazifasi – qurilish maydonini tashkil etishning eng samarali modelini yaratish va amalga oshirish bo’lib, u ishlaytganlarning yuqori mehnat unumdorligiga erishishini tahminlovchi sharoit yaratilishini, qurilish-montaj jaraynlarini eng qulay variantda mexanizatsiyalashtirilishini, qurilish-montaj mashinalaridan va transport vositalaridan samarali foydalanishni, mehnatni muhofaza qilish talablariga amal qilinishini ehtiborga oladi.
Qurilish bosh planida barpo etilaytgan binoning va ushbu maydondagi barcha mavjud va loyihalanaytgan inshootlarning masshtabdagi konturi chizilgan bo’lishi kerak. Mavjud va loyihanalaytgan tarmoq va kommunikatsiyalar, shuningdek, bor bo’lgan temir va avto yo’llar ham aks ettirilishi kerak.
Bino karkasini barpo etish uchun ishlab chiqilgan texnologiyaga bog’liq holda, qurilish bosh planida konstruktsiyalar ombori, kerak bo’lgan holda yiriklashtirib yig’ish maydoni ham joylashtiriladi. Material va konstruktsiyalarni omborga tashib kelish uchun mavjud yo’llardan foydalaniladi, zarur bo’lgan holatda qoplamasi IBLda keltirilgan vaqtinchalik yo’llar loyihalanadi. Qurilish bosh planida o’ziyurar mexanizm va kranlarning to’xtash joylari va harakat yo’llari, minorali kranlar va ularning kranosti yo’llari ko’rsatilishi kerak. Shuningdek, konstruktsiyalar montajidagi xavfli zonalar va to’siqlar yki xavfli zonani ko’rsatuvchi belgi-ko’rsatkichlarni joylashtirilishi aks ettirilishi kerak.

Download 375.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling