Mavzu: Trassaning bo’ylama planini tuzish Ishning maqsadi
Download 321.54 Kb.
|
1 2
Bog'liqTrassaning bo’ylama planini tuzish
Mavzu: Trassaning bo’ylama planini tuzish Ishning maqsadi : Avtomobil yo‘li trassa planini chizish o‘rganish va variantlar asosida loyihalash. Ishni bajarish tartibi: Avtomobil yo‘llari quyidagi asosiy elementlardan tashkil topadi: Avtomobil yo‘lining tarxi (rejasi); Avtomobil yo‘lining bo‘ylama kesimi; Avtomobil yo‘lining ko‘ndalang kesimi. Yo‘l o‘qining joyida geometrik joylashishiga yo‘lning trassasi deyiladi.Yo‘l trassasining gorizontal tekislikka kichiklashtirilgan masshtabdagi proeksiyasining grafik ko‘rinishiga trassa rejasi deyiladi. Avtomobil yo‘llari yo‘lovchilar va yuklarni tashishga arzon, qulay va avtomobillarni yuqori tezlikdagi harakatini ta'minlagan holda, eng qisqa yo‘nalish bo‘yicha loyihalanishi kerak.Bu talablarni hisobga oladigan bo‘lsak, yo‘l o‘q chizig‘i to‘g‘ri chiziqdan iborat. Lekin joyda buning iloji bo‘lmay qoladi. Agarda yo‘lni to‘g‘ri hiziq bo‘ylab o‘tkazadigan bo‘lsak, quriladigan yo‘l juda qimmatga tushadi. Bunday holatda yo‘l o‘qini siniq chiziqlar orqali o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Loyihaning asosiy chizmalarini taxt qilishda qo‘yidagi talablarga rioya qilinadi. Trassaning (yo‘l o‘q chizig‘ining) 1:10000 masshtabdagi plani piketaj ma‘lumotlari bo‘yicha, 1:10000…1:25000 masshtabdagi mavjud aerofotosuratlarni va topografik xaritalarni hisobga olgan holda chizilib, unga trassaning hamma variantlari, kilometraj, yo‘l-qurilish materiallarining konlari, qurilishining rejalashtirilayotgan bazalari yozib qo‘yiladi. Tafsilot qidiruv ma‘lumotlari bo‘yicha aniqlashtiriladi. Tog‘li joylardagi yo‘llar uchun trassa planining masshtabi kattalashtirilishi mumkin.Topografik kartaga berilgan A va B nuqtalar orasiga trassa o‘tkazishni bajarish.Yo`lning joydagi geometrik chizig`ining xolati uning trassasi deb ataladi. Trassa to`siqlarni aylanib o`tishda, tepaliklarga ko`tarilishlarda va pastlikliklarga tushishida planda va bo`ylama profilda o`z yo`nalishini o`zgartirgani sababli u fazoviy chiziq xisoblanadi . Trassaning gorizontal tekislikka proyeksiyasining kichraytirilgan masshtabdagi grafik tasviri trassa plani deb ataladi. 1-rasm.Topografik xaritada yo‘l rejasini o‘tkazilishi. Yo`lning joydagi vaziyatini belgilaganda uning yo`nalishi dastavval siniq chiziq tarzida o`tkaziladi. 1930 yillargacha trassaning birdan-bir shakli siniq chiziq edi, uning kesishish burchaklarida harakat qulay va xavfsiz bo`lishligi uchun ichki aylana yoylari chizilardi. Elementlari (aylanma egri va to`g`ri chiziqlar) keskin o`zgaradigan va ancha uzun bo`lgan bunday trassa tepalik sharoitlarda ravon shaklli bo`lmaydi, «notekis» tuyuladi, bu esa yo`l poyini ko`tarishda ish xajmlarining ortishiga olib keladi. Shuning uchun zamonaviy avtomobil yo`llari, ayniqsa yuqori toifali yo`llar trassasi to`g`ri chiziqli qismlari qo`shilmalari minimal uzunlikda bo`ladigan qilib loyihalanadi, bu qo`shilmalar aylana yoylarining radiodal spirallar - klotoidalar bilan birikmasi yoki egriligi uzluksiz o`zgaradigan kub polinomlar (splaynlar) bilan approksimatsiyalanadigan egri chiziqlardan iborat bo`ladi. Keyingi holda to`g`ri chiziqlardan iborat siniq uchastkalar tayanch asos xisoblanib, undan yo`lni rejalashda egri chiziqli trassaning ordinatalari o`lchab olinadi. Bu ordinatalar EXM da xisoblab topiladi. rasm. Yo`l o`qi fazoviy egri chiziq ekanligi:a – yo`l poyining aksonometriyada ko`rinishi; b – yo`l plani; v – bo`ylama profil. Burilish burchagi elementlari: - burchak; V - burchak cho`qqisi; A - aylana egri chiziqning boshlanish nuqtasi /EB/; S - egri chiziq oxirining nuqtasi /EO/; B - bissektrisa; R - radius; E - egri chiziq; T - tangens. Eng oddiy holda yo`lni to`g`ri chiziqlar va aylana yoylari bilan o`tkazishda trassa yo`nalishining xar aysi o`zgarishi burilish burchagi bilan belgilanadi, bu burchak trassa yo`nalishining davomi bilan uning yangi yo`nalishi orasida o`lchanadi. Burilish burchaklari yo`l bo`ylab - trassa yo`nalishi bo`ylab ketma-ket nomerlab chiqiladi. Loyihalangan trassani joyda aniq belgilab chiqish mumkin bo`lsin uchun trassani dunyo tomonlariga nisbatan mo`ljallanadi. Buning uchun trassa to`g`ri chiziqli uchastkalarining rumblari xisoblab chiqiladi Egrilarning quyidagi geometrik elementlari bor - burchak, R - radius, K- egri chiziq, T - tangens, B - bissektrisa. Egri chiziq elementlari o`zaro oddiy trigonometrik munosabatlar bilan bog`langan bo`lib, ularni quyidagi ifodalardan olish mumkin: T Rtg α ; Б Rsec α 1; K πR 2 2 180 (1) Egri chiziqlarning uzunligini aniqlash va ularni joylarda rejalash qulay bo`lishi uchun maxsus jadvallardan foydalaniladi. Download 321.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling