13-amaliy. Yuzani nivelirlash planini tuzish joy planini tuzish


Download 315.1 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi315.1 Kb.
#1407931
Bog'liq
13- amaliy mashg\'ulot


13-amaliy. Yuzani nivelirlash planini tuzish


JOY PLANINI TUZISh
Joyning topografik plani A3 formatning chizma qog‘ozida masshtabi 1:500 va 0,25 m relef kesimi balandligida tuziladi.
Chizma qog‘ozida tomonlari 4x4 sm koordinatlar to‘ri chiziladi va kvadrat uchlarining yonida ular balandligi nivelirlash sxema–jurnalidan olinib 0,01 m gacha yaxlitlab yoziladi.
Berilgan relef kesimi balandligida gorizontallar interpolyatsiyalash usuli yordamida o‘tkaziladi. Gorizontallarni interpolyatsiyalashi deb relef kesimi balandligiga karrali bo‘lgan nuqtalar balandligini plandagi o‘rnini topishiga aytiladi.
Misol, relef kesimi balandligi 0,25m bo‘lganda gorizontallar quyidagi balandliklarga ega bo‘ladilar: 33,00; 33,25; 33,50; 33,75; 34,00m va h.k.
Gorizontallar bir turkumli nishablarda joylashgan nuqtalar orasida interpolyatsiyalanadilar. Interpolyatsiyalashni analitik yoki grafik usullarda amalga oshirish mumkin.
Analitik usulni mohiyati shundan iboratki, planda s uzunlikka ega AV kesimni NA va NV uchlarining balandliklari bo‘yicha (13.1-rasm) balandligi NS va ND nuqtalar aniqlanadi.

13.1-rasm.
(13.1-rasm, b)ga ko‘ra uchburchaklarning o‘xshashligi teoremasidan foydalanib quyidagini yozishimiz mumkin:
.
Keltirilgan ifodadan s1 ni hisoblab, s2 ni s1 bilan birgalikda hisoblash mumkin, ya’ni
.
Misol: AV uzunligi s = 20m kvadratning yuqori tomoni uchun
= = .
Hosil qilingan s1 va s1 + s2 masofalar V nuqtadan A nuqta tomoniga qarab planning masshtabida qo‘yiladi.
Aynan shu tarzda kvadratning qolgan tomonlari bo‘yicha interpolyatsiyalash jarayoni bajariladi, keyin esa bir xil balandlikka ega nuqtalar orqali gorizontallar o‘tkaziladi.
Grafik usul orqali interpolyatsiyalashida millimetrli qog‘oz yoki parallel chiziqli paletkalar qo‘laniladi.
Millimetrli qog‘oz yordamida interpolyatsiyalash quyidagicha amalga oshiriladi interpolyatsiyalanadigan chiziqqa mos o‘lchamda millimetrli qog‘oz parchasi qo‘yiladi, shunda to‘g‘ri kesilgan millimetrli qog‘ozning chekkasi kataklar to‘ri chiziqlardan birisiga mos tushishi kerak. Taxminiy balandlik masshtab va shartli gorizontni tanlab (bir santimetrga 0,25 m va to‘rning pastki chizig‘ining balandligi m qabul qilingan), kesma uchlarining balandliklari 34,25 va 34,88 ni chiziqqa perpendikulyar qilib qo‘yib natijada A va V nuqtalar hosil qilinadi. So‘ng, ushbu nuqtalar to‘g‘ri chiziq bilan tutashtirib AV chiziqning profilini hosil qilamiz. Shunda profil chizig‘ining balandliklari 34,50 va 34,75 gorizontal chiziqlari bilan kesishgan nuqtalarni kvadratning tomoniga ortogonal qilib proeksiyalanishi kerak. S va D nuqtalarning proeksiyasidan balandligi 34,50 va 34,75 gorizontallar o‘tadi.
Paletka shaffof qog‘ozga(kalka)da qator har bir 0,5 yoki 1 sm dan o‘tkazilgan parallel chiziqlar tushirilgan moslama hisoblanadi(13.2-rasm).

13.2-rasm.
Paletka planga shunday joylashtiriladiki, A nuqta o‘rni bo‘yicha o‘z balandligiga mos bo‘lsin, va shu holatda paletka plandagi A nuqtani o‘lchagichning ignasi orqali biriktiriladi. Keyingi V nuqta paletkada o‘z balandligiga kelguncha A nuqtaning atrofida paletka aylantiriladi. Planda AV chiziqning paletkadagi chiziqlar bilan kesishgan nuqtalarini teshiklab, gorizontal balandliklariga mos nuqtalar hosil qilinadi. Shu tarzda barcha kvadratlar tomonlari bo‘yicha interpolyatsiyalanib gorizontallar o‘tadigan nuqtalar hosil qilinadi. Shu jarayon kvadratlarning diagonallari bo‘yicha ham bajariladi. Shu tarzda hosil qilingan bir xil balandliklarga ega nuqtalar qalam orqali ravon chiziq bilan tutashtiriladi.
3.3. Plan tushda rasmiylashtiriladi. Kvadratlar uchlari kora doirachalar bilan belgilandi va o‘ng tomondan ular balandligi kora tushda yoziladi. Gorizontallar va bergshtrixlar ingichka jigarrang rangda ko‘rsatildi. Har bir metrga mos gorizontallar yo‘g‘onlashadi va ular balandligi shunday yoziladiki raqamning yuqori qismi ko‘tarilish tomoniga qaratilgan bo‘lsin.
13.1-ilova
Joy plani



13.2-ilova
















Download 315.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling