Axborotning salbiy va ijobiy ta’siri. Axborotning ijobiy tomoni shundan iboratki, о‘z vaqtida olingan tо‘g‘ri va sifatli axborot turli sohalarda aniq qaror qabul qilish imkonini beradi.
Tо‘g‘ri sifatli axborot insonlar, ayniqsa yoshlarning dunyoqarashini boyitishi, bilim olishi, zamonaviy bilimlar egasi bо‘lishi imkonini beradi, zero Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek farzandlari sog‘lom yurt qudratli bо‘lur.
Axborotning salbiy tomoni shundan iboratki, hozirgi kunda ayrim g‘arb davlatlaridan kirib kelayotgan bizning milliy qadriyatlarimizga yot bо‘lgan axborotlar va qarashlar hamda insonlar ongini zaxarlovchi ma’lumotlar ham mavjud. Ayniqsa bunday ma’lumotlar Internet tarmog‘i orqali keng tarqalmoqda. Internet va SMS xabarlar orqali tarqalayotgan jamiyatimizga, qadriyatlarimiz va an’analarimizga, davlatchiligimizga zid bо‘lgan nojо‘ya axborotlar yoshlarning ongini zaxarlashi va ularni notо‘g‘ri yо‘llarga boshlashi mumkin. Bunday holatlarning oldini olish bizning vazifamizdir. Har doim axborotdan о‘rinli va tо‘g‘ri foydalanish zarur.
Nazorat savollari
Axborot tushunchasi.
Axborotning turlari.
Axborot xossalari.
Axborot о‘lchov birliklari.
Axborotning jamiyatda va kundalik hayotimizda tutgan о‘rni.
Axborot resurslari va axborot tizimlari.
Axborotning salbiy va ijobiy ta’siri.
Fayl tushunchasi va uning turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |