2-mavzu: Respublikaning sanoat majmui Reja


Download 63.4 Kb.
bet3/6
Sana23.04.2023
Hajmi63.4 Kb.
#1386075
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 мавзу.

2- savol bayoni:
Sanoat majmuasiga doir mahsulotlar majmuiga bu soha tarmoqlari quyidagicha hissa qo’shmoqda:
1. Yoqilg’i sanoati va energetika -18,3%;
2. Metallurgiya – 13,9%;
3. Engil sanoat – 18,6%;
4. Ximiya sanoat – 5,2%;
5. Mashinasozlik – 15,8%;
6. Oziq-ovqat – 10,8%;
7. Qurilish materiallari – 6,5%;
8. Yog’ochni qayta ishlash – 2%.
Sanoat xalq xo’jaligining yirik sohasi bo’lib, unda 1 mln.dan ortiq ishchi va xizmatchilar xizmat qiladi. Bu, ish bilan band aholining sakkizdan biri qismini tashkil etadi. Sanoatda 100 dan ortiq tarmoq bo’lib, ulardan 6 tasi bazaviy hisoblanadi. Asosiy fondlarning 40 %i sanoat hissasiga to’g’ri keladi, yalpi ichki mahsulotning 16 %dan ortiqrog’i sanoatda yaratiladi. O’zbekiston sanoatida elektr energiyasi, gaz, neft, ko’mir, benzin, po’lat, avtomobillar, traktorlar, paxta terish mashinalari, elektodvigatellar, transformatorlar, akkmulyatorlar, kabellar, ekskavator, ko’prikli ko’targichlar, yigiruv mashinalari, samolyotlar, oltingugurt kislotasi, mineral o’g’itlar, sun’iy tolalar, tsement, turli qurilish materiallari, gazlamalar, paxta moyi, un, guruch, kiyim – kechak, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar ishlab chiqariladi. Respublika sanoatida tarmoqlarning tutgan o’rni har xil. Sanoat tarmoqlari orasida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va agrosanoat majmuiga xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar tarixan etakchi mavqega ega. Bular paxta tozalash, shoyi to’kish, konserva, yog’-moy va boshqa sanoat tarmoqlaridir. Shuningdek, kimyo va neft kimyosi, mashinasozlik, elektronika, energetika, metallurgiya, engil va qurilish materiallari sanoati jadal sur’atlarida rivojlanmoqda.
Sanoat taraqqiyotida yoqilg’i-energetika majmuasining o’rni alohida. Uning tarkibiga gaz, neft va neftni qayta ishlash, ko’mir va energetika tarmoqlari kiradi. O’zbekiston jahondagi o’nta yirik gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar jumlasiga kiradi. Respublikada qudratli gidroelektr statsiyalari va issiqlik elektr statsiyalari mavjud.
O’zbekistonda energetika tarmog’ini modernizatsiya qilish, energiya quvvatlarini ko’paytirish va iste’molchilarni energiya manbalari bilan uzluksiz ta’minlash borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, 2018 yilda aholi va mamlakat iqtisodiyotining elektr energiyaga nisbatan ortib borayotgan ehtiyojini qondirish, energiya hosil qiluvchi quvvatlarni ko’paytirish hisobiga energiya bilan barqaror ta’minlash, energetika sektorini diversifikatsiya qilish, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish va ushbu yo’nalishlarga ilg’or innovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadida Atom energetikasini rivojlantirish («O’zatom») agentligi tashkil etildi

Download 63.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling