2-mavzu: Respublikaning sanoat majmui Reja


Download 63.4 Kb.
bet1/6
Sana23.04.2023
Hajmi63.4 Kb.
#1386075
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 мавзу.


2-mavzu: Respublikaning sanoat majmui


Reja:
1. Respublika sanoat majmuasining iqtisodiyotda tutgan o’rni.
2. Sanoat majmuasi tarmoqlari.
3. Sirdaryo viloyati sanoat korxonalarining rivojlanganlik holati tahlili
Tayanch so’z va iboralar: sanoat ishlab chiqarishi, ijtimoiy mehnat taqsimoti, xalq xo’jaligi tuzilishii, sanoat ishlab chiqarishi, iqtisodiy samaradorlik, yalpi mahsulot, tovar mahsulot, foyda, ishlab chiqarish rentabelligi.
1-savol bayoni: Tarmoqlar ichida asosiy bo’g’in bo’lib sanoat ishlab chiqarish majmui hisoblanadi. Sanoat majmuining muhim xususiyati shundaki, uning barcha tarmoqlarida mehnat vositalari va iste’mol tovarlari yaratiladi, ilmiy-texnika taraqqiyoti hamda milliy daromadning katta qismi ishlab chiqariladi va yaratiladi.1 Ayni paytda O’zbekistondagi mehnatga yaroqli aholining asosiy qismi ham sanoat ishlab chiqarishida band. Sanoat ishlab chiqarishi jamiyatning ob’ektiv iqtisodiy qonunlari hamda respublikamizda so’nggi yillarda qabul qilingan qonun va qarorlar asosida rivojlanmoqda. O’zbekiston sanoati ayni vaqtda o’z tarmoqlari va boshqa ijtimoiy tarmoqlar uchun moddiy-texnik vositalar hamda xalq ehtiyojiga kerak bo’ladigan mahsulotlarni ham uzluksiz tayyorlab bermoqda. Shu boisdan ham sanoat ishlab chiqarishi darajasi va samaradorligining o’sishni ta’minlash lozim. Chunki sanoat ishlab chiqarish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, respublikamizning iqtisodiy poydevori shuncha mustahkam aholining turmush sharoiti ham yaxshi bo’ladi.
Shuni ham aytish lozimki, sanoat majmui har qanday tarmog’ining ich tuzilmasidagi o’zgarishlar amalda boshqa tarmoqlar-qishloq xo’jaligi, agrosanoat majmuining boshqa sohalari, qazib oluvchi tarmoqlar bilan o’zviy bog’liqdir.
Endilikda sanoatning ahamiyatli tobora oshib bormoqda. Iste’mol bozoridagi tanqislik tufayli sanoat tarmoqlari ilgarigiga nisbatan keng ko’lamda xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishga yo’naltirilmoqda hamda xususiylashtirilmoqda. Iste’mol mollarini ko’plab ishlab chiqarish, Ayniqsa, chetga xom ashyo emas, balki tayyor mahsulot chiqarish hamda qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish nafaqat sanoat ishlab chiqarishining ahamiyatlini oshiradi, balki jahon bozorida O’zbekiston iqtisodiyotiga bo’lgan ishonchni ham mustahkamlaydi.
Energetika, neft-gaz, geologiya, transport, yo’l qurilishi, qishloq va suv xo’jaligi, ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti hamda boshqa qator tarmoqlarda chuqur tarkibiy islohotlar boshlandi. Sanoatning 12 ta etakchi tarmog’ida modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish dasturlari jadal amalga oshirilmoqda. Natijada o’tgan yili iqtisodiy o’sish 5,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, eksport – 28 foizga ko’paydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 2019 yil davomida 2,2 milliard dollarga ortib, 28,6 milliard dollarga etdi.2

Download 63.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling