2-mavzu: Respublikaning sanoat majmui Reja
Download 63.4 Kb.
|
2 мавзу.
- Bu sahifa navigatsiya:
- «O’ztransgaz» «O’zbekneftgaz»
- 2019 yilda esa «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to’g’risida »
- 2021–2030 yillarda 0,4-110 kV
- 2017–2021 yillarda
- 150 megavattga
- 1,7 ming MVt
2019 yilda Energetika vazirligiga asos solindi. Uning asosiy vazifasi etib elektr va issiqlik energiyasi, ko’mir ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek neft, gazni qazib olish, ularni qayta ishlash, tashish, tarqatish, sotish va ulardan foydalanish jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshirish belgilandi.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish, tashish, taqsimlash va sotishni tashkil etishning zamonaviy usullariga o’tish maqsadida «O’zbekenergo» AJ negizida uchta: «Issiqlik elektr stantsiyalari», «O’zbekiston milliy elektr tarmoqlari» va «Hududiy elektr tarmoqlari» aktsiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. E’tirof etish kerakki, «O’ztransgaz» «O’zbekneftgaz» tarkibidan chiqarildi, undan ko’zlangan asosiy maqsad – iqtisodiyot va aholining energiya resurslariga bo’lgan ehtiyojini to’liq qondirish, neft-gaz tarmog’i korxonalarini moliyaviy sog’lomlashtirishni ta’minlash, qabul qilingan xalqaro amaliyot asosida sog’lom raqobatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, zamonaviy raqamli texnologiyalar va ilg’or boshqaruv usullarini joriy etishdan iborat. Energetika vazirligi tashkil etilganidan so’ng sohada tub o’zgarishlar ro’y berdi. Xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari negizida ishlab chiqarishni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, 2019 yilda esa «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to’g’risida »gi Qonunning qabul qilingani bunga yaqqol misol bo’la oladi 2017 yildan buyon past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari modernizatsiyasi o’tgan 25 yilga nisbatan qariyb 2,7 baravarga oshgan, so’nggi 3 yil ichida transformator punktlari umumiy sonining 60 foizi yoki 9 ming 575 donasi yangilandi. Shuningdek, 2021–2030 yillarda 0,4-110 kV kuchlanishli tarmoqlarni rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish bo’yicha ishlab chiqilgan rejada nazarda tutilgan infratuzilmani yangilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Metallurgiya majmuasi tarkibiga ma’dan xom ashyosini, qora va rangli metallarni qazib chiqaruvchi korxonalar kiradi. Oltin, kumish, mis, qo’rg’oshin, rux, volfram, molibden, litiy, uran, alyuminiy xom ashyosi, va boshqa bir qator qazilma boyliklarning aniqlangan zaxiralari ko’p. O’zbekistonda oltinning 30 ta koni topilgan. Qazib olinadigan oltinning umumiy miqdori bo’yicha O’zbekiston MDX mamlakatlari orasida ikkinchi, kumish, mis, qo’rg’oshin, rux va volfram bo’yicha uchinchi o’rinni egallaydi. O’zbekiston jahon hamjamiyatida oltin ishlab chiqarish miqdori bo’yicha sakkizinchi, uni aholi jon boshiga ishlab chiqarish bo’yicha esa beshinchi o’rinda. Kimyo va mashinasozlik majmuilari sanoatning muhim sohalaridir. Yangi iqtisodiy sharoitda bu tarmoqlarda chuqur tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ular mamlakatning iqtisodiy mustaqqilligini mustahkamlashga yo’naltirilgan. Jami iste’mol mollarining uchdan bir qismi engil sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Bu erda an’anaviy etakchi soha to’qimachilikdir. Yoqilg’i sanoati. Respublikada yoqilg’i energetika sanoati er qa’rida topilgan va qazib olinayotgan ko’mir, neft, tabiiy gaz konlari negizida shakllandi va rivojlanib bormoqda. Respublikada 160 ga yakin neft-gaz koni ochilgan, ularning 115 tasi Buxoro-Xiva geologik provintsiyasida, 27 tasi Farg’ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Konlarning gaz, gaz-kondensatli tulari mavjud. Xozir 71 neft, gaz va gaz-kondisat konlari, 2 ko’mir konidan foydalanilmoqda. 50 dan ortiq neft, gaz va gaz-kondensat koni esa kelajakda ishga tushirish uchun tayyorlab qo’yilgan. Gaz sanoati- yoqilg’i energetika majmuasining eng rivojlangan tarmog’i. Uning respublikada qazib olinayotgan yoqilg’i balansidagi hissasi 87,2% ni tashkil etadi. Neft bilan yo’ldosh tarzda uchraydigan tabiiy gazni qazib olish ikkinchi jahon urushidan oldingi yillardan boshlangan. Neft gazidan sanoat maqsadlarida foydalanish uchun 15 km uzunlikdagi birinchi gazoprovod «Andijonsanoat» - Andijon shaxri o’rtasida qurilgan. Gazni alohida sanoat usulida chiqarib olish o’tgan asrning 50-60 – yillarida boshlandi. Gaz qazib olish sanoati joylashgan asosiy tumanlar – Buxoro va Kashqadaryo, shuningdek, Farg’ona, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasidir. Respublikada gaz sanoatining rivojlanishi qishloq xo’jaligi va boshqa sanoat tarmoqlarining o’sishni ta’minlamoqda. Shaxar, shaxarcha ayniksa qishloqlarni gazlashtrish avj oldi. O’zbekistonda tabiiy gaz bilan 7,8 mln xonadon (jami xonadonlarning 78%), shu jumladan, axa rva shaxarchalarda 3,85 mln, qishloq joylarida 2,98 mln. dan ortiq xonadon ta’minlangan (2000 y). Ishonchli va barqaror elektr energiyasi ta’minotini ta’minlash maqsadida elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko’paytirish ishlari olib borilmoqda. Xususan, 2017–2021 yillarda ishlab chiqarish quvvatini oshirish maqsadida Navoiy, Talimarjon, Toshkent IESlarida yangi bug’-gaz qurilmalari, 2019 yilda 900 megavatt quvvatga ega yangi To’raqo’rg’on IES ishga tushirildi. Shuningdek, Sirdaryo IESni modernizatsiya qilish jarayoni davom ettirilmoqda, bunda stantsiya quvvati 150 megavattga va Farhod gidroelektr stantsiyasi quvvati 13 megavattga oshirilishi ko’zda tutilgan. Ushbu tizimli ishlar muntazam ravishda davom ettirilib, buning natijasi mamlakat energetika tizimining quvvati 2025 yilga qadar 25 ming 600 megavattgacha va 2030 yilga qadar 29 ming 200 megavattgacha oshirilishi, xususan, IES, (gaz) – 13,4 ming MVt (45%); IES, (ko’mir) – 1,7 ming MVt (5,9%); GES – 3,8 ming MVt (13,1%); ShES – 3 ming MVt (10,4%); FES – 5 ming MVt (17,3%) AES–2,4 ming MVt (8,3%)ga etkazish maqsad qilingan O’zbekiston kimyo sanoatida 750 dan ortiq nomda mahsulot ishlab chiqariladi. Mamlakat sanoat mahsulotlari umumiy hajmida kimyo sanoati korxonalari mahsulotlari hissasi 4,6% ni tashkil etadi. Respublika kimyo sanoatida tabiiy gaz, neft, ko’mir, oltingugurt, turli minerallar, oxaktosh, grafit, shuningdek, rangli metallurgiya, paxta va kanopni qayta ishlash chiqindilaridan xom ashyo tarzida foydalaniladi. O’zbekiston kimyo sanoatida ishlatiladigan xom ashyoning asosiy qismi (70%ga yaqini yoki 650 dan ortiq turdagi mahsulot) Hamda ehtiyot qismlar va asbob uskunalar chetdan olib kelinadi (Rossiyadan toluol, yog’och tsellyulozasi, kaustik soda, Kozog’istondan fosfaritlar va boshqalar). Ayni paytda kimyo sanoati mahsulotlari (mineral o’g’itlar, kaprolaktam, kimyoviy tolalar hamda iplar, sintetik ammiak, lak-bo’yoqlar va boshqalar) eksport qilinadi. Mashinasozlik sanoati. O’zbekistonda mashinasozlik sanoatining dastlabki korxonalari XX-asr boshlarida vujudga keldi. Dastlabki paytlarda O’zbekistonda metalga ishlov berish sanoati asosan 14 ta kichik ta’mirlash ustaxonalaridan iborat edi. Ularda temir yo’l, paxta tozolash va yog’ zavodlarining ta’mirlash ishlari bajarilardi. Avtomobilsozlik. O’zbekistonda mashinasozlik sanoatining muhim tarmog’i hisoblangan avtomobilsozlik – avtomobillar, (Asaka avtomobil zavodi) dvigatellari, (Toshkent motor zavodi) avtomobillarga ehtiyot qismlar, turli jihozlar va boshqa asboblar ishlab chiqarish respublika mustaqillikka erishganidan keyin shakllana boshladi. O’zbekistondagi bir necha avtomobil tuzatish zavodlari engil mashinalarga xizmat ko’rsatadigan «O’zavtotexxizmat», «O’zavtoVAZxizmat» ishlab chiqarish birlashmalari korxonalar, tashkilotlar va avtomobillarga texnika ko’rsatib kelgan. Asakada engil avtomobillar, Samarkandda yo’lovchi va yuk avtomobillari chiqarilmoqda. Avtomobil sanoatini barpo etishda, asosan, respublikadagi kontsernlar, korporatsiyalar, MDX korxona va tashkilotlari, chet el firmalari sarmoyalarini jalb etish orqali aktsiyadorlik jamiyatlari tashkil etish yo’li tanlangan. Korxonalarda avtomobil dvigatellari (motorsozlik), podshipniklar ishlab chiqarish ham yo’lga qo’yilmoqda. Download 63.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling