2-mavzu: Respublikaning sanoat majmui Reja


Download 63.4 Kb.
bet2/6
Sana23.04.2023
Hajmi63.4 Kb.
#1386075
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 мавзу.

2017–2021 yillarda olib borilgan islohotlar natijasida, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi ortib bordi, xususan 2017 yilda sanoat mahsuloti 148,8 trln. so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2021 yilda mazkur ko’rsatkich 3 baravar oshib, 451,6 trln. so’mga etdi.
Sanoatning YaIMdagi ulushi ham yildan- yilga oshib bormoqda, xususan mazkur ko’rsatkich 2016 yilda 19,5 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2017–2021 yillar davomida 8,3 foizga ko’payib, 2021 yil yakuniga ko’ra – 27,8 foizni tashkil etdi.
Sanoat tarmoqlarini rivojlantirish hisobiga 2030 yilgacha sanoat ishlab chiqarishning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 40 foizga etkazish, 2025 yilga borib esa, to’qimachilik mahsulotlari eksporti hajmini 7 mlrd. AQSh dollariga etkazish ham rejalashtirilgan.
Sanoat tarmog’ida ishlab chiqarish dasturlarining yaratilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir korxona ixtisoslashuviga ko’ra, ishlab chiqarish dasturida o’zining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini ifodalashi lozim. Ishlab chiqarish dasturlarini shakllantirishda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:

  • yalpi mahsulot.

  • tovar mahsulot.

  • realizatsiya qilingan mahsulot.

  • mahsulot tannarxi.

  • balans foyda.

  • sof foyda.

  • ishlab chiqarish rentabelligi.

  • mahsulot rentebelligi.

  • mehnat unumdorligi.

  • fond qaytimi.

  • fond sig’imi.

  • fond bilan qurollanganlik.

Sanoat korxonalari faoliyatini xarakterlovchi keyingi ko’rsatkich – bu, quvvatdir. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati korxonagi biriktirilgan mehnat vositalaridan uning ixtisoslashuviga muvofiq to’la-to’kis foydalanilgan holda ma’lum davr mobaynida ishlab chiqarish mumkin bo’lgan tom darajadagi mahsulot hajmidir.
Ishlab chiqarish quvvatlarini aniqlashda quvvat balansidan foydalaniladi. Bu balansda quyidagi elementlar mavjud bo’ladi:
Yil boshidagi quvvat.
Rejalashtirilgan davrda quvvatlarning o’zgarishi, ya’ni eski quvvatlarning chiqarib yuborilishi, rekonstruktsiya qilinishi, texnik tadbirlar o’tkazilishi va boshqalar.
Yalpi ishlab chiqarish quvvatlarining kiritilishi.
Yil oxiridagi quvvat.
O’rtacha yillik quvvat.
Ishlab chikarilgan mahsulot hajmi.
Quvvatlardan foydalanish koeffitsienti.

Download 63.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling