T. Xudayshukurov Biznes – etiket
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznes – etiket
T.Xudayshukurov Biznes – etiket Samarqand – 2009 2 T.Xudayshukurov. Biznes – etiket: Xizmat ko’rsatish sohalari bo’yicha oliy maktab talabalari uchun darslik. – Samarqand 2009 yil, 124 bet. Taqrizchilar: O’zbekiston Respublikasi tadbirkorlar palatasi Samarqand viloyat bo’limi boshlig’i, professor N.A.Ibragimov. SamISI “Xizmatlar ko’rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi katta o’qituvchisi I.X.Shukurov Darslikda biznesmet imidji tushunchasi, biznes yuzasidan munosabat qilishning universal vositalari, biznesmenlar kiyimi va kiyinishi, biznes korxonalarida o’zaro munosabat qilish, hamkorlar bilan suhbat o’tkazish, xizmat yuzasidan xatlar yozish va telefonda gaplashish, ovqatlanish va yo’l etiketi qoidalari ko’rib chiqilgan. Ushbu darslik materiallari oliy maktab talabalaridan tashqari xizmatlar ko’rsatish sohasi kollejlarining o’quvchi va o’qituvchilari hamda biznes korxonalari xodimlari uchun ham juda foydali bo’ladi. 3 So’z boshi Oxirgi yillarda respublikada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha qabul qilinayotgan rasmiy xujjatlar xalq xo’jaligining barcha sohalarida biznes faoliyatining barqaror va intensiv rivojlanishiga sababchi bo’lmoqda. Biznes faoliyati bilan shug’ullanadigan xotin–qizlar salmog’i ham yildan yilga oshib bormoqda. Biznes bilan shug’ullanadigan kishilar ham jamiyat a’zosi hisoblanadi. Shu sababli ham ular nafaqat ish davrida, ishidan keyin ham jamiyatda o’rnatilgan ahloq va odob qoidalariga qat’iy rioya qilishlari shart. Biznes shunday faoliyatki, biznesmen o’ziing faoliyati davrida har xil madaniyat darajasiga, fe’l–atvorga, diniy va dunyoqarashlarga ega bo’lgan nafaqat O’zbekiston fuqarolari, chet elliklar bilan ham munosabatga tushadi. Bunday vaziyatlarda biznesmen nafaqat o’zining u mansub bo’lgan o’zbek xalqining va respublikasining madaniyatini namoyon qilish hamda ijobiy natijalarga erishish uchun biznesmenlar faoliyatiga mansub xalqaro darajada va o’z jamiyatida qabul qilingan ahloq–odob, ya’ni etiket qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda harakat qilishlari kerak. Bundan tashqari biznesmen o’z hamkorlari, hamkasblari va fuqarolar o’rtasida o’z imijini (mavqyei yoki obro’y) oshirish yo’llarini yaxshi bilishlari va ulardan oqilona foydalanishlari lozim. Biznesmen faoliyatining poydevorini biznesmen madaniyati va bilimdonligidan tashqari, sabr–toqatlilik, xushmuomalalik, ya’ni shirinsuxanlik, ochiq chehra, ya’ni tabassum, o’z hamkorlari, hamkasblari va boshqa kishilarga nisbatan izzat–hurmat ko’rsatish hamda boshqalardan o’zini ustun quymaslik va ularni ba’zi bir xususiyatlariga (dini, tili, dunyoqarashi, jinsi va boshqalar) ko’ra kamsitmaslik tashkil qiladi. Biznesmen doimo hamkasblari, hamkorlari va uni bilgan xalq nazorati ostida bo’ladi. Shu boisdan ham biznesmenlar o’zlarining qiyofasiga, ya’ni yuvinib–taranishiga, kiyadigan kiyimining sifatiga, tozaligiga, doimo dazmollanganligiga e’tibor beribgina qolmasdan, yurish–turishda hamda suhbatlar o’tkazishda oyoq va qo’llarining holatiga, mimikasiga katta e’tibor berishlari lozim. Bundan tashqari biznesmen ham boshqa xodimlardek, aksariyat hollarda umumiy ovqatlanish korxonalarida nonushta qiladi, xizmat yuzasidan borgan joylarida mehmondo’stlik ziyofatlarida qatnashadi va kelgan hamkorlarini restoranda yoki uyida ziyofat qiladi. Shu sababli ham biznesmenlar ovqatlanish stoli atrofida o’zini tutish, taom iste’mol qilish va taom iste’mol instrumentlaridan 4 foydalanishga hamda mehmonlarga stol yoki uy egasi (bekasi) sifatida xizmat qilishga qo’yiladigan etik talablarni ham yaxshi bilishlari shart. Xalqaro biznesda ishtirok etuvchi biznesmenlar xizmat yuzasidan chet mamlakatlarga borganda chet ellik hamkorlar ularga O’zbekiston xalqining ilg’or vakillari deb qarashadi. Shuning uchun ham safaringiz davrida sizning hatti–harakatingizga, muomala qilishingizga va yurish– turishingizga qarab nafaqat siz, millatingiz va davlatingiz madaniyati to’g’risida xulosa chiqaradi. Xalqaro biznes vakillari ham yuqorida ko’rsatilgan etiket qoidalarini juda ham yaxshi bilishlari va ularga rioya qilishlari lozim. Bundan tashqari chet elliklar kelgan hamkorlardan o’z mamlakatlarining qonun–qoidalarini va xalqining urf–odatlarini hurmat qilishini kutadi. Demak, chet ellik va xalqaro biznesmenlar xalqaro etiket qoidalarini bilishlaridan tashqari boradigan mamlakat xalqalarining urf– odatlari va qonun–qoidalari to’g’risida ham ma’lumotlarga ega bo’lishlari shart. Ushbu darslik materiallari muallifning uzoq yillar davomida ishlab chiqarishda, pedagogik faoliyati davrida chet ellik mehmonlarni kutish va kuzatish hamda haqiqiy madaniyatli insonlar bilan uchrashuvida orttirgan tajribasi va adabiyotlardagi mavjud ma’lumotlar sintezi hisoblanadi. Darslik materiallari oliy maktablar talabalaridan tashqari xizmat sohalari kollejlarining o’quvchilari va o’qituvchilari hamda tadbirkor – biznesmenlar uchun ham foydali bo’ladi. 5 Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling