T. Xudayshukurov Biznes – etiket
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Biznes–etiket fanining o’quv rejalarining boshqa fanlari bilan bog’liqligi
Tayanch iboralar:
fan predmeti; fan maqsadi; fan vazifasi. Nazorat savollari: 1. Biznes–etiket fanining predmetini qaysi masalalar tashkil qiladi? 2. Biznes–etiket fanining asosiy maqsadi nimadan iborat? 3. O’quv fanining vazifasi nimadan kelib chiqadi va nimalardan iborat? 9 1.3. Biznes–etiket fanining o’quv rejalarining boshqa fanlari bilan bog’liqligi Yuqorida ko’rsatilgan bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bo’lajak mutaxassislarning ijtimoiy va siyosiy dunyo qarashlarini, ma’naviy qiyofasini hamda ta’lim yo’nalishi bo’yicha muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatish uchun nazariy bilimlarni va amaliy ko’nikmalarni shakllantirish maqsadida bir–birlari bilan o’zaro bog’liq bo’lgan 40 ga yaqin fanlar o’qitiladi. Ushbu fanlar ichida “Biznes–etiket” fanining ham o’ziga yarasha o’rni bo’lib, u fanning asosiy maqsadi va vazifalarida o’z aksini topgan. Tabiatda birorta narsa o’z–o’zidan sodir bo’lmaydi. Sodir bo’ladigan hodisalar bir–birlariga bog’liq bo’ladi. Fanlar ham o’zidan va boshqa fandan ajralib chiqishi yoki bir necha fanlarning tutashgan joylarida paydo bo’lishi mumkin. Shu sababdan ham biznes–etiket fanining o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqasi yo’q deb aytish katta xato bo’ladi. “Biznes–etiket” dinshunoslik, ruhshunoslik, jamiyatshunoslik, madaniyatshunoslik, falsafa fanlari bilan chambarchas bog’liq. Biznes–etiket fanining shakllanishida va rivojlanishida dinning ahamiyati juda ham katta bo’lgan. Uning ba’zi bir masalalari hozirgi zamon biznes qoidalariga aylangan. Masalan, Islom dinida va uning muqaddas kitobi bo’lgan Qur’oni Karimda biznesmenlar uchun ahloqiy qoidalar alohida ta’kidlab o’tilgan va ularga doimo amal qilishga undalgan. Biznesmenlarga tegishli asosiy qoidalardan eng muhimi tarozidan urmaslik, topgan foydaning bir qismini kambag’al kishilarga berish va boshqalar hisoblanadi. Bugungi kunda bu qoidalar biznesmenlar faoliyatining asaosini tashkil qiladi. Boshqa dinlar ham biznes qoidalarining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. Madaniyatshunoslik va biznes–etiket fanlarining o’rtasida ham uzviy bog’liqlik mavjud, chunki biznes-etiket fani predmetining poydevorini jamiyatda qabul qilingan etik qoidalari tashkil qiladi. Ruhshunoslik va biznes–etiket fanlari o’rtasida ham ma’lum bir bog’liqlar bor. Ruhshunoslik fanining “Mehnat psixologiyasi” bo’limida mehnat turiga xos xossalarning kasb egalariga ruhiy ta’siri o’rganiladi. Biznes–etiket fanida esa ular salbiy ta’sirining oldini olish uchun ma’lum bir axloq va odob qoidalariga biznesmenlarning rioya qilish masalalari ko’rib chiqiladi. Biznes–etiket fani falsafa fani bilan ham chambarchas bog’liq. Ikkala fan ham bir masala, ya’ni ahloq va odob masalalari bilan 10 shug’ullanadi. Agar falsafa fanida ahloq va odobning kelib chiqish tarixi va uning rivojlanish qonuniyatlari o’rganilsa, biznes–etiket fanida esa biznes faoliyatiga bog’liq uning amaliy tomonlari o’rganiladi. Shunday qilib, falsafa fani ahloq va odobning mohiyati va nazariy masalalar bilan shug’ullanadi, biznes–etiket fani esa biznes sohasida jamiyatda qabul qilingan ahloq, odob qoida va me’yorlarini o’rganadi. Biznes–etiket fanining uzviy aloqasi ko’rsatib o’tilgan fanlar bilan chegaralanib qolmaydi, uning ta’lim yo’nalishlaridagi turizm, turistlarga xizmat ko’rsatish kabi mutaxassislik fanlari bilan ham bevosita bog’liqlik joylari bor. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling