2-mavzu: Respublikaning sanoat majmui Reja
Download 63.4 Kb.
|
2 мавзу.
3-savol bayoni. Bugungi kunda, viloyatimizda 1700 dan ziyod sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 2,2 foizi ushbu korxonalar xissasiga to’g’ri keladi.
Viloyatda ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotlarining 40,9 foizi energetika, 14,5 foizi oziq-ovqat, va 27 foizi to’qimchilik, trikotaj mahsulotlari xissasiga to’g’ri keladi. Bugungi kunda, viloyatda 157 ta xorij sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan joriy yil 2019 yilda 1 trillion 664,1 mlrd. so’mlik yoki 161,9 foiz sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo’lib, jami viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 23,6 foizi ular xissasiga to’g’ri keladi. Viloyat bo’yicha jami 131,1 mln. dollar, shu jumladan 72,9 mln. dollar hududiy eksport amalga oshirilgan bo’lib, hudud eksportida kichik korxona va mikrofirmalar salmog’i 79,7 foizni tashkil etadi. Amalga oshirilgan eksport hajmining 55,3 foizini sanoat mahsulotlari va 44,7 foizini qishloq xo’jaligi (Meva-sabzavot) mahsulotlari tashkil etadi. Sirdaryo viloyatida 1 yanvar 2020 yil holatiga mavjud jami sanoat korxonalarining soni 1736 tani tashkil etdi. Jumladan, yirik korxonalar 22 ta, kichik korxonalar 78 ta, mikrofirmalar 1636 ta. 2019 yilda viloyatda yangi tashkil etilgan korxonalarning soni 568 taga etdi. Shaxarlar kesimida tahlil qiladigan bo’lsak eng ko’p Guliston shaxrida 488 ta, jumladan 6 ta yirik korxonalar, 16 ta kichik korxonalar va 466 ta mikrofirmalar mavjuddir. Tumanlar kesimida Sirdaryo tumani etakchi hisoblanib sanoat korxonalarning umumiy soni 307 tani tashkil etdi, jumladan, yirik korxonalar 4ta, kichik korxonalar 30 ta, mikrofirmalar 273 ta. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda 728 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Mahsulot hajmi 7217,0 mln. so’mni tashkil etdi. O’sish sur’ati 102, 4 % ni tashkil etdi. Jumladan, sanoat tarmoqlari kesimida etakchi oziq ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalari 276 tani tashkil etib, mahsulot hajmi 1046,3 mln.so’mni tashkil etib, o’sish sur’ati 100,0 % ni tashkil etdi. Download 63.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling