Q A R O R
Tergovga qadar tekshiruv muddatini uzaytirish haqida
“___”_________ 2023 yil Nishon tumani
Nishon tuman IIB HPB TP profilaktika inspektori leytenant F.F.Madiyev, Nishon tuman Talimarjon shahri Tinchlik MFYda yashovchi fuqaro Saidova Farog’at Nabiyevna 2023 yil 16 fevral kuni Nishon tumani IIB shakl-1 kitobidan № 544-soni bilan qayd etilgan murojaati yuzasidan to‘plangan hujjatlar bilan tanishib chiqib,
A N I Q L A D I M:
Nishon tumani Talimarjon shahri Tinchlik MFYda Saidova Farog’at Nabiyevna Nishon tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z murojaatida Talimarjon shahri Qarshi magistral suvdan foydalanish boshqarmasi bosh xisobchisi Sherqulov Abdurashidning xatti-xarakatlaridan norozi bo’lib murojaat qilgan.
Nishon tumani IIBda 2023 yil 16 fevral kuni 544-son bilan qayd qilingan bo’lib hozirgi kunda xolat bo’yicha Qarshi magistral suvdan foydalanish boshqarmasi bosh xisobchisi Sherqolov Abdurashitdan tushuntirish xati olish maqsadida 93 525-71-92 telfon raqamiga telfon qilib xolat bo’yicha tushuntirish xati yozib berish uchun 44/35-sonli xuquq targ’ibot maskaniga chaqirilganda fuqaro A.Sherqulov xozirgi kunda Kitob tumaniga davolanish uchun ketganligini, 10 kun ichida qaytib borib tushuntirish xati yozib berishini ma’lum qilgan, fuqaro A.Sherqulovdan tushuntirish xati olmasdan turib qonuniy qaror qabul qilib bo’lmasligi sababli tergovga qadar tekshirish muddatini uzaytirish lozim bo’ladi.
O‘zbekiston Respublikasi JPKning 329-moddasi 3-qismi 2-bandini qo’llab “olis joylarda bo‘lgan yoki chaqiruvga binoan hozir bo‘lishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslardan tushuntirishlar talab qilib olish zarur bo‘lsa”, tergovga qadar tekshiruv muddatini uzaytirish mumkinligi ko‘rsatilgan.
Mazkur hujjatlar bo‘yicha dastlabki tekshiruv muddati tugab borayotganligi va o‘tkazilishi lozim bo‘lgan bir qator tekshiruv harakatlari mavjudligini inobatga olib, tergovga qadar tekshirish muddatini uzaytirilishini tuman prokuroridan so‘rash maqsadga muvofiq.
Yuqoridagilarga ko‘ra va O‘zbekiston Respublikasi JPKning 391-moddasi, 329-moddasi 3-qismi 2-bandiga asoslanib,
Do'stlaringiz bilan baham: |