Maktabgacha va boshlang`ich ta`limda uzviylik hamda uzliksizlik abobakirova Odina Nabiyevna


Download 46 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi46 Kb.
#1573129
Bog'liq
Abobakirova Odina Nabiyevna


MAKTABGACHA VA BOSHLANG`ICH TA`LIMDA UZVIYLIK HAMDA UZLIKSIZLIK


Abobakirova Odina Nabiyevna – FarDU maktabgacha ta`lim kafedrsi katta o`qituvchisi, PhD


Аnnotаsiya. Maktabgacha va boshlang`ich ta`limda uzviylik hamda uzliksizlik haqida ma`lumot beriladi. Maktabgacha ta`lim tashkilotida rivojantiruvchi markazlarning faoliyati haqida to`xtalib o`tilgan.
Tayanch so`zlar: integratsiya, uzviylik, uzluksizlik, kreativ yondashuv.

So`nggi yillarda mamlakatda ta`lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, maktabgacha ta`lim-tarbiya tarbiyalanuvchilar, o`quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko`nikmalarni shakllantirish, ta`lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o`rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta`limning uzviyligi va uzluksizligini ta`minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.


O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-4884-sonli qarori ilovasining 4-bandiga ko`ra “Maktabgacha, umumiy o`rta, professional va oliy taʼlim o`quv dasturlari va fanlarning uzluksizligini taʼminlash” vazifasi belgilangan.
Bu esa zamonaviy ta`limda, integratsiya va innavatsiyani tashkil qiladi. O`zbekiston Respublikasining maktabgacha ta`lim sohasidagi me`yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq, xalqaro tajribalardan o`rganilib, 2018 yildan “Ilk qadam” davlat o`quv dasturi ta`lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etib kelinmoqda. Ushbu dastur STEAM ta`lim texnologiyasi ya`ni o`zida tabiiy fanlar, texnologiya, injenerlik, sanʼat, ijodkorlik, matematika fanlarining amaliy jihatlarini umumlashtirib integratsiyalashni nazarda tutadi. Bu esa maktabgacha ta`lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi markazlarda amalga oshiriladi. Ta`limiy faoliyatlar rivojlanish markazlarida quyidagi tartibda taqsimlab chiqilgan. Qurilish yasash va matematika markazi qurish-yasash va elementar matematika ta`limiy faoliyat, syujetli-rolli o`yinlar va dramalashtirish markazi badiiy adabiyot ta`limiy faoliyat va o`yinlar, til va nutq markazi nutq o`stirish hamda savodga o`rgatish ta`limiy faoliyati, ilm fan va tabiat markazi atrof-olam hamda tabiat bilan tanishtirishni, sanat markazi rasm chizish, loy yoki plastilin, applikatsiya ta`limiy faoliyatlarini tashkil qiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “O`zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta`lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”da qayt etilgan maktabgacha ta`lim tizimida uzviylikning metodologik asoslari va ilmiy-pedagogik tamoiyllari “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablari” va “Ilk qadam” Davlat o`quv dasturi va boshlang`ich ta`lim standartlarining ta`limiy, pedagogik va uslubiy bog`liqlik. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashga qo`shma pedagogik faoliyatni takomillashtirish, unda quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan. Rivojlanish markazi, konstruksiyalar tuzish va qo`l mehnati ta`limiy faoliyati, ta`limiy va mustaqil faoliyatlarda bolalarni harakatlanish faolligini maksimal darajada ta`minlash nazarda tutilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar va birinchi sinf o`quvchilari uchun turli xil ta`lim shakllari, shu jumladan, integral faoliyat asosida aniq faoliyat turlarini qo`llash, o`quv jarayonida bolalar o`zlarining tajribalaridan foydalanishlar uchun sharoit yaratadigan loyiha-tadqiqot faoliyatidan foydalanish, faoliyatni bolalarning kundalik (frontal, kichik guruhlar) hayoti, ularning mustaqil (o`yin, badiiy, konstruktiv va boshqa) faoliyati bilan o`zaro bog`liqligini ta`minlash, bolalar faoliyati mazmunini funksional ravishda simulyatsiya qilish amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`lim tashkilotida va boshlang`ich maktabda ham rivojlantiruvchi muhitni qo`llab quvvatlash, bolalarda fikrlash, tasavvur (xayolot), qidiruv faoliyatini faollashtiradigan usullar, ya`ni o`rganishda muammolilik elementlarini yanada kengroq qo`llash, o`yin texnikasidan kengroq foydalanish, hissiy jihatdan ahamiyatli vaziyatlar, mustaqil amaliy faoliyat uchun sharoitlar yaratish, katta maktabgacha yoshdagi guruhlarda va boshlang`ich maktabning 1-sinfdagi darslarida bolalar faoliyatining barcha turlari, bolalarning muloqot shakllari o`zgartirishni amalga oshirish belgilangan.
Maktabgacha ta`lim tashkilotida har bir guruhlar uchun bola yosh xususiyatidan kelib chiqib “Maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`im jarayonini mavzuli rejalashtirish” nomli o`quv qo`llama asosida rivojlantiruvchi markazlarda olib boriladigan ta`lim jarayoni ifodalangan. Masalan, “San`at” markazi bolani rasm chizish, qirqib yopishtirish ya`ni applikasiyani bajarish va loy yoki plastilin bilan ishlashdan iborat faoliyatiga oid mavzular berilgan. Bolaning ushbu faoliyati boshqa fanlarni mustaxkamlashning amaliy faoliyati xisoblanadi. Masalan, nutq o`stirish (bajargan ishini ifodalash), sensor tarbiya (eshitish, ko`rish, hid bilish), matemaika (o`lchov, son sanoq), geometriya (fazoviy hajm, shakl), tabiat (jonli va jonsiy tabiat, fasillar), atrof olam (uy, mahalla, vatan), etika ( jamoada ishlash, tejamkorlik, tozalik), estetika (go`zallik), texnologiya (ijodkorlik qobiliyati, kreativ ko`nikma), tasviriy san`at (badiiy-estetik tafakkur va emotsional sezgirlik), jismoniy tarbiya (irodaviy ruhiyat), kimyo (bo`yoq), chizmachilik (texnik detal va buyumlar) kabi bilimlarni egallashga qaratilgan.
Xulosa qilib aytganda boshlang`ich ta`limda STEAM ta`lim texnologiyasi asosida o`quv jarayoni amalda qo`llanilib kelmoqda. Amaliy fanlar tarkibiga kiruvchi texnologiya fanidagi 1-sinf o`quvchilariga qo`yilgan davlat ta`lim standartlari maktabgacha ta`lim tashkilotida “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablari”ni o`quvchi egallashi zarur bo`gan standartni uzviyligini ta`minlaydi.


Foydalangan adabiyotlar ro`yxati:
1. O`zbekiston respublikasi prezidentining farmoni “O`zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta`lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”. Lex.UZ on-line.
2.Texnologiya fani konsepsiyalari va milliy o`quv dasturi. T: 2021.- 47 b.
3. “Ilk qadam” davlat o`quv dasturi. T: 2018.- 26 b.


Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling