2-mavzu. Rinolaliyani o‘rganish tarixi,buzilishi va sabablari. Reja
Download 67.28 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu.Rinolaliya.Rinolaliyani o‘rganish tarixi,buzilishi va sabablari.
k va g tovushlari noaniq talaffuz qilinadi, chunki og'iz bo'shlig'ida yctarli darajada
havo bosimi hosil bo'lmaydi, natijada burun bo'shlig'i to'liq bekilmaydi. Ochiq rinolaliyani aniqlash uchun funksional tckshirish usullari mavjud. Eng oddiy tekshirishlardan bin Gutsman usulidir. Bunda logoped bolaga galma-gal a va i unli tovushlarni qaytarishni buyuradi va bolaning burun yo'lini bir bekitib, bir ochib turadi. Ochiq rinolaiiyada bu unli tovushlarning jarangdorligida sezilarli darajada farq bo'ladi. Ayniqsa, a unlisi burun yo'lini bekitib talaffuz qilingandan i tovush talaffuzi eshittlmaydi, shu bilan birgalikda iogopedning barmoqlari burun qanotlaridagi kuchli tebranishni sezadi Yana aniqlash usullaridan biri, bu fonendoskop bilan tekshirishdir. Bunda tckshiruvchi fonendoskopning bir uchini o'zining qulog'iga, ikkinchi uchini bolaning buruiga tutib turadi. Bola unli tovushlarni, ayniqsa u va a unlilarini talaffuz qilganda kuchli shovqin eshitiladi. Undosh f, s, sh tovushlar talaffuzida xirillagan ovoz eshitiladi. Ochiq rinolaliya organik va funksional bo'Iishi mumkin. Organik ochiq rinolaliya tug'ma va hayot davomida orttirilgan bo'ladi. Ochiq rinolaliyaning tug'ma shaklining sababi yumshoq va qattiq tanglaydagi yoriqliklardir. Hayotda orttirilgan ochiq rinolaliyaga og'iz va burun bo'shlig'ida jarohatlanishlar bo'Iishi yoki yumshoq tanglayni hayot davomida falajlanishi kabilar sabab bo'Iishi mumkin. Ochiq rinolaliyaning ikkinchi shakli funktsional ochiq rinolaliya hisoblanib, asosan funksional ochiq rinolaliyaning paydo bo'lish sabablari turli xil bo’ladi. Masalan, bolalarda ovozning hosil bo'lishida yumshoq tanglay harakatining sust bo'Iishi. Funksional ochiq rinolaliya asab kasalliklarida ham namoyon bo'lish holiari kuzatiladi. U adenoidlarni olib tashlagandan so'ng kamroq kuzatilsa, difterivadan keyingi falajlanishda kamroq kuzatiladi. Rinolaliyaning bu shakhni tekshirishda qattiq va yumshoq tanglayda biron-bir o'zgarishlarning borligi aniqlanmavdi. Funksional ochiq rinolaliyaning belgilarida asosan unli tovushlar talaffuzi buzilgan bo’ladi. Undosh tovushlar talaffuzida tanglay-halqum birlashishi yaxshi, normada bo’ladi. Funksional ochiq rinolaliya organik rinolaliyaga nisbatan yengil kechadi, Ovoz mashqlaridan so'ng burunlanish tembri yo'qoladi, tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni odatdagidek. ya'ni dislaliyani bartaraf etishda qo'llanadigan usullar orqali bartaraf etish mumkin. Rinolaliyani kelib chiqihida tug’ma lab va tanglaudagi kamchiliklar ham bolalarda nutq buzilishlaridagi muhim sabalaridan hisolanadi.Rinolaliyada kuzatiladigan tug'ma lab va tanglaydagi kamchiliklar logopediya va tibbiyot fani oldiga jiddiy muammolarni qo'vadi. Turli xalqlar orasida, turli mamlakat va hattoki har bir mamlakatning turli viloyatlarida tug'ma yoriqliklar bilan tug'iladigan bolalar soni turlichadir. A. Limberg (1964) adabiyotlardagi ma'lumotlarni umumlashtinb, 600 - 1000 ta yangi tug'ilgan bolalar orasida bitta bola lab va tanglay yoriqliklari bilan tug'ilishini ta'kidlab o'tadi. Lab va tanglaydagi yoriqliklar bolaning umumiy va nutqiy rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bola yulishga, nafas oiishga qiynaladi. Bu holatlar bolaning jismoniy rivojlanishiga salbiy ta'sir etadi, organizmning boshqa kasalliklar bilan kurashish jarayonini susaytiradi. Bunday bolalar muntazam shifokor nazoratiga va davolanishga muhtojdir. Hozirgi vaqtda quyidagi tasnif qabul qilingan: Yuqori labdagi tug'ma yoriqliklar: yashirin yoriqlik, to'iiq bo'lmagan yoriqlik: a) burun bo'limida teri-tog'ayning o'zgarmaganligi; b) burun bo'limida teri- tog'ayning o'zgarganligi. To'liq yoriqlik. Bunda bolaning ilk yashash davrida xirurgik davolash ish 13 ri olib boriladi, bu davolash ish la ri bola nutqining normal rivojlanishiga imkon yaratadi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak rinolaliyani o’rganish jarayoni uzoqroq o’tmishga borib qadaladi. Tarixiy manbalardan ma’lumki, rinolaliya nutq kamchiligi bo’yicha shu sohaga yaqin bo’lgan ilm nomayondalari tomonidan bir qator ishlar olib borildi. Ular tomonidan olib borilgan ilmiy ishlari yuzasidan bildirgan nazariy va amaliy fikrlari hozirgi kunda logopediya yunalishida rinolalik bolalar bilan olib boriladigan korrektsion logopedik ishlarda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Download 67.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling