2-mavzu. Rnk saqlovchi viruslar keltirib chiqaruvchi kasalliklar. Oitv


Download 46.56 Kb.
bet1/2
Sana26.10.2023
Hajmi46.56 Kb.
#1723444
  1   2
Bog'liq
2-маъруза


2-mavzu. RNK - saqlovchi viruslar keltirib chiqaruvchi kasalliklar. OITV.
RNK – saqlovchi viruslar. Odam uchun patogen bir ipli (+RNK) viruslar - Picornaviridae. Bir manfiy ip saqlovchi (-RNK) viruslar: Orthomyxoviridae, Paramyxoviridae, Rabdoviruslar. Morfologiyasi. Umumiy xarakteristikasi. Tasnifi. Insonlardagi patologiyasi. Laboratoriya diagnostikasi. DNK- saqlovchi viruslar keltirib chiqaruvchi kasalliklar.
Onkoviruslar. DNK - saqlovchi viruslar. Poksviruslar oilasi (Poxviridae). Gerpesviruslar oilasi (Herpesviridae). Adenoviruslar oilasi (Adenoviridae). Tasnifi va umumiy xarakteristikasi. Virionlarning tuzilishi. Antigenlari. O‘stirish usullari. Fizikaviy va kimyoviy omillarga chidamliligi. Patogenlik omillari. Keltirib chiqaruvchi kasalliklari. Laboratoriya tashxisi. Onkogen viruslarning klassifikatsiyasi. DNK saqlovchi onkogen viruslar: papilloma virusi; polioma virusi. Patogenezi, klinik kechishi, laboratoriya tashxisi.
Mavzu:7. RNK - saqlovchi viruslar keltirib chiqaruvchi kasalliklar. OITV.
Rabdoviruslar. Morfologiyasi. Umumiy xarakteristikasi. Tasnifi. Insonlardagi patologiyasi. Laboratoriya diagnostikasi. Retroviruslar oilasi. (Retroviridae) Umumiy xarakteristikasi. Tasnifi. Odam immuntanqislik virusi. Morfologiyasi va kimyoviy tarkibi. Genomining tuzilishi. Kelib chiqishi va evolyutsiyasi. OITS infektsiyasi va uning laboratoriya tashxisi. Profilaktikasi

Hozirgi kunda 1000 ortiq viruslar kashf qilingan. Ulardan yarimi odamlar uchun patogen xisoblanadi. Ular 19 oilaga kiritilgan 13 tasi RNK saqlovchi va 6 tasi DNK saqlovchi viruslar xisoblanadi. Odamlarda uchraydigon kasalliklarning 85-90% ni viruslar keltirib chiqaradi


Viruslarni xozirgi kunda kasallik keltirib chiqarishiga qarab 7 gruppaga boʻlish mumkin.
1.OʻRVI – (ORVI) bu viruslarga 130 dan ortiq kasallik keltirib chiqaruvchi viruslar kiradi asosan-gripp, gripp, paragrupp, adeno, rino, RS, reovirus
2.Neyrotrop viruslar – qutirish, polimiyelit.
3. Oshqozon ichaklarda kasallik keltirib chiqaruvchi- poliomiyelit, EXO, koksaki, gepatit A
4. Terida kasallik keltirib chiqaruvchi – gerpis, suv chechak va chechak viruslari.
5. gepatatprp- gepatit A, V, S, D,Ye,Gʻ va bosh.
Immunotrop viruslar- OITV (VICh).
7. Onkogen viruslar- retroviruslar va bosh viruslar
Ribonuklein kislota (RNK)li viruslar
Odam uchun patogen viruslarining koʻp qismi RNK tutuvchi viruslarga mansub. Ular bir-biridan genomning tuzilishi, oʻzgaruvchanligi, evolyutsiyaning tezligi bilan farq qiladi. Natijada yangi viruslar paydo boʻladi. Koʻpgina RNK tutuvchi viruslar xoʻjayin hujayraning sitoplazmasida koʻpayadi, ammo ayrim viruslar rivojlanishning ma’lum bosqichida hujayra yadrosining ichida ham joylashadi.
Hozir odamlarga patogen boʻlgan RNK genomli viruslar 13 ta oilaga boʻlinadi: Пиcoрнaвиридае, Cалиcивиридае, Реовиридае, Ретровиридае, Тогавиридае, Флавивидае, Бонявиридае, Аренавиридае, Филовиридае, Ррҳабдовиридае, Cоронавиридае, Парамйховиридае, Ортҳомйховиридае.
Ortomiksoviruslar oilasi (Oртҳомйховиридае)
Ortomiksoviruslar paramiksoviruslar kabi makroorganizm hujayralarining mutsin moddasiga moyil boʻlganligi uchun oilaning nomi ham shundan olingan (yunoncha ортҳос-toʻgʻri, мйха-shilliq). Bu oilaga odam, hayvon va qushlarda kasallik qoʻzgʻatuvchi viruslar kiradi.
Gripp viruslari
U.Smit, K.Endryus va G.Leydloular gripp bilan ogʻrigan Vilson Smit degan bemordan A virusni (1933) T.Frensis va T.Mejill V virusni (1940),
R.Teylor S gripp virusini (1947) kashf qildilar.Gripp viruslarining tasnifini tuzish ancha murakkab, chunki ular antigen tuzilishini vaqti-vaqti bilan oʻzgartirib turadi. Ularning A, A1, A2, V va S turlari ma’lum. JSST tasnifiga binoan (1980) odamlar va hayvonlarda kasallik qoʻzgʻatuvchi A viruslar gemagglyutinini boʻyicha 13 ta (N1-N13) va neyraminidazasiga koʻra 10 ta (Н1-Н10) kenja tiplarga boʻlinadi. Shulardan odamlarda kasallik qoʻzgʻatuvchi A virus tarkibiga 3 ta gemagglyutinin (N1, N2 va N3) va ikkita neyraminidaza (Н1 va Н2) kiradi. Gripp V va S viruslarining antigenlari deyarli oʻzgarmaydi. Ammo V grippining antigenida ma’lum vaqt ichida oʻzgarish boʻlishi mumkin. JSST gripp virusining nomenklaturasini tuzdi. Bunga asosan gripp viruslari bir qator majburiy koʻrsatkichlarga ega boʻlishi shart: 1) virusning tipi (A, V va S); 2) tabiiy xoʻjayini odam yoki hayvon; 3) ajratib olingan geografik hududi; 4) laboratoriya shtammining tartib raqami (nomeri); 5) ajratib olingan yili; 6) A viruslar. Qavs ichida gemagglyutinin va neyraminidazaning xili koʻrsatiladi. Masalan: gripp A virusi: A./oʻrdak/ Oʻzbekiston /695/76(N3Н2) (slayda). Morfologiyasi. Gripp viruslari yumaloq yoki tuxum shaklida boʻlib, oʻlchami 80–120 nm(slayda). Virusning tashqi glikoproteid qobigʻida gemagglyutinin va neyraminidaza tikansimon oʻsimtalari bor. Ularning oʻlchami 10 nm, nukleokapsid spiral simmetriya koʻrinishida boʻlib, ribonukleoprotein (RNP) zanjiridan iborat juft spiral holatda joylashgan. Gripp bilan RNK-polimeraza va endonukleaza (R1 va R3) birikkan. Virionning oʻzagi M-oqsildan tashkil topgan parda bilan oʻralgan boʻlib, bu oqsil oʻz navbatida RNP ni tashqi qobigʻi va gemmaglyutinin, neyraminidazadan iborat tikansimon oʻsimtalar bilan bogʻlaydi. Virus genomi bir ipli manfiy RNK dan iborat, u virus massasining 1–2% ni tashkil etadi. Virion 50–70% oqsildan, 24–37% lipiddan, 5–9% uglevoddan tashkil topgan. Lipid va uglevodlar tashqi qobigʻidagi lipoprotein va glikoproteidlar tarkibiga ham kirib, ular virus shikastlagan hujayra komponentlaridan hosil boʻladi.
Antigenligi. Gripp viruslarining barcha turlari bir-biridan virionning tuzilishini turgʻunlashtiruvchi M-matriks va RNP (oqsil НП) ga bogʻliq tipmaxsus antigeni bilan farq qiladi. Bu antigenlarni KBR bilan aniqlash mumkin. Jumladan, A turining oʻzida antigen xususiyatiga qarab A(N, Н), A (N3 Н2) antigenli viruslar farq qilinadi. Gripp virusining A turi oʻta maxsusligini yuzaki joylashgan gemagglyutinin N va neyraminidaza Н antigenlari belgilaydi. Gemagglyutininlar murakkab glikoprotein boʻlib, himoya qilish (protektiv) xususiyatga ega. U organizmda virusni neytrallovchi antitelolar-antigen agglyutininlar hosil qiladi, bular GAT reaksiyasi yordamida aniqlanadi. Gemagglyutininning oʻzgaruvchanligini gripp virusi antigenidagi dreyf va shift (N-antigenli) oʻzgarishi ta’minlaydi. Antigen sintezini nazorat qiluvchi genda nuqtaviy mutatsiya sodir boʻlishi gemagglyutininda qisman oʻzgarish paydo boʻlishiga olib keladi. Buni antigendagi “dreyf” oʻzgarish deyiladi. Bunday oʻzgarishlar 3–4-yil selektiv omillar ta’sirida, masalan antitelolar ta’sirida turda toʻplanib, miqdoriy oʻzgarishga, ya’ni gemagglyutinin antigenlik xususiyatining oʻzgarishiga olib keladi. Antigendagi shift oʻzgarishida genlarning toʻliq almashinuvi sodir boʻladi, bunda ehtimol 2 ta virusning rekombinatsiyasi natijasida kenja tiplar almashinadi. Ayrim hollarda ikkala antigen ham almashinishi mumkin, natijada yangi antigenlarga ega virusning variantlari paydo boʻladi. Bunday oʻzgarishlar har 10–18-yilda bir marta boʻlib, albatta pandemiyaga olib keladi.
Gemagglyutinin oʻz navbatida retseptorlik vazifasini ham bajaradi, virus shular yordamida moyil hujayraga, eritrotsitlarga adsorbsiya qilinadi va ularning birlashishiga sabab boʻladi. Bundan tashqari, eritrotsitlarning gemolizida ham qatnashadi.
Virus neyraminidazasi ferment sifatida sial kislotaning substratdan ajralishini tezlashtiradi. U antigenlik xususiyatiga ham ega boʻlib, virionlarning xoʻjayin hujayrasidan ajralib chiqishida ishtirok etadi. Neyraminidazada ham gemagglyutininga oʻxshash antigenli dreyf va shift oʻzgarishlar sodir boʻladi. Grippning V turi gemagglyutinin va neyroaminidazalarning antigenlik xossalari boʻyicha 5 ta serovirioni aniqlangan. Gripp virusining V turi faqat odamlarda kasallik qoʻzgʻatadi, ba’zan epidemiyaga sabab boʻlishi mumkin. Uning S turi A va V turlaridan farq qiladi. Uning genomi 7 fragmentdan tashkil topgan, lekin molekulyar massasi A va V turdagi gripp viruslariga oʻxshash. Gripp virusining S turida neyroaminidaza topilmagan. Hayvon eritrotsitlarini adsorbsiya qilishda ham A va V viruslar farq qiladi. Virusning S turi odamlar va choʻchqalarni zararlaydi. U sporadik holda kechadigan respirator kasalliklarni qoʻzgʻatadi, lekin epidemiya va pandemiyalar kuzatilmaydi.
Gripp viruslari odam, tovuq, dengiz choʻchqachasi va boshqa 30 dan ortiq turdagi hayvonlarning eritrotsitlari bilan agglyutinatsiya reaksiyasini beradi.
Koʻpaytirish va reproduksiyasi. Gripp viruslari tovuq embrionining amniotik va allantois boʻshliqlarida, maymun, odam embrionlarining buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalarida yaxshi koʻpayadi, natijada hujayraga virusning kuchsiz patogen ta’siri kuzatiladi. Gripp viruslari epitelial hujayralarning glikoprotein retseptorlariga birikadi, retseptor endotsitoz yoʻl bilan hujayraga kiradi. Hujayra yadrosida virus genomining transkripsiya va replikatsiyasi amalga oshadi. Bunda RNK fermentlari aRNK sifatida ribosomalarga uzatiladi va u yerda virusga xos oqsillar sintez qilinadi. Virus hujayradan kurtaklanish yoʻli bilan chiqib ketadi.
Chidamliligi. Gripp viruslari sovuqda tirik saqlanib qoladi. Past haroratda, ayniqsa havo harorati 00S dan past boʻlganda virus uzoq saqlanadi. Ammo qizdirilganda, tik tushadigan quyosh nuri, dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida tezda nobud boʻladi; ishqor va nordon muhitlarga ham ta’sirchan. Glitsyerinda 3 oy davomida faolligini yoʻqotmaydi.
Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Pandemiya vaqtida gripp viruslarini choʻchqa, it, ot, sigir, uy va yovvoyi qushlardan ajratib olingan. Odamlar orasida gripp tarqalgan vaqtda xayvonlar organizmida virus maxsus antitelolar titrining oshishi kuzatiladi. Balkim, hayvon va qushlar gripp virusining tabiatda aylanib yurishida muhim ahamiyatga ega boʻlishi mumkin.
Kasallikning odamlardagi patogenezi va klinikasi. Infeksiya manbai bemor, u aksirganida, yoʻtalganida, gaplashganida virus zarrachalari soʻlak tomchilari bilan atrof-muhitga tarqaladi. Gripp nihoyatda yuqumli, shu sababli epidemiya va pandemiya shaklida tarqaladi. Aholining barcha tabaqalari (bolalar ham, keksalar ham) bu kasallikka moyil.
Kasallikning yashirin davri juda qisqa – bir necha soatdan 1–3 kungacha. Gripp virusi yuqori nafas yoʻllarining shilliq kavatidagi epitelial hujayralarga kiradi. Yuqori nafas yoʻllari hujayralariga bir dona virus zarrachasi tushsa, 8 soatdan keyin 1017 gacha koʻpayadi. Organizmda virusemiya kuzatiladi. Gripp virusi qonga tushgach gemopoez va immun tizim susayadi, natijada leykopeniya, bakterial va virusli ikkilamchi infeksiyalar: rinit, yiringli sinusit, otit, bronxit va zotiljam rivojlanishi mumkin. Ba’zan qon tomirning endoteliy hujayralari shikastlanib, jarayonning letallik bilan tugash hollari kuzatiladi. Bu kasallikning 2–3-kunlarida roʻy beradi, shu sababli buni “chaqmoqsimon” gripp deb yuritiladi. Ammo bu ahyonda bir kuzatiladi, chunki bunga nomaxsus himoya omillari, immun sistemasi kuchlari, organizmda doim uchraydigan antitelolar va interferonlar yoʻl qoʻymaydi. Natijada, virusli infeksiya rivojlanishi sekinlashadi yoki toʻxtaydi, bir necha kundan soʻng ИгМ sinf antitelolari hosil boʻlib, organizmni himoya qiladi. 2 hafta oʻtgach ИгГ va ИгА sinf antitelolari hosil boʻlib, ular organizmga gripp virusining shu serovarianti tushishining oldini oladi.
Kasallikning klinikasida gavda haroratining koʻtarilishi (380–390S ba’zan undan ham yuqori), holsizlik, et uvishishi, bosh ogʻrishi kabi belgilar kuzatiladi.
Gripp mavsumiy kasallik boʻlib, qish va bahorda koʻp uchraydi. Har 10
yilda gripp epidemiyasi va pandemiyasi qayd etiladi. Kasallikning qaytalashi virusning yangi varianti hosil boʻlganidan soʻng yuzaga keladi. Bu antigendagi dreyf va shift oʻzgarishlar natijasida A tipdagi virusning N va Н antigenlarida almashinuv roʻy beradi, bu yangi antigenlarga ega boʻlgan virusning tipi hosil boʻlishi hisobiga sodir boʻladi. Masalan: 1968-yili gripp A virusining yangi pandemiya beruvchi varianti (Ҳ3 Н2) paydo boʻldi va uni “gonkong” shtammi deb ataldi. Bu virus hozir ham kuzatiladi. 1977-yili toʻsatdan gripp A virusining yangi varianti (Ҳ1 Н1) paydo boʻldi. Bu 1947-1957-yillardagi viruslarga oʻxshash edi, keyinchalik bu “osiyo turi” tomonidan siqib chiqarildi. Shunga asosan yangi taxmin paydo boʻldi, bunga koʻra virusning shift variantlari yangi viruslar boʻlmay, balki oldingi yillarda qayd etilgan viruslarning yangi serotiplaridir.
Epidemiyaga olib kelgan A virusning yangi variantiga qarshi aholi organizmida immunitet hosil boʻladi, natijada virusning tarqalib turishi toʻxtaydi.
Gripp virusining A turi shift antigen variantlari uzoq yillar davomida yovvoyi va uy hayvonlari, ayniqsa qushlar organizmida saqlanadi va tabiatda tarqalib turadi. Bunda qushlar organizmidagi viruslar bilan odamda kasallik qoʻzgʻatuvchi viruslar oʻrtasida genetik rekombinatsiya sodir boʻladi, natijada yangi antigenlarga ega boshqa variantlar hosil boʻladi. Boshqa taxminga koʻra gripp virusining barcha turlari aholi orasida aylanib yuradi, ammo ularda immuniteti pasayganda epidemiyaga sababchi boʻladi.
Gripp virusi V turining tuzilishi virusning A turiga oʻxshash. Virusning V turi pandemiya keltirib chiqarmaydi. Gripp virusining S turida kasallik, asosan, sporodik koʻrinishda kechadi.
Vaqti-vaqti bilan gripp pandemiya shaklida tarqaladi. Uning birinchi pandemiyasi 1889-yili Xitoyda boshlanib, 2-yil ichida butun yer yuziga tarqalgan. 1918-yilgi pandemiya ham Xitoydan boshlanib, 20 mln odamning oʻlimiga sabab boʻlgan. Kasallik Ispaniyada ogʻir kechganligi uchun “Ispan” grippi deb yuritiladi. Shu tariqa virusning yangi antigen variantlari yuzaga kelib, u ham oʻziga xos pandemiya shaklida davom etaveradi.
Immuniteti. Immunitet virusning tip va shtammlariga xos boʻlib, gripp virusining A tipiga nisbatan 1–2-yil, V tipiga 3–5-yil, S tipiga umrning oxirigacha yetadi. Kasallikdan soʻng yuqori nafas yoʻllarining shilliq qavatlarida sekretor antitelolar (сИгА) hosil boʻladi. Chaqaloqlarda onalaridan oʻtgan ИгГ lar ham boʻladi. Bu immunitet ularni 6–8 oy davomida gripp viruslaridan himoya qiladi.
Laboratoriya tashhisi.
Tekshirish uchun burun-halqumdan suyuqlik va surtmalar, letal hollarda murdaning shikastlangan oʻpka toʻqimasi, traxeya va bronxlarning shilliq qavatlaridan qirmalar olinadi.
Tashhis qoʻyish uchun qoʻllaniladigan tezkor usullar burun-halqum shilliq qavatlarining epitelial hujayralaridagi virus antigenini aniqlashga asoslangan. Buning uchun burundan material olinib, surtma tayyorlanadi va IF usuli yordamida aniqlanadi.
Virusni ajratib olish uchun burun-halqum chayindisiga bakteriya mikroflorasini oʻldirish maqsadida antibiotiklar qoʻshib, 9–11 kunlik tovuq embrioniga yoki hujayra kulturalariga yuqtiriladi. 3–4 kundan soʻng tovuq embrionining allantois va amniotik suyuqligidan gripp virusi GAR, hujayra kulturalarida G ads. reaksiyasi yordamida topiladi. Virusning qaysi tipga kirishi KBR yordamida aniqlanadi. Gemagglyutinin tipchasi GATR, neyroaminidaza tipchasi esa neyoraminidaza faoliyatini toʻxtatuvchi reaksiya yordamida topiladi. Ajratib olingan viruslar GATR, NR va IF reaksiyalari yordamida maxsus immun zardoblardan foydalanib identifikatsiya qilinadi.
Serologik tashhis qoʻyish uchun kasallikning birinchi kunlarida va bemor sogʻayayotgan vaqtda qon olinib, juft zardoblar tekshiriladi. Grippdan sogʻaygan kishilarda antitelolar titri 4 va undan ham koʻproq marta ortadi. Bunda KBR hamda GATR va boshqa usullardan foydalaniladi. Antigen sifatida standart diagnostikumlar qoʻllaniladi.
Davosi va profilaktikasi. Bemorni davolashda organizmdagi virus reproduksiyasini toʻxtatish va intoksikatsiyani kamaytirish choralari koʻriladi. Kasallikning boshlanishida bemorga grippga qarshi immunomodulin, interferon beriladi. Kimyoviy moddalardan remantadin yaxshi natija beradi, ammo u faqat A turdagi gripp virusining reproduksiyasini toʻxtatadi. Kasallik ogʻir kechganda ikkilamchi infeksiyalarning oldini olish uchun antibiotiklar yoki sulfanilamid preparatlar qoʻllaniladi.
Profilaktika maqsadida bemor alohida xonaga yotqiziladi, xonani vaqti-vaqti bilan shamollatib, dezinfeksiya qiluvchi moddalar bilan artib turiladi. Chaqaloq va homilador ayollar (ayniqsa xomiladorlikning birinchi yarmida) bemorlar bilan muloqotda boʻlmasligi lozim.
Grippning maxsus profilaktikasida tirik va oʻldirilgan vaksinalar qoʻllaniladi. Shaxsiy profilaktikada interferon, antigrippin, oksalin malhami kabi preparatlardan foydalaniladi.
Paramiksoviruslar oilasi (lotincha пара-oʻxshash, yaqin) odamlarga nisbatan patogen boʻlgan 3 turkumni: Rарамйхoвирус, Морбилливирус, Пнеумовирус oʻz ichiga oladi. Birinchi turkumga odamlarda paragrippni qoʻzgʻatuvchi virusni (OPGV) 1–4 tiplari, epidemik parotit (tepki), ikkinchi turkumga qizamiq, it va sigirlar oʻlat virusi, uchinchi turkumga respirator-sintitsial viruslar kiradi.
Morfologiyasi. Paramiksoviruslar murakkab tuzilgan boʻlib, sferik shaklga ega, oʻlchami 150–200 nm. Bu virus RNK tutuvchi viruslar ichida eng yirigi hisoblanadi. Virus genomi bir ipli manfiy RNK dan iborat. Nukleokapsid tashqi tomondan lipid-uglevod-protein qobigʻi bilan oʻralgan boʻlib, unda tikansimon oʻsimtalar joylashgan, nukleokapsid spiral simmetriya tuzilishiga ega. Nukleokapsid tarkibida bir necha virusga xos fermentlar bor, jumladan RNK-polimeraza (transkriptaza). Nukleokapsid tashqi qobiqning ichki tomonidan qoplab turuvchi matriks oqsil bilan oʻralgan. Tashqi qobiq hujayralardan hosil boʻlgan 2 ta lipid qatlami va 3 ta virusga xos oqsildan tashkil topgan. Shulardan 2 ta oqsil oʻsimtalar tarkibiga kiruvchi glikoprotein НҲ boʻlib, gemagglyutinatsiya qilish xususiyatiga va neyraminadaza faolligiga ega. Uchinchi Ф oqsil virusning hujayraga kirishini ta’minlaydi.
Antigenlari. Viruslarda 2 ta turga xos antigen bor. Birinchisi tashqi В-antigeni (oʻsimtalarning glikoproteinlari); ikkinchi – ichki С-antigen (nukleoprotein). Shu oilaga kiruvchi viruslarda umumiy antigen yoʻq. Koʻpgina paramiksoviruslarning В-antigenlari ikkita mustaqil antigen komponentlariga ega, ulardan biri gemagglyutinin (N-antigen), ikkinchisi neyrominidaza (Н-antigen).
Koʻpaytirish. Virus hujayraga retseptor yordamida endotsitoz yoʻli bilan kiradi. Virus reproduksiyasi hujayra sitoplazmasida kechadi.Asosiy xususiyati hujayrada koʻpayganda koʻp yadroli simplast hujayralarini xosil qiladi. Virus hujayradan kurtaklanish yoʻli bilan chiqadi. Zararlangan hujayralar sitoplazmasida atsidofil kiritmalar hosil boʻladi.
Odamlarda paragripp qoʻzgʻatuvchi virus
Paragripp virusini birinchi marta R.Chanok 1956-yili AQSH da grippga oʻxshash kasallik bilan ogʻrigan bolaning burun-halqum suyuqligidan ajratib olgan, u Парамйховирус turkumiga kiradi.
Morfologiyasi. Yuqorida keltirilgan paramiksoviruslar oilasiga mansub viruslar tuzilishiga oʻxshash.
Koʻpaytirish. Odamlarning paragripp viruslari tovuq embrionida koʻpaymaydi, ammo maymun, odam embrionining buyragidan tayyorlangan toʻqima kulturalarida, odam embrionining fibroblastlarida yaxshi koʻpayadi. Ularning SPT rivojlanayotgan hujayra kulturalarida har xil boʻlib, hujayra plastining parchalanishidan to simplastlar hosil boʻlish darajasigacha yetadi, ta’siri virusning tipiga bogʻliq.
Antigenlari. Virusda 2 ta antigen topilgan. Birinchisi С-ribonukleoproteid bilan bogʻliq eruvchan antigen, ikkinchisi esa virusning lipoproteid qobigʻidagi В-antigen. Paragripp viruslari antigen tuzilishlariga koʻra 5 ta serotipga boʻlinadi. 1–2 tiplari bolalarda boʻgʻma (krup), faringit, 3-tipi bronxit va oʻchoqli zotiljamni qoʻzgʻatadi, 4–5 tiplarining kasalliklari kam uchraydi va yengil kechadi.
Chidamliligi. Paragripp viruslari efirga chidamsiz. Yuqori haroratda va dezinfeksiya qiluvchi eritmalar ta’sirida tezda faolligini yoʻqotadi. –700S haroratda, liofil usul bilan quritilganda uzoq vaqt saqlanadi.
Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Paragrippni qoʻzgʻatuvchi viruslar tabiiy va laboratoriya sharoitidagi hayvonlarga nisbatan kam patogen. Kasallik koʻpincha hayvonlarda simptomsiz kechadi. Парамйховирус turkumining Senday virusi hayvonlar (oq sichqon, kalamush, dengiz choʻchqachasi va boshqalar)ga nisbatan patogen hisoblanadi.
Kasallikning odamlardagi patogenezi va klinikasi. Virus oʻtkir respirator kasallikni keltirib chiqaradi. Kasallik havo-tomchi yoʻli orqali yuqadi. Yashirin davri 3–6 kun. Paragripp viruslari yuqori nafas yoʻllarining shilliq qavati hujayralarida koʻpayadi va epiteliylarning parchalanishiga olib keladi, bunda yalligʻlanishlar va koʻpincha tomoqda shish kuzatiladi. Toʻplangan virus hujayralaridan hosil boʻlgan mahsulotlar qonga tushib organizmning umumiy zaharlanishiga olib keladi. Epiteliylarning parchalanishi natijasida himoya qiluvchi toʻsiq buziladi va patogen yoki shartli-patogen bakteriyalar kirib ikkilamchi infeksiya rivojlanadi.
Paragripp viruslari koʻpincha bolalarda faringit, bronxeolit, laringotraxeobronxit, boʻgʻma, zotiljam, kattalarda esa yengil koʻrinishdagi laringit kasalliklarini keltirib chiqaradi. Paragripp viruslari koʻpincha gripp virusi va adenoviruslar bilan birga uchraydi.
Immuniteti. Kasallikdan soʻng tip maxsus gumoral immunitet hosil boʻlib, bir necha yil saqlanadi. Qon zardobida komplementni bogʻlovchi, virusni neytrallovchi antigemagglyutin xossali antitelolar topiladi. Hosil boʻlgan immunomodulinlar ichida sekretor сИгА antitelolari muhim ahamiyatga ega, chunki ular mahalliy immunitetning asosiy omili hisoblanadi.
Laboratoriya tashhisi. Tashhis qoʻyishda virusologik, serologik usullardan hamda immunoflyuorestsensiya reaksiyasidan foydalaniladi. Virusni ajratib olishda maymun yoki odam embrionining bir qavatli kulturalari qoʻllaniladi. Toʻqima kulturasidagi virus gemadsorbsiya reaksiyasi yordamida aniqlanadi. Ajratib olingan virus shtammlari toʻqima kulturalarida NR, GATR VA KBR yordamida identifikatsiya qilinadi. Paragripp kasalliklariga serologik tashhis qoʻyish uchun bemorning juft zardoblari bilan GATR va KBR lar qoʻyiladi. Bulardan tashqari, yuqori nafas yoʻllari hujayralaridagi virus antigenini tip maxsus zardoblar bilan IF usullari yordamida aniqlanadi.
Maxsus profilaktikasi va davosi hozircha yoʻq. Simptomatik davo qoʻllanilaniladi.
Epidemik parotit virusi Epidemik parotit (tepki) virusini 1934-yili K.Jonson va E.Gudpascherlar kashf etishgan. Bu virus Парамйховирус turkumiga mansub boʻlgani uchun shu turkum viruslariga xos xossaga ega.
Morfologiyasi. Viruslar elektron mikroskop ostida gumbazga oʻxshash shaklda koʻrinadi. Virion oʻlchami 150–170 nm.
Koʻpaytirish. Viruslar tovuq embrionining amniotik boʻshligʻida koʻpayadi. Yangi ajratib olingan virus shtammlari odam embrionining buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalarida koʻpayadi. Hujayraga patogenlik ta’siri koʻp yadroli hujayralar, ya’ni sinsitiylar hosil qilish bilan xarakterilanadi.
Tovuk embrionlariga qayta-qayta yuqtirilsa, viruslarning odamlarga nisbatan patogenligi pasayadi va bu shtammlar tirik vaksina tayyorlashda ishlatiladi.
Antigenligi. Parotit virusi faqat bitta serotipdan iborat boʻlib, ikkita antigeni (С, В) bor. Epidemik parotit virusi odam, qoʻy, ot, tovuqlar eritrotsitlarini agglyutinatsiya qilish xususiyatiga ega.
Chidamliligi. Virus fizik-kimyoviy omillar ta’siriga chidamsiz, past haroratda (–250S, –700S) yillab saqlanadi. 560S haroratda 20 daqiqa, xona haroratida esa 5–6 kun davomida faolligini saqlab qoladi. Virus UB nurlar, 1% li lizol, 0,1% li formalin eritmasi ta’sirida parchalanib ketadi.
Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Epidemik parotit virusi maymunlarning ayrim turlarida odamlardagi parotit kasalligini chaqiradi.
Odamlarda kasallikning patogenezi va klinikasi. Kasallik havo-tomchi yoʻli orqali yuqadi. Yashirin davri 14–21 kun. Virus yuqori nafas yoʻllarining epiteliy hujayralarida, soʻngra qon, soʻlak bezlari va boshqa a’zolarga oʻtib koʻpayadi. Quloq oldi bezlariga virus Stenon yoʻli orqali oʻtadi. Yashirin davrdan soʻng kasallikning klinik belgilari paydo boʻladi. Bemorning harorati koʻtariladi, quloq oldi, til, jagʻ osti bezlari yalligʻlanadi. Epidemik parotit keng tarqalgan kasallik boʻlib, asosan, 5–15 yashar bolalar kasallanadi. Katta yoshdagi kishilar ham kasallanishi mumkin. Tepki nihoyatda yuqumli kasallik, ammo 50% bemorlarda simptomsiz kechadi. Bunday bemorlar infeksiya manbai hisoblanadi. Epidemik parotitda bemorning soʻlak bezlaridan tashqari virus boshka a’zolar (me’da osti bezi va qalqonsimon bezlar)ga ham kiradi, markaziy nerv sistemasini shikastlaydi, nervlar ham yalligʻlanadi (polinevrit), quloq, yuz nervlari yengil falajlanadi, eshitish va koʻrish a’zolarining faoliyati buziladi. 13 yoshdan oshgan oʻgʻil bolalarda ba’zan orxit rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari, bolalarda ogʻir asoratlardan meningoentsefalit, poliartrit, pankreatit, nefrit, tireoidit, meningit ham uchraydi.
Immuniteti. Kasallikdan soʻng, turgʻun, umrning oxirigacha saqlanadigan immunitet hosil boʻladi. Onadan homilaga passiv immunitet (antitelolar) oʻtadi, shu sababli chaqaloqlar 6 oy davomida kasallanmaydi.
Laboratoriya tashhisi. Tekshirish uchun siydik, soʻlak, meningit va meningoentsefalit holatlarida orqa miya suyuqligi olinadi. Virusni ajratib olish uchun tekshiriluvchi material 7–8 kunlik tovuq embrioniga, hujayra kulturalariga yuqtiriladi. Soʻngra ajratib olingan virus GATR, IFR, NR, KBR, GAR yordamida identifikatsiya qilinadi. Serologik tashhis qoʻyish uchun bemor zardobidagi antitelolar KBR, GATR reaksiyalari bilan aniqlanadi. Juft zardoblarni tekshirish yaxshi natija beradi.
Davosi va profilaktikasi. Kasallik belgilariga qarab davolanadi, bemorga immunoglobulin yuborilganda, kasallik yengil kechadi.
Maxsus profilaktikasi uchun tirik monovaksina qizamiq, qizilcha vaksinalari bilan birga qoʻllaniladi, bir yoshdan katta bolalar, ba’zan parotit bilan ogʻrimagan kattalar ham emlanishi mumkin.
Qizamiq virusi
Qizamiq (gul)ni virus qoʻzgʻatishini 1911-yili T.Anderson va J.Goldberglar aniqlashgan. 1954-yili J.Enders va T.Piblslar hujayra kulturasidan virusning sof kulturasini ajratib oldilar. Bu virus Морбилливирус turkumiga mansub.
Morfologiyasi. Qizamiq virusi oʻzining xususiyatlariga koʻra toʻliq paramiksoviruslarga oʻxshash, ammo unda neyroaminidaza fermenti boʻlmaydi. Virusning tashqi qobigʻida faqat gemagglyutininlar joylashgan.
Koʻpaytirish (reproduksiyasi). Virus tovuq embrionida koʻpaymaydi. Uni odam embrioni va maymun buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalarida koʻpaytiriladi. Bundan tashqari, odam amnioni va undiriluvchi hujayra kulturalarida (Ҳела, КБ, Веро va boshqalar) sitopatik ta’sir koʻrsatib koʻpayadi. Natijada simplastlar, ya’ni koʻp yadroli hujayralar hosil boʻladi. Virus kirgan hujayra sitoplazmasida atsidofil, yadrosida bazofil kiritmalar vujudga keladi.
Antigenlari. Virusning serotiplari aniqlanmagan. Qizamiq virusining shtammlari orasida tashqi qobigʻining antigeni (В-antigen) gemagglyutinin va membrana oqsillari bor.Virus tarkibida neyrominidaza uchramaydi. Maymun eritrotsitlari bilan agglyutinatsiya beradi, ammo tovuq, dengiz choʻchqachasi va boshqa hayvonlar eritrotsitlari bilan agglyutinatsiya bermaydi.
Chidamliligi. Virus 560S haroratda 30 daqiqada faolligini yoʻqotadi, efir va detergentlarga, rN 2,0–4,0 boʻlgan muhitlarga ta’sirchan, past haroratga (–700S) chidamli. Quyosh nuri ta’siriga nihoyatda chidamsiz. Shuning uchun qizamiq virusiga qarshi dezinfeksiya choralari qoʻllanilmaydi.
Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Tabiiy sharoitda hayvonlar qizamiq bilan kasallanmaydi. Maymunlarga virusni yuqtirib, kasallik belgilarini yuzaga keltirish mumkin.
Kasallikning odamlardagi patogenezi va klinikasi. Infeksiya manbai bemor; virus havo-tomchi yoʻli orqali yuqadi. Virus dastlab yuqori nafas yoʻlidagi epitelial xujayralarga kiradi va shilliq qavat, burun-halqum, traxeya va bronxlarning epiteliy hujayralarida koʻpayadi, soʻngra qonga tushadi. Virus qon kapillyarlarining endoteliy hujayralarini shikastlaydi. Bu hujayralar nekrozga uchrashi natijasida terida toshmalar paydo boʻladi. Ayrim hollarda virus markaziy nerv sistemasiga borib entsefalomiyelitni qoʻzgʻatadi. Kasallik 4 bosqichda kechadi. Uning haqiqiy shaklida yashirin davr 10–14 kun boʻlib, prodromal davrda oʻtkir respirator kasalliklarga xos alomatlar (rinit, faringit, konyunktivit) paydo boʻladi. Kasallik oʻtkir boshlanib, bemorning harorati koʻtariladi, tumov boʻladi, quruq yoʻtaladi, koʻzi qizarib yoshlanadi, yorugʻlikka qaray olmaydi, tovushi boʻgʻilib qoladi. Bu davrda lunj shilliq pardasi atrofida qizil gardish
bilan oʻralgan mayda oq dogʻlar (Filatov–Koplik dogʻlari) paydo boʻladi. Papulali toshmalar bosh terisidan (peshona va quloqning orqa qismlaridan) boshlanib, keyin butun badanga toshadi. Isitma 7–8 kun davom etadi.
Qizamiqqa, odatda, hamma kishilar, xususan bolalar beriluvchan boʻladi, ammo oldin qizamiq bilan kasallanmagan kattalar ham kasallanishi mumkin. Kasallikning asorati 8–10 yoshdan katta bolalarda rivojlanadi. Kasallik koʻpincha qish, bahor fasllarida uchraydi. Qizamiq virusi tabiatda epidemiya yoki pandemiya koʻrinishida tarqaladi. Virus yoʻldosh orqali homilaga ham yuqishi, bunda u oʻlik yoki nogiron boʻlib tugʻilishi mumkin. Kasallik kattalarda ogʻirroq kechadi.
Immuniteti. Kasallikdan soʻng turgʻun immunitet qoladi. Qayta kasallinish deyarli uchramaydi. Qon zardobida komplementni bogʻlovchi antitelolar, gemagglyutininlar hosil boʻladi. Qizamiqqa qarshi ИгГ sinfi antitelolari yoʻldosh orqali homila organizmiga oʻtadi va yangi tugʻilgan chaqaloqlarni 6-oygacha virusdan himoya qiladi.
Laboratoriya tashhisi. Qizamiqqa tashhis qoʻyishda 95% bemorlarda uchraydigan Filatov–Koplik dogʻlari borligiga, klinik belgilarga va epidemiologik ma’lumotlarga asoslaniladi. Virus antigenini topish uchun burun-halqum shilliq qavatida rinotsitologik tekshirishlar oʻtkaziladi. IF usuli uchun tekshiriluvchi material, maymun buyragi va odam amnionidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturasiga yuqtiriladi va virusning hujayra patogen ta’siri oʻrganiladi. Bemorning juft qon zardobidagi antitelolar KBR, GATR, neytrallash reaksiyalari yordamida aniqlanadi.
Davosi va profilaktikasi. Qizamiqning maxsus davosi yoʻq. Kasallikdan soʻng paydo boʻladigan ikkilamchi infeksiyalar antibiotiklar bilan davolanadi.
Oldini olish uchun maxsus qizamiqqa qarshi immunoglobulindan 1,5 yoki 3 ml yuboriladi. Passiv immunitet 30 kun davom etadi. Immunoglobulin, odatda, kasallikning oldini olmay, uning yengil kechishini ta’minlaydi.
Maxsus profilaktikasi uchun bolalar tirik vaksina bilan ( oylikda 0,5 ml va 16 oylikda 0,5 ml epidparatit vaksinasi bilan birga teri ostiga emlanadi. Hozir endemik parotit, qizamiq va qizilchaga qarshi umumiy tirik vaksinalar ham mavjud. Emlanganlarning 95-97% da immunitet rivojlanadi.
Respirator-sinsitial virus
Virusni 1956-yili AQSH da J.Morris respirator kasallik bilan ogʻrigan shimpanzedan ajratib oldi va unga RS (inglizcha РС-Респираторй сйнcйтиа) deb nom berildi, chunki bu viruslar hujayra kulturalarida
koʻpayib, hujayra toʻri (sinsitiy) – “toʻrli toʻqima”ni hosil qiladi. RS- Virus Пнеумовирус turiga mansub, bularga sichqonlarda zotiljam qoʻzgʻatuvchi viruslar ham kiradi. Morfologiyasi. RS-virus sferik shaklga ega, oʻlchami 120–200 nm. Boshqa paramiksoviruslardan farq qilib tashqi yuzasidagi oʻsimtalari uzunroq (12–16 nm), virion polimorfizm boʻlib, 10 xil oqsil sintezini nazorat qiladi. Ulardan 2 tasi (НҲ va Ф) yuzaki glikoproteinlardir. Shu bilan bir qatorda, RS-virusda virus maxsus komplementni bogʻlovchi antigeni bor, ammo gemagglyutinatsiya, gemadsorbsiya qilish xususiyati va neyraminidaza faolligi yoʻq.
Koʻpaytirish. RS-virus maymun buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra va undiriluvchi oʻsma hujayra kulturalarida (Ҳела, Ҳеп-2, КБ) yaxshi koʻpayadi. Hujayralarga patogen ta’sir etib simplastlar va sinsitiylar hosil qiladi. Tovuq embrionida RS-virus koʻpaymaydi.
Antigenlari. Har xil odamlardan ajratib olingan shtammlar antigenlariga koʻra bir-biridan farq qiladi, bu holat virionning tashqi qobigʻidagi glikoproteinlarning oʻzgarishi bilan bogʻliq. Virusning ikkita serotipi ma’lum.
Chidamliligi. RS-virus oʻta labil boʻlib, efir, detergentlar ta’siriga va muzlatishga chidamsiz. Qizdirilganda bir necha daqiqada oʻz faolligini yoʻqotadi.
Kasallikning odamlardagi patogenezi va klinikasi. RS-viruslar havo-tomchi yoʻli orqali yuqadi. Yashirin davri 3–5 kun. Virus yuqori va pastki nafas yoʻllaridagi shilliq qavatning epitelial hujayralarida koʻpayadi. RS-virus odamlarda, ayniqsa yosh bolalarda (6 oygacha) nafas yoʻllarining oʻtkir kasalliklari: bronxit, zotiljam, rinitni qoʻzgʻatadi. Kasallik 5–6 kun davom etadi. U, odatda, bolalar orasida kuz va qish fasllarida uchraydi. RS-viruslar qoʻzgʻatadigan epidemiyalar har yili qaytariladi.
Kasallikni boshdan kechirgandan soʻng qon zardobida virus maxsus turli xil immunoglobulinlar paydo boʻladi, bulardan сИгА muhim ahamiyatga ega. Kasallikdan hosil boʻlgan immunitet kuchi bir yilga yetmaydi. Shu sababli kasallik qayta uchraydi, ayniqsa yosh bolalar koʻp kasallanadi, qon zardobidagi antitelolar qayta kasallanishdan himoya qilolmaydi. Balki bunga RS-virusning serotiplari koʻp boʻlganligi, virusning hujayraviy va gumoral immunitetni susaytirishi sabab boʻlsa kerak. Shuning uchun kasallikning asorati sifatida ikkilamchi bakterial infeksiyalar koʻp uchraydi.
Laboratoriya tashhisi. Tekshirish uchun burun-halqum suyuqligi, nobud boʻlgan bolalarning oʻpka, traxeya, bronx toʻqimalari tekshiriladi. Tezkor
usul yordamida burun-halqum suyuqligida IF reaksiyasi bilan maxsus antigen, koʻp yadroli hujayralar va bronxlarning shilliq qavatidagi epitelial hujayralarida sinsitiylar topiladi.
Virusni ajratib olish uchun tekshiriladigan material undiriluvchi Ҳела, Ҳеп-2, КБ, ФЛ hamda odam va dengiz choʻchqachasi embrionidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalariga yuqtiriladi. Oradan 24–48 soat oʻtgach juda yirik koʻp yadroli hujayralar va sitoplazmatik kiritmalarga ega sinsitiylar paydo boʻladi, 4–5 kun oʻtgach hujayralar toʻliq parchalanadi. Ajratib olingan virusni identifikatsiya qilish uchun kulturalarda IFA hujayra neytrallash va komplementni bogʻlash reaksiyalaridan foydalaniladi. Bemorlarning juft qon zardobidagi antitelolarni aniqlash uchun KBR va NR kabi serologik reaksiyalar qoʻllaniladi.
Maxsus davosi va profilaktikasi ishlab chiqilmagan. Asosan simptomatik davo, ikkilamchi bakterial infeksiyalarga qarshi antibiotiklar buyuriladi.

Download 46.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling