2. Mavzu. Shahar tushunchasi haqidagi fikrlar


Download 234.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana22.10.2023
Hajmi234.34 Kb.
#1715751
1   2   3   4
Bog'liq
2. ШАХАР 1- bosqich.

Universal shahar ilovasi Shaharliklar uchun kerakli barcha ma’lumotlar 
ilovada birlashtirilishi mumkin. U orqali aqlli shaharda yashaydigan kishi taksi 
chaqirishi, to‘lovlarni amalga oshirishi, hukumat vakillariga yo‘ldagi o‘nqir-
cho‘nqir joylar haqida xabar berishi, aynan shu fursatda shaharning qaysi qismida 
tirbandliklar va to‘xtash joyidagi bo‘sh o‘rinlar haqida bilib olishi mumkin. Aynan 
shunday dastur hozirda CHikagoda ishlaydi. 
Haydovchisiz avtomobillar Tesla, Uber va Google o‘z texnologiyalaridan 
yo‘llarda foydalanishga shay. Yo‘l belgilarini hisoblaydigan haydovchisiz 
avtomobillar esa kun kelib qo‘lda boshqariladigan harakatlanish vositalarini siqib 
chiqaradi. Biroq aqlli shaharda bari o‘zgacha ishlashi ham mumkin: bunday 
avtomobillar tarmoqqa birlashtiriladi va marshrutni rejalashtirishda joylashuvdan 
kelib chiqish ish ko‘riladi. Bu ancha xavfsiz bo‘lishi lozim. Haydovchisiz 
avtomobillar yo‘ldagi avariya holatlari va to‘xtash joylaridagi bo‘sh o‘rinlar haqida 
ham oldindan ma’lumot olishlari mumkin. 
Aqlli to‘xtash joylari Amerika intellektual transport jamiyati tadqiqoti 
shuni ko‘rsatdiki, tirbandliklarning 30 foizi avtomobil ishqibozlarining to‘xtash 
joyini uzoq qidirishi natijasida paydo bo‘lar ekan. Aqlli shahar konsepsiyasi esa bu 
jarayonni ilova yordamida osonlashtiradi. Maxsus datchiklar to‘xtash joyi vaqtini 


soniyasigacha aniqlikda o‘lchay oladi: pul miqdori ham kartadan avtomatik 
ravishda echib olinadi. To‘xtash joyi sensorlaridan AQSh va Evropaning ko‘plab 
joylarida foydalanishadi: tizim birinchilardan bo‘lib Parij va Kanzas-Sitida tatbiq 
etilgan. 
Aqlli yoritgich Biz qorong‘u tushganida ishga tushadigan ko‘cha fonuslari 
haqida aytdik. Biroq aqlli uy konsepsiyasi bundan ham qiziqroq ssenariylarni 
ko‘zda tutadi. Masalan, Amerikaning San-Antonio shahrida yomg‘irdan keyin 
transport arteriyalari bo‘ylab qo‘yilgan fonuslar yorug‘roq nur taratadi. SHu tariqa 
haydovchilar sirpanish ehtimoli yuqori bo‘lgan yo‘lni yaxshiroq ko‘ra olishadi. 

Download 234.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling