2-Mavzu: Shaxs va shaxs psixik taraqqiyoti Mavzu rejasi
Download 482.85 Kb.
|
2-Mavzu Shaxs va shaxs psixik taraqqiyoti Mavzu rejasi
Xotira qonunlari.
Shu o’rinda xotiraning sakkiz qonunini eslab qolishni taklif etamiz: Anglanganlik qonuni. Oddiy, lekin murakkab qonun, ya’ni berilgan materialni qanchalik chuqur anglasak, shunchalik uni mustahkam xotirada muxirlagan bo’lamiz. Qiziqish qonuni. Anatol Frans: bilimlarni yaxshi hazm qilish uchun uni ishtaha bilan yutish kerak» deganda, albatta, materialga jonli qiziqish bilan munosabatda bo’lishimiz va uni yaxshi ko‘rishimiz kerakligini nazarda tutgan. Ilgarigi bilimlar qonuni. Ma’lum mavzu yuzasidan bilimlar qanchalik ko’p bo‘lsa, yangisini esda saqlab qolish shunchalik oson bo‘ladi. Masalan, ilgari o’qigan biror kitobni qaytadan o‘qib, uni yangidan o’qiyotganday his qilsangiz, demak siz ilgarigi tajribangiz yetishmaganligidan uni yaxshi o’zlashtira olmaganligingizni his qilishingiz mumkin. Demak, eski bilimlar ham tajribaga aylangandagina, yangilariga zamin bo’la oladi. Eslab qolishga tayyorlik qonuni. Biror materialni eslab qolishdan avval, bo’lg’usi aqliy ishga qanday hozirlik ko‘rgan bo‘lsangiz, shunga mos tarzda eslab qolasiz. Masalan, fizika o’qituvchisining barcha darslari sizga doim ma’qul bo‘lgan bo‘lsa, Siz: «bugun ham yangi narsa o‘rganib chiqaman», deb uzingizni ishontirasiz va okibatda natija ham yaxshi bo‘ladi. Assotsiatsiyalar qonuni. Bu qonun xakida eramizdan avval Arastu ham yozgan edi. qonunning moxiyati shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar xotirada ham yonma-yon bo‘ladi. Masalan, aynan konkret xona usha yerda ro’y bergan hodisalarni ham eslatadi. Birin-ketinlik qonuni. Harflarni alfavitdagi tartibda yoddan aytish oson, uni teskarisiga aytish qiyin bo‘lganidek, xotirada ham ma’lumotlarni ma’lum tartibda joylashtirishgava kerak bo‘lganda, tartib bilan birin-ketin tiklash maqsadga muvofikdir. Kuchli taassurotlar qonuni. Eslab qolinadigan narsa to’g’risidagi birinchi taassurot qanchalik kuchli bo‘lsa, unga aloqador obraz ham shunchali yorqin bo‘ladi. Bundan tashqarii, siz uchun ahamiyatli va jozibali ma’lumotlar oqimida eslanayotgan material ham yaxshi esga tushiriladi. Tormozlanish qonuni. Har qanday muayyan ma’lumot o’zidan oldingi ma’lumotni tormozlaydi. Shuning uchun uning uchib ketmasligi uchun yangini esda saqlashdan avval mustahkamlash choralarini ko‘rishingiz kerak. Turli odamlarning xotirasi bir-biridan farq qiladi. Ayrim odamlar taz, aniq va uzoq vaqt, boshqalar sekin va qisqa muddat esida qoldiradi, uchinchi xildagi odamlarning xotirasi na puxta va na to‘liq bo‘lmaydi, yana bir xil odamlar esa zarur materialni vaqtida esga tushirishida qiynaladi. Download 482.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling