2-mavzu. Shaxs va shaxsning psixik taraqqiyoti Reja
Sezgilar klassifikatsiyasi
Download 260.78 Kb.
|
2-mavzu. Shaxs va shaxsning psixik taraqqiyoti Reja-fayllar.org (1)
Sezgilar klassifikatsiyasi.
Sezgilar turli tuman bo‘ladi. Sezgilar odatda kaysi sezgi a’zosi orqali hosil kilinishiga qarab,kuyidagi turlarga bulinadi. Ko‘rish sezgilari, eshitish sezgilari, hid bilish sezgilari, maza (tam)sezgilari, teri sezgilari, harakat sezgilari, tana muvozanati sezgilari, va organik sezgilar. Retseptorlarning joylashish urniga qarab barcha analizatorlarni uch guruhga bulish mumkin. Birinchi guruhga retseptorlar organizmning sirtida joylashgan va tashqi ta’sirga qulay analizatorlar kiradi. (Ilmiy adabiyotda ularni eksteretseptorlar deb qabul etilgan). Ko‘rish, eshitish, teri, hid va maza sezgilari analizatorlarning ishi bilan bog‘liq. Ikkinchi guruhga retseptorlari ichki organlarga joylashgan (Interetseptorlar) va ichki qo‘zg‘atishlar ta’siri uchun kulay bo‘lgan analizatorlar kiradi. Ular ichki organlarning turli holatidan signal (xabar) beradi. Uchinchi guruhga harakat analizatorlar va muvozanat analizatori (proprioretseptorlar) kiradi. Insonning hayoti va faoliyatida ko‘rish sezgilarining benihoya roli katta. Teri sezgilari narsalarning mexaniq va psixik xossalarining terining sirt qismiga ta’sir etishi natijasida paydo bo‘ladi, bu qo‘zg‘alish terining orqa markaziy burmalar atrofida joylashgan analizatorning pust qismiga utkaziladi. Teri sezgisi ogrik sezgilariga, harorat sezgilariga va taktil sezgilarga bulinadi. Ogrik sezgilari juda xilma-xil qo‘zg‘atgichlar (issiqlik, mexanik va ximiyaviy qo‘zg‘atgichlar) tomonidan, ular organizmning tirik tukimalarini buza boshlashi bilanoq paydo bula boshlaydi. Bu sezgilar himoyaviy ahamiyatga yega bo‘lib, shu ma’noda ular juda muhim rol uynaydi. Harorat (issiklik) sezgilari issiqk va sovuqni sezishdan iborat. Issiq yoki sovukni sezishning alohida-alohida nerv uchlari bo‘ladi. Ular terining turli qismlarida notekis joylashgan. Masalan, kulimiz terisidan orqamizdagiga qaraganda harorat nuktalarining soni kamrok. Orqaning issik-sovukka ortik darajadagi sezgiligi mana shu bilan izohlanadi. Taktil sezgilarning retseptorlari ham terining yuza katlamida joylashgan nerv uchlaridir. Ular kul barmoklarining uchida va tilda eng zich joylashgan bo‘ladi. Taktil sezgilarga biron narsaning tekkanini, bosimni va tebranishni sezishlar kiradi. Hid bilish sezgilari moddalar hidining tegishli nerv ichlari joylashgan burun shillik pardasiga ta’sir etishi natijasida hosil bo‘ladi. Hid bilish sezgilari tam sezgilari bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Ovqatning hidi uning tami bilan qo‘shilib ketadi. Ichki sezgilarga ochlik, tuklik, tashnalik, ko‘ngil aynishi va boshqalarni sezish kiradi. Ular organik sezgilar deb ataladi. Organik sezgilarning retseptorlari ichki organlarda joylashgan bo‘lib, ular qo‘zg‘olganda nerv impulslarini bosh miya kobigining tegishli bulimlariga yetkazadi. Chunki guruhga muvozanat va harakat sezgilari kiradi. Muvozanat sezgilari tananing fazodagi holati xakida signal beradi. Bu sezgilarning retseptori ichki quloqning daxlizi va yarim doira shaklidagi kanallaridan tuzilgan. Vestyublyar apparat bo‘lib qo‘zg‘alish bu aparatdan bosh miya po‘stining chakka qismiga uzatiladi. Bu analizator buzilsa kishi fazorda muvozanat saqlay olmaydi. Harakat sezgilari harakat organlarida sodir buluvchi jarayonlar tufayli ro‘y beradi. Ularning retseptorlari mushaklarning ichida hamda paylarda joylashgan nerv uchlaridir. Harakatlanish jarayonida mushak va paylarning qisqarishi va bo‘shashi bu nerv uchlarida qo‘zg‘alish hosil qiladi. Bu qo‘zg‘alish olidingi markaziy burmalarning oldingi bo‘lmasida joylashgan pust qismiga uzatiladi. Bu sezgilar inson hayot iva faoliyatida juda muhim rol’ uynaydi. Download 260.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling