2-mavzu. Shaxs va shaxsning psixik taraqqiyoti Reja


Download 260.78 Kb.
bet20/35
Sana26.10.2023
Hajmi260.78 Kb.
#1723564
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
Bog'liq
2-mavzu. Shaxs va shaxsning psixik taraqqiyoti Reja-fayllar.org (1)

Idrokning turlari.
Idrok quyidagi turlarga bo‘linadi;
  1. Idrok jarayonida qaysi analizatorning yyetakchi rol o‘ynashiga qarab; ko‘rish, eshitish, hid bilish, teri, ta’m bilish, harakat idroklariga;


  2. Materiyaning yashash shakllariga qarab; fazoni, vaqtni, harakatni idrok qilishga;


  3. Faolligiga qarab; ixtiyoriy va ixtiyorsiz kabi idroklarga bo‘linadi.


Idrok sezgi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib analizatorlarning joylashuviga ko‘ra ko‘rish idroki, eshitish idroki hid bilish idroki, ta’m bilish idroki tuyish, va hokazolarga bulinadi. Faolligiga ko‘ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo‘linadi.


Idrok ixtiyorsiz va ixtiyoriy degan xillarga ham ajraladi. Ixtiyorsiz idrokda narsalar odamning ongida avvaldan maqsad qo‘yilmagan holda aks ettiriladi. Odatda narsa va hodisalarning tashqi xususiyatlari, kishining xis-tuygulariga ta’sir etishi ixtiyorsiz idrokni vujudga keltiradi. Ixtiyoriy idrokda odam o‘z oldiga muayyan maqsad, vazifa qo‘ygan bo‘ladi. Ixtiyoriy idrokda odam shunchaki eshitmaydi, balki tinglaydi, shunchaki kuzdan kechirmaydi, balki sinchiklab kuradi. Ixtiyoriy idrok ko‘p hollarda Biron faoliyatning tarkibiga kirgan bo‘ladi. Kuzatish ixtiyoriy idrokning turlaridan biri hisoblanadi. Kuzatish maqsadga qaratilgan, uyushgan, ozmi-ko‘pmi ko‘pirok vaqt davom etadigan idrokdir. Kuzatishda, odatda, kishi o‘z oldiga maqsad kuyadi: Biron-bir obyekt, hodisa yo‘z beruvchi uzgarishlarni kuzatadi. Tevarak olamdagi narsalarni idrok qilish bilan birga, biz ularning fazoviy xususiyatlarini – shakli, katta-kichikligi, o‘zaro bir-biridan va bizdan kanchalik uzoq-yaqinligini ham idrok qilamiz. Hodisalarni idrok qilarmiz, biz ularning vaqt xarakteristikalirini – odamning tugma xususiyati hisoblanmaydi. Agar yosh gudakning, shuningdek, onadan kur bo‘lib tugilib, keyinchalik operatsiya qilish orqali Kuzi ochilgan kishilarning xatti-harakatini kuzatsak, bunga ishonch hosil qilish qiyin emas. Yosh go‘dak tepaga osib qo‘yilgan o‘yinchoqqa tomon qo‘l cho‘zish va uni ushlashni ko‘p marta mashq qilish natijasida o‘rganib oladi. Avvaliga esa, o‘yinchoq o‘zining rangdorligi bilan bolaning e’tiborini jalb qilib, bolada biror-bir oriyentirovka reaksiyasini vujudga keltirsa-da, bola hatto o‘yinchoqka ko‘proq qarab turishning ham uddasidan chiqmaydi. Operatsiyadan so‘ng ko‘zi ochilgan kishilar dastlabki paytda sharni ko‘pincha doira sifatida idrok qiladilar, yaqin masofadagi mayda narsalar ularning ko‘ziga katta bo‘lib, uzoqroq masofadagi narsalar esa kichik bo‘lib, ya’ni ko‘zning to‘r pardasiga aks ettirilgan obrazning katta-kichikligi muvofiq ravishda ko‘ringan. Narsaning konturi buyicha ko‘z yurgurtirish natijasida narsaning shakli idrok qilinadi. Sechenov ko‘zni narsaning konturini paypaslovchi o‘ziga xos changallardir deb atagan edi. Ammo ko‘zning bu xususyaiti faqat yassi shakllarnigina idrok qilish imkonini beradi.
Hajmli shaklni idrok qilishda binokulyaar ko‘rish ishga tushadi, ikki ko‘z bilan ko‘riladi. Ikki ko‘z bir-biridan ma’lum oraliqda bo‘lgani uchun narsaning o‘ng va chap ko‘z to‘r pardalariga tushgan surati bir-biriga aynan o‘xshash bo‘lmaydi. Har bir ko‘z narsaning unga qaragan tomonini ko‘proq ko‘radi. Ikki ko‘zdan har biri orqali olingan va bir-biridan bir oz farqlanuvchi suratlar birga qo‘shilishi natijasida yagona, lekin hamma obraz yuzaga keladi. Hajmni idrok qilishda yorug‘ va soyaning joylashuvini hisobga olish katta ahamiyatga ega. Narsaning bo‘rtib chiqqan qismi odatda yaxshi yoritilgan bo‘ladi. Vaqtni idrok qilish deyilganda, hodisalar ketma-ketligi va davomiyligini miyada aks etishi tushuniladi. Hodisalarning vaqt jihatidan yondosh ta’sir ko‘rsatishlari sababli shartli refleks bog‘lanishlarining vujudga kelishi bilan natijada hodisalar miyada izchil aks etadi. Chaqmoq chaqishi bilan momaqaldiroq va bulut bilan yomg‘ir o‘zaro sabab natija aloqalariga ko‘ra ham, shuning bilan birga, o‘zaro muayyan tartibda va faqat vaqt jihatdan bog‘lanishiga ko‘ra ham aks etishi mumkin. Ijtimoiy hayot jarayonida insoniyat vaqt o‘lchovlari sistemasini – sekund, minut, soat, kun, hafta, oy, yil, asr va hokazolarni ishlab chiqqan bo‘lib, bularni bilishga o‘rgatish kishilarning savodini oshirishda g‘oyat muhim vazifadir. Narsalar fazoda o‘z joyini o‘zgaritirib turadi. Bu holning miyamizda aks etishi psixologiyada harakatni idrok qilish deb ataladi. Agar narsa fazoda harakatda bo‘lsa, biz uning harakatini idrok qilamiz, harakatdagi narsa yaxshiroq ko‘rish (eshitish) doirasidan chetga chiqaverishi sababli ham biz uni e’tibordan qochirmaslik uchun, unga tomon qaraymiz hamda boshimizni buramiz.
Idrokning muhim jabhalari va tarkiblari mohiyatiga kiruvchilar qatoriga ko‘z bilan aks ettirishning negizi bo‘lmish ko‘z harakatlari kiradi. Ular o‘zlarining tuzilishi, kelib chiqishi, vaqtliligi, sur’ati kabi belgilariga binoan, quyidagi turlarga ajratiladi.
1. Konvergensiya (lotincha yaqinlashish, qo‘shilish demakdir) ikkala ko‘zning ko‘rish o‘qlarining yaqinlashuvi natijasida to‘r pardasida jismning ikqilanishiga yo‘l qo‘ymaslikda o‘z ifodasini topadi.
2. Divergensiya (lotincha uzoqlashish) ko‘zning vergent harakatlarining bir turi bo‘lib, bir-biridan muayyan masofada to‘rgan nuqtalarini qayd qilishda ko‘rish o‘qlarining uzoqlashuvidan iborat harakat.
3. Gorizontal harakat, ya’ni ko‘zning bir xil tekislikdagi ikki nuqta oraliq bo‘yicha narsalarning qayd qilishidir.
4. Vertikal harakat har xil fazoviy joylashuviga ega bo‘lgan nuqtalar o‘rtasida aloqani tiklashdan iborat ko‘z harakati yordami bilan idrok qilinishidir.
5. Siklofuzion (yunoncha doira, aylana) harakat, harakatlanuvchi jismlarni ko‘z qorachig‘i yordamida aniqtasvirini aks ettirishidir.
6. Torsion (fransuzcha aylantirish) harakat ko‘z o‘qi atrofida jismlarni aylanib turgan holda qayd qilishdir.
7. Version (lotincha harakatlanaman, aylanaman demakdir) harakat ko‘zning makro harakatlari doirasiga kirib, ko‘rish burchagini kuzatish, tezlikni o‘zgartirmasdan kuzatiluvchi obyektni idrok qilishda ishtirok etishidir.
8. Vergen (lotincha og‘ish, qiyshayish) harakat ko‘zning makro harakatlari tarkibiga kirib, o‘ng va chap ko‘zlarining ko‘rish o‘qlari burchagi o‘zgarishiga olib keladi va hokazo.
Idrok fazo, vaqt va harakat idroklariga bo‘linadi.
Fazoni (idrok) teri sezgilari va muskul harakat vositasi bilan idrok etganda ko‘z bilan qarab ham, ko‘z bilan qaramasdan ham ilrok qilish mumkin. Fazoviy munosabatlarni farqlashning muhim mohiyatlaridan biri. Narsalarning boshqa narsalarga yoki kuzatuvchiga nisbatan yo‘nalishlarini idrok qilishdan iboratdir.
Harakatni idrok qilish narsalarning fazodagi holatining o‘zgarganligini aks ettirishdan iboratdir. Vaqt fazo kabi materiya mavjudligining asosiy imkonlaridan biridir. Vaqtni ilrok qilish vahiylikdagi hodisalarning davomiyligini, tezligini va izchilligi aks ettirishdan iborat. Fazo munosabatlarini, narsalarning formasini, hajmi katta kichikligini ko‘z bilan idrok qilamiz.
Fazoni bir ko‘zimiz bilan ham monokulyar ikki ko‘zimiz bilan binokulyar idrok qilish. Ko‘z gavharining ko‘zning ravshan ko‘rish uchun uyg‘unlashuvining akkomodatsiya deb ataladi.

Download 260.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling