2-mavzu. Shaxs va shaxsning psixik taraqqiyoti Reja
Idrok haqida umumiy tushuncha
Download 119.73 Kb.
|
2 mavzu Psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Idrokning fiziologik asoslari.
Idrok haqida umumiy tushuncha.
Idrok tushunchasi lotin tilida «regserio» qabul qilish, idrok deb nomlanadi, uning yuqori bosqichi esa «appersensiya» (lotincha regseryo idrok, qabul qilish) deyiladi Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo‘lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi. Idrok yoki qabul qilish shaxsning obyektivreallikdagi voqea-hodisalarning va predmetlarni aks ettirishdagi murakkablik, yaxlitlik va to‘laligi bilan sezgirdan farq qiluvchi ruhiy jarayondir. Sezgilar yordamida predmetlarning, narsa va hodisalarning ayrim tomonlari, ba’zi xususiyatlari bilib olinadi. Har bir predmet yoki voqea-hodisada ayrim belgilardan tashqari turlicha sifatlar va xususiyatlarning yaxlit kompleksi mujassam bo‘ladiki, odam ularni butun formada, yaxlit tarzda aks ettiradi. Shuning uchun ham sezgilarga qaraganda idrok voqelikni aks ettirishning murakkab tomonidir. Idrok jarayonida narsalar obrazini to‘la aks attrishining sababi shundaki, odam miyasida hayot davomida turli-tuman qo‘zg‘aluvchilar ta’siri tufayli juda ko‘p muvaqqat bog‘lanishlarvujudga kelgan bo‘ladi. Tajribasiz odamda esa bunday xususiyat bo‘lmaydi, ya’ni u idrok qilayotgan narsaning tub mohiyatiga tushunib yetmaydi. Psixologlarning fikricha, inson nimaniqi idrok kilsa, uni figura va fonda idrok qiladi. Figura – shunday narsaki uni aniqlash, ajratish, ko‘rish, eshitish va tuyish mumkin, fon esa aksincha noaniqrok, yumshokrok narsa bo‘lib aniq obyektni ajratishga yordam beradi. Idrok - bu bilishimizning shunday shakliki u borlikdagi ko‘plab xilma-xil predmet va hodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo‘lgan obyektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks ettishimizni taminlaydi. Ya’ni idrokning asosida narsa va hodisaning yaxlitlashgan obrazi yotadiki bu obraz boshqalaridan farq qiladi. Idrokning fiziologik asoslari. Idrok sezgi kabi reflektor jarayondir. I.P.Pavlov idrokning asosi tashqi olamdagi narsalari yoki hodisalarning retseptorlarga ta’sir etishi tufayli bosh miya katta yarim sharlarining pustida yuzaga keladigan shartli reflekslar, ya’ni vaqtli nerv bog‘lanishlari ekanligini kursatib bergan. Bunda tashqi olamdagi narsalar yoki hodisalar kompleks qo‘zg‘atuvchilar tarzida ta’sir qiladi. Bu kompleks qo‘zg‘atuvchilar analizatorlarning miya pustidagi qismlarida murakkab analiz va sintez qilinadi. Idrok sezgilarga nisbatan miya analitik- sintetik faoliyatining yuksak formasi hisoblanadi. Idrokning nerv-fiziologik asosi ham sezgilarning nerv-fiziologik asosiga qaraganda murakkabdir. Idrok jarayonining nerv-fiziologik asosida bir necha sezgi a’zolariga barobar ta’sir etuvchi kompleks qo‘zg‘atuvchilarning ta’siri natijasida bosh miya pustida hosil bo‘ladigan sintez jarayoni, ya’ni vaqtli bog‘lanishlar (shartli reflekslar)ning hosil bulishi yotadi. Bundan tashkari, idrok jarayonining nerv-fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signallar sistemalarining faoliyatlari bilan ham bog‘liqdir. Idrok obrazining yuzaga kelishidan iborat murakkab jarayonning asosi ichki analizator va analizatorlararo bog‘lanishlar sistemasidir. Bunday bog‘lanishlar qo‘zg‘atuvchilarni farqlashning eng qulay sharoitlarini va narsalar xususiyatlarining murakkab butunlik sifatida o‘zaro munosabatlarini hisobga olishni ta’minlaydi. Tashqi ta’sir katta yarim sharlar po‘stlog‘ida birlashtiriladi, organizmning bir qancha qo‘zg‘ovchilar ta’siriga reaksiyasi bir-biri bilan bog‘lanadi. Har bir predmetdagi xossalarning yig‘indisiga qarab odam ularni bir-biridan farq qiladi. Download 119.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling