2 mavzu: Shaxsiy ijodkorlik


Download 22.57 Kb.
bet1/4
Sana14.05.2023
Hajmi22.57 Kb.
#1461245
  1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu. Shaxsiy ijodkorlik


2 - mavzu: Shaxsiy ijodkorlik
Reja:
1. Shaxsiy hayotda ijodkorlik
2. Ijodkor shaxsning xususiyatlari
3. Ijodiy fikrlash yo’lidagi to’siqlar



  1. Shaxsiy hayotda ijodkorlik

Shaxsiy ijodkorlik - bu shaxsning yangi, tegishli g'oyalar va istiqbollarni yaratish qobiliyati.
Bolalikda, fikrlash me'yorlari, qoidalari, shablonlari va standartlari hali o'zlashtirilmaganda, odamlar ijodiy fikrlaydi. Bolalarda e'tibor, tasavvur, zukkolik yaxshi rivojlangan. Ular o’ylab chiqaruvchi (to’qimachi – hikoyalar, ertaklar to’qish ma’nosida) va xayolparastlardir. Voyaga etganida, odamlar o'zlarining g'oyalaridan vos kechib, mavjud g'oyalarni nusxalash va takrorlash ehtimoli ko'proq. Kattalar yashirin shaxsiy salohiyatni faollashtirish va qo’llash uchun ko'pincha mantiq tomonidan bostiriladigan ijodiy fikrlashni faollashtirishlari kerak. Ijodkorlik shaxsiy hayotda qiyinchiliklar va inqirozli bosqichlarni yengishga, kasbda - muvaffaqiyatli va talabgir mutaxassis bo'lishga yordam beradi. Ijodiy fikrlash san'at va madaniyat sohasidagi mutaxassislar uchun majburiy bo'lib, inson faoliyatining boshqa sohalarida ham qadrlanadi. Raqobat mavjud bo'lgan hayot sohalarida ijodkorlik ko’proq daromad olish jihatidan ajralib turish, jamiyatda kerakli joyni topish imkoniyati sifatida baholanadi. Bu rezyumelarda, sharhlarda, tavsiyalarda, psixologik portretni tuzishda muhim shaxsiy xususiyat sifatida qayd etiladi. Ijodiy kreativlik progressiv, konstruktiv va ijobiydir. Ijodiy jarayonning natijasi - kashfiyotlar, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflari.
Shaxsiy kreativlikni rivojlantirish quyidagi to'rtta elementni o'z ichiga oladi:

  1. Kreativ fikrlash jarayonini tushunish

  2. Ijodiy fikrlash to’siqlarini va kreativlikni oshirish uchun odamlar foydalanishi mumkin bo'lgan ko'nikmalarni aniqlash;

  3. Yanada yangi g'oyalar va yechimlarni olish uchun yordam beradigan usullardan tez-tez foydalanish

  4. Shaxsiy va professional maqsadlarga erishishga yordam beradigan shaxsiy ijodiy g’ayratni (drayvni) va butun umrlik (uzoq muddatli) ijodiy qarashni aniqlash.



Download 22.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling