2-mavzu: shaxsiy kompyuterlar va ofis texnikasi turlari. Reja


Qattiq disk (Jestkiy disk. HDD- harddiskdrive) -


Download 344.92 Kb.
bet3/4
Sana04.04.2023
Hajmi344.92 Kb.
#1323946
1   2   3   4
Bog'liq
2-Mavzu Shaxsiy kompyuterlar va ofis texnikasi turlari.

Qattiq disk (Jestkiy disk. HDD- harddiskdrive) - bu kompyuter bilan ishlashda foydalaniladigan axborotning doimiy saqlash qurilmasi. Qattiq disk (Vinchester) – kompyuter bilan ishlashda foydalaniladigan, - operatsion tizimlar, dastur-ilovalar, turli xil ma’lumotlar (matn, tasvir, musiqa, filmlar va boshq.) saqlanadigan axborotning doimiy saqlash qurilmasi. Qattiq disk - bu murrakab qurilma hisoblanib kompyuterning sistema blokiga o’rnatiladi va u shleyf deb nomlanuvchi maxsus shnur bilan ona plataga ulangan bo’ladi. Tashqi ko’rinishidan germetik metal quti shaklida bo’lgan bu qurilmaning ichida umumiy o’qqa joylashtirilgan disk, yozuvlarni o’qish uchun magnit vosita, diskni aylantiruvchi mexanizmlari joylashtirilgan. Diskni ikkala tomoniga ham axborotlar yoziladi. Diskning hajmi uning plastinkalarida joylashtirilishi mumkin bo’lgan axborot o’lchov birliklari bilan aniqlanadi. Qattiq diskda axborotlar kompyuter o’chirilganda ham saqlanib qoladi. Zamonaviy kompyuterlarda qattiq disklar hajmi 250 gigabaytgacha axborotlarni saqlay oladi.
Doimiy xotira-kompyuterlarda berilganlar unga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira (BIOS) - kiritish chiqarishning asosiy tizimi mavjud. Bunday xotiradan faqat o’qish mumkin bo’lganligi sababli, u ROM - faqat o’qish uchun ishlatiladi. Vazifasi, kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operatsion sistemaning boshlang’ich yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko’rsatishning asosiy funktsiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.
Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo’lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi.
Videoxotira monitor ekranida video ma’lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Videoxotira bu grafik tasvirlar shakllanadigan maxsus operativ xotiradir.Uning kattaligi 512 Kbdan tortib 4 Mbgacha bo’lishi mumkin va ular 16,7 mln. rangni uzata olish imkoniyatiga ega bo’ladi.


Download 344.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling