2 Mavzu. Signallar. Ma'lumotlarni uzatish sistemalari. Signallar klassifikatsiyasi. Signallamni modulyatsiyalash va detektorlash. Superpozitsiya printsipi. Signallarni matematik tavsiflash. Signallar spektrlari
Download 59.99 Kb. Pdf ko'rish
|
2 - Mavzu. Signallar. Ma'lumotlarni uzatish sistemalari. Signallar klassifikatsiyasi. Signallamni modulyatsiyalash va detektorlash. Superpozitsiya printsipi. Signallarni matematik tavsiflash. Signallar spektrlari. Signal spektri kengligi. Spektri chegaralangan va chegaralanmagan signallar. Ma'lumotlarni signalning diskret kiymatlari orqali uzatish va qabul qilish. Radiotexnik jarayonlar radiotizimlar (radiozanjirlar) yordamida amalga oshiriladi. Axborotni uzatishda radioaloqa tizimining asosini uzatgich, aloqa muhiti va qabul qilgich qurilmalari tashkil qildi. Ular birgalikda radioaloqa tizimi deb ataladi. Bu tizimning blok sxemasi 1.1-rasmda keltirilgan. 1.1-rasm. Radioaloqa tizimining blok sxemasi. Axborotni uzatish uchun mo’ljallangan qurilmalar va shuningdek, elektromagnit to’lqinlar tarqaladigan muhit aloqa kanalini tashkil etadi. Uzatgich jo’natiladigan xabar signallarini (nutq, muzika, tasvir va h.k) radiosignallariga aylantirib beradi. Qabul qiluvchi qurilma esa, boshlang’ich maʻlumotlarni tiklaydigan qurilma hisoblanadi. Hozirgi paytda Elektronika va signallarni qayta ishlash fanining tarmoqlari va uni qo’llanish sohalari ancha kengaygan. Elektronika va signallarni qayta ishlash barcha elektron qayd qilish, avtomatik boshqarish, radioo’lchash, teleboshqarish, hisoblash texnikasi va boshqa ko’pgina elektron sanoati asbob uskunalari va qurilmalarining asosini tashkil etuvchi fan. Zamonaviy fan-texnika va xalq xo’jaligini Elektronika va signallarni qayta ishlashning muhim yo’nalishi bo’lmish mikroelektronikasiz tasavvur etib bo’lmaydi. Mikroelektron qurilmalari fan-texnikaning turli sohalarida ilmiy- tadqiqot ishlarida, elektron hisoblash mashinalarini yangi avlodlarini yaratishda muhim rol o’ynamokda. Fan-texnika taraqqiyoti, ilmiy-texnikaviy inqilob, EHMlarning hayotning barcha jabhalariga kirib borishi, mikroelekronikaning keskin rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq. Hozirgi vaqtda zamonaviy elektronikaning muhim yo’nalishlaridan biri nanoelektronika hamda nanotexnologiyalar sohasida keng izlanishlar olib borilmokda va salmoqli natijalarga erishilgan. Elektron kuchaytirgichlar, generatorlar, radioo’lchash asboblari va boshqa ko’pgina radioelektron asboblarni ishlab chiqarish, texnologik jarayonlarini nazorat qilish hamda ilmiy tadqiqot ishlarini avtomatlashtirishda mikro-elektronika qurilmalari qudratli vosita bo’lib qolmokda. Elektronika va signallarni qayta ishlash vositalaridan foydalanish natijasida ob- havoni bashorat qilish, qazilma boylikni topish, moddalar tarkibini tahlil qilish, tibbiyotda bemorlarga tashxis qo’yish va Shunga o’xshash ko’pgina ishlar ancha osonlashdi. Qisqa qilib aytganda, Elektronika va signallarni qayta ishlash usullari va vositalari tabiatda mavjud moddalarning xossalarini o’rganishni osonlashtirib bizni Ахborot uzatgich Aloqa kanali Qаbul qiluvchi qurilma o’rab olgan olamda materiya tuzilishi va uning qonuniyatlarini chuqurroq tuShunishimizga imkon bermoqda. Download 59.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling