University of geological sciences


Download 5.68 Mb.
bet1/4
Sana03.11.2023
Hajmi5.68 Mb.
#1741727
  1   2   3   4
Bog'liq
4. МАЪРУЗА (1)


FOYDALI QAZILMA KONLARINI QIDIRISH MEZONLARI KLASSIFIKATSIYASI
Ма’ruzachi: B.B.Isakdjanov phone: +99893 514 84 32
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI

РЕЖА


UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
2

Foydali qazilma konlarini qidirish mezonlari klassifikatsiyasi haqida umumiy tushunchalar

FQKIarini qidirishning stratigrafik mezonlari

Qidirish va bashoratlashning fatsial-litologik mezonlari


3
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
Geologik jarayonlar juda ko'p holatlar, sharoitlar, vaziyatlar va sabablarga bog'liq bo‘lgan ко‘p faktorli jarayonlardir. Bu jarayonlarda turli minerallar, qamrovchi jinslar, stmkturalar va boshqa geologik obyektlar ishtirok etadi. Bular haqidagi ma’lumotlarni turli geologik fanlar o'rgatadi. Bu fanlardan to'plangan bilimlar va ko'nikmalarning barchasi qidirish uchun qoMlanilishi lozim, chunki ular qidirishning geologik asoslarini tashkil etadi va ularni qidirish mezonlari va qidirish belgilari sifatida ishlatamiz. Qidirish va bashoratlashning geologik asoslari bo’lib, qidirish mezonlari va qidirish belgilari xizmat qiladi. Foydali qazilma konining u yoki bu turini topish imkoniyati borligini ko'rsatuvchi har qandav geologik bilimlar qidirish mezonlari hisoblanadi. Foydali qazilma borligidan yoki bor bolishi mumkinligidan darak beruvchi dalillar qidirish belgilari deyiladi.
4
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
Barcha foydali qazilma konlarini Yer qobig'ining shu foydali qazilma joylashgan qismida sodir bo'lgan turli geologik jarayonlar natijasida paydo bo‘lgan geologik jismlar deb ko'rib chiqish mumkin. Bu konlarning paydo bo'lish vajoylashish qonuniyatlarini turli geologik fanlar tushuntirib beradi. Umumiy geologiya Yer qobig'ida sodir bo'ladigan jarayonlar, ulaming xususiyatlarini, bu jarayonlarning tasniflanishi tushuntirib beradi. Tarixiy geologiya stratigrafiya 50 asoslarini, paleontologiya va jarayonlarning yoshini aniqlash masalalarini tushuntirib beradi. Mineralogiya fani Yer qobig'ida kimyoviy elementlarning mavjud b o iish shakllarini, y a’ni minerallarning turlari, xususiyatlari, hosil bo'lish sharoitlarini va ishlatilish sohalarini o'rgatadi. Petrografiya fani esa turli minerallarning majmualaridan tashkil topgan tog1 jinslarini o'rgatadi. Turli tog‘ jinslari turli sharoitlarda paydo bo'lib, turli xususiyatlarga ega bo'ladilar va turli foydali qazilmalarni o'z tarkibida saqlashlari mumkin. Foydali qazilmalar geologiyasi fani qidirish va razvedka qilish uchun mezonlami tanlashda eng katta ahamiyatga ega bo'lgan fan hisoblanadi. Bu fan turli genetik va sanoat turlarga mansub konlaming hosil bo'lish sharoitlarini tushuntirib berish orqali qidirish mezonlarining asosini ta'minlab beradi.

Download 5.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling