University of geological sciences
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
Download 5.68 Mb.
|
4. МАЪРУЗА (1)
8
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES FQKIarini qidirishning stratigrafik mezonlari shu o'rinda "stratigrafiya'' atamasining ma’nosini eslatib o'tish o'rinlidir. Bu atama ikkita lotincha so'z “stratus" - qatlam va "grafos" - yozaman yoki tasvirlayman tushunchalaridan tuzilgan bo'lib, qatlamlarni ta’riflash sohasi sifatida tushuniladi. Bu mezonning mazmuni shundan iboratki, muayyan hududlarda ma'lum bir foydali qazilmalarning ma’lum bir stratigrafik qatlamlarda joylashish qonuniyati mavjuddir. Bu qonuniyatlardan biz stratigrafik mezon sifatida foydalanishimiz mumkin. Ko'pchilik hollarda bunday qonuniyatlar hududiy xarakterga egadir, ya’ni bu qonuniyatlar faqatgina m a’lum hududlar chegarasida amal qiladi. Demak, bu mezondan foydalanishimiz hududiy jihatdan chegaralangan bo'ladi. 9 UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES Bu mezon cho'kindi va nurash zonasi (qoldiq) konlarini qidirish va bashoratlash uchun muhim ahamiyatga egadir. Endogen konlar uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo'lib, konlar joylashish uchun qulay gorizontlarda to'planganda, ba’zi stratigrafik qatlamlaming ekran vazifasini bajarishi va shunga o'xshash hollarda amal qiladi. Qamrovchi jinslar bilan singenetik (bir vaqtda hosil bo'lgan) bo'lmagan hollarda stratigrafik mezonning ahamiyati yanada ham kamayib ketadi. Stratigrafik mezon ko'mir, yonuvchi slanes, galogenid tuzlar, fosforit, tcmir, marganes, aluminiy kabi cho'kindi konlar uchun katta 52 ahamiyatga ega. Bu konlarning paydo bo'lishi cho'kindi to'planishi bilan bir vaqtda sodir bo'ladi. Demak, - ular m a’lum bir stratigrafik qatlam bilan bog'liq . Ko'pgina foydali qazilmalaming paydo bo'lish tari.xini o'rganish orqali ycr po'stining vujudga kelish jarayonida ular uchun juda qulay davrlar aniqlangan. Masalan: temir zaxirasining 90% dan ortig'i dokembriy davrida sodir bo'lgan jarayonlar bilan bog'liq. Demak, ularni dokembriy davri yotqiziqlarida qidirish lozim. 10 Download 5.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling