University of geological sciences


UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES


Download 5.68 Mb.
bet4/4
Sana03.11.2023
Hajmi5.68 Mb.
#1741727
1   2   3   4
Bog'liq
4. МАЪРУЗА (1)

UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
11
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
QIDIRISH VA BASHORATLASHNING FATSIAL-LITOLOGIK MEZONLARI
Litologiya - petrografiya fanining bo'limi sifatida cho'kindi jinslarning xususiyatlarini o'rganadigan fan hisoblanadi. Fatsiya so'zining ma'nosi esa cho'kindi jinslarning hosil bo'lish sharoitlarini ifodalaydigan umumlashtiruvchi tushunchadir. Fatsial-litologiya mezoni ayrim foydali qazilma koniarining ma’lum bir fatsiya yoki cho'kindi tog' jinslarining turlari bilan bog'liqligiga asoslangan. Bunday bog'liqlik shu turdagi konlarni bashoratlash va ularni qidirish uchun mezon bo'lib xizmat qiladi. O'z-o'zidan ko'rinib turibdiki, bu mezon birinchi navbatda cho'kindi hosil bo'lish jarayonlari bilan bog'liq bo'lgan konlarni qidirish va bashoratlashda o'rinli bo'ladi. Bunday mezonlar temir va marganes ma’danli gorizontlarni va ular bilan bog'liq bo'lgan opoka. spongalit, yashma konlarini aniqlashda foydalaniladi. Masalan, dengiz fatsiyasi bilan bog'liq temir ma'danli qatlamlar bo'laklarida asosan oolitlar, organika qoldiqlari uchraydi, sementlarida esa gematit, shamozit, sideritlar uchraydi. Marganes-oolitli bunday ma'danlar esa sanoat ahamiyatiga egadir. Shu bog'liqlikni fatsial-litologik mezon sifatida ishlatish mumkin.
12
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
Ko'mir qatlamlari asosan mayda chaqiq terrigen materiallardan tashkil topgan yotqiziqlar orasida joylashgan bo'ladi. Bunday yotqiziqlar rivojlangan hududlar ko'mir uchun ijobiy baho beradigan mezon bo'ladi. Bunga nisbatan aksincha, odatda kesimda yirik chaqiq jinslarning (konglomeratning) bo'lishi ko'mirli maydonlarni baholashda salbiy mezon hisoblanadi. Cho'kindilarga taalluqli bo'lmagan tog' jinslarida ham litologik mezon namoyon bo'lishi mumkin. Masalan, ba’zi magmatik jinslarning yemirilishidan kelib chiqadigan foydali qazilmalar uchun birlamchi magmatik jinslarning tarkibi qidirish mezoni bo'lib xizmat qilishi mumkin. Masalan, ko'pchilik boksit koidari asosan granit, sienitlarda rivojlangan nurash po'stlariga joylashgan. Demak, granitlar va sienitlarning nurashi hisobiga paydo bo'ladigan boksit konlari uchun yer yuzasiga chiqib yemirilib boshlagan bunday jinslar boksit koniarining litologik mezoni bo'lib xizmat qilishi mumkin. Silikatli nikel ma’danlari esa, o'ta asos jinslarda rivojlangan nurash po'stlarida uchraydi. Demak, o'ta asos jinslar rivojlangan hududlar nikel konlari uchun qidirish mezoni bo'lishi mumkin.

E’tiboringiz uchun rahmat!


18
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
Download 5.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling