Reja: Pedagogika va ijtimoiy pedagogika mezonlari
Download 51 Kb.
|
Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi
Ijtimoiy pedagogikada ishontirish metodi Reja: 1. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika mezonlari. 2. Ijtimoiy pedagogika prinsiplari. 3. Metodlar haqida tushuncha. 4. Ijtimoiy pedagogikaning metodlari. 1. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika mezonlari. Fan bilimlar tizimi, uning tushunchalari va mezonlarida aks etadi. Tushunchalar-mavjud dunyoni idrok etish jarayonidagi aks etilishi shakllaridan biri. Har qanday fan rivojlanish jarayonida tushunchalar fan mezoniga birlashadi, kengayadi va qayta xosil qilinadi. Mezonlar yanada umumiy, fundamntal «asliy» deb atalmish tushunchalarni birlashtiradi. Bu tushunchalardan mazkur fanda ishlatiladigan tushunchalar hosil bo‘ladi. Oxirgi yillarda pedagogikada farqlanish jarayoni kuchaydi. Ko‘pgina yangi ilmiy sohalar yuzaga keldi, bular soniga ijtimoiy pedagogika ham kirdi. Pedagogikaning har bir yangi ilmiy sohasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar uning mezon va tushunchalari tizimida o‘z aksini topali. Ijtimoiy pedagogika mezonlarini ko‘rib chiqishda avvallambor biz pedagogika mezonlarini ajiratamiz. U (pedagogika) boshqa fanlardan nimani o‘zlashtirganini, kaysi mezonlar asil o‘ziniki ekanligini ko‘rib chiqamiz. Sung u boshqa fanlardan nimani o‘zlashtirganini va k.aysi tushunchalar o‘ziniqiligini bilish uchun pedagogika mezonlarini ijtimoiy pedagogikaga loyhalashtiramiz. Ma’lumki, pedagogika boshqa fanlar tushunchalarini o‘zlashtiradi va ulardan keng foydalaniladi, masalan «shaxs», «rivojlanish», «faoliyat», «sotsializatsiya» (ijtimoiylashuv), «jamiyat». Uning asil mezonlari «ta’lim», «tarbiya» va «o‘qitish» hisoblanadi. Hozirgi kunda shuningdek umum qabul qilingan «pedagogik faoliyat» mezoni ham kiradi. Ijtimoiy pedagogika asl mezonlariga «ijtimoiy pedagogik faoliyat», «ijtimoiy ta’lim» va «ijtimoiy tarbiya» kiradi. 2 Ijtimoiy pedagogika prinsiplari. «prinsip» so‘zi lotincha so‘zidan xosil bo‘lgan «asos», «boshlanish»ni bildirali. har qanday fan uchun ishlatilgan muayyan koidalardan kelib chiqadigan o‘z prinsiplari mavjud. Fanlar prinsip va koidalar bizga bog‘liq bo‘lmagan xolda mavjud. Ulardan chetga chiqish mumkin emas, aks xolda pedagogik faoliyat befoyda, balki zararli ham bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chikdi, tabiiyki o‘z asosida shu fan prinsiplariga tayanadi. Pedagogikadagi prinsiplar shaxs ta’lim tarbiyasining umumiy yo‘nalishini beradi va aniq pedagogik vazifalar hal etish uchu asos bo‘lib xizmat qiladi. Birok, shu fan rivojlanishining har bir davri uchun pedagogika prinsiplari haqidagi masala munozaralidir. Zamonaviy davr ham bundan mustasno emas. Har xim olimlar u yoki bu prinsiplarni olg‘a suradi yoki yangicha ma’lumotlarni izoxlaydi. Bu borada ijtimoiy pedagogikada yanada Ko‘p qiyinchiliklar yuzaga kelmokda, ammo uning dunyoviy balog‘at yoshiga (100 yildan ortik) karamay O‘z bekistonda bu fan endi o‘z ining birinchi kadamlarini kuymokda. Biz 3 ta prinsipni ko‘rib chiqamiz: tarbiya’ning tabayatga uyg‘un bo‘lishi to‘g‘risidagi prinsip, tarbiya’ning madaniy uyg‘un bo‘lishi prinsipi va gumanizim prinsipi. Shu prinsiplardan har biri ijtimoiy pedagogikada o‘zining talqiniga va o‘ziga xos xususiyatiga ega. A). Tarbiya’ning tabiatga uyg‘un bo‘lish prinsipi. Tarbiya’ning tabiatga uyg‘un bo‘lishi - ijtimoiy pedagogika prinsipi, shunga ko‘ra ijtimoiy pedagog o‘z amaliy faoliyatida bolaning tabbiy holda rivojtanish omillariga tayanadi. Tarbiya’ning tarbiyaga uyg‘un bo‘lish prinsipi ilk bor chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) bilan uning «Buyuk didaktika» (1632) degan eng asosiy ishida ta’riflangan. Komenskiy, inson tabiatining bir qismi va u tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy krnunlariga buysunadi, deb hisoblanadi. Komenskiyning fikricha, tabiatning bu qonunlari o‘simliklar va hayvonlar olamida ham shuningdek, insonga nnsbatan ham o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi. Komenskiy nafaqat tabiatning uslubiy qonunlariga. Bola shaxsi psixologiyasiga ham tayanadi. U bolalar, o‘spirinlar va yosh yigitlarning yoshiga oid tavsifiga tayangan xolda o‘z bolalar ta’lim-tarbiyasi tizimini ilgari suradi, asoslayli va ko‘radi. Komenskiydan ancha ilgari Shark; uygonish davri buyuk olimi ensiklopediyachisi va mutafakkiri Abu Ali Ibin Sino (980-1037) o‘z asarlarila tarbiya’ning tabiatta uytun bo‘lish haqida gapirgan edi. Masalan «uy ro‘zg‘or tutish» haqidagi asarida Ibn Sino yozgan ediki, inson aqlli mavjudot shuning uchun tabiatda alohida o‘rin tutadi va uning qonunlariga ko‘ra rivojlanadi. «Yolg‘on hislatlarni qayta tarbiyalash» asarida esa Ibn Sino yozadiki, kimki axloqsiz insonni tarbiyalomoqchi bo‘lsa, unda u uni har tamonlama o‘rganishi, insonning tabiati qoidalarini bilishi kerak. Natijada tarbiya’ning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipi ko‘pgina buyuk pedagoglar tomonidan o‘z pedagogik va ijtimoiy pedagogik nazariyalari ko‘rish asosi sifatida olingan edi. Masalan, Fransua falsafachisi Jan Jak Russo hisoblagan ediki, bola tarbiyasi tabiat bilan uyg‘un ravishda amalga oshirilishi kerak. U yozadiki, «bolalar katta bo‘lishidan ilgari bola bo‘lishi kerak». Sxettsar pedagogi Iyagon Genrix Pestalotstsi yetim va karovso‘z bolalar uchun muassasalar va bolalar uyini yaratgan, u hisobladiki, tabiat maqsadi - inson tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini rivojlantirishdir, bunda rivojlanish har tomonlama va uyg‘un bo‘lishi lozim. Nemis olimi, pedagogi Adolf Disterveg ham I.G.Pestalotssi ketidan bu prinsipni eng muhim tarbiya prinsiii deb hisoblagan. O‘z ishlarida yozgan ediki, talim-tarbiya jarayonida yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olishi lozim. Tarbiya bilan uyg‘un bo‘lishi rus klassik pedagoglari ishlarila ham o‘z aksini topgan. Ushinskiy o‘zining asosiy «inson tarbiyasining mavzusi sifatida» degan psixologik- pedagogik asarida yozgan ediki, bola tarbiyasi va ta’limi uchun tarbiya prinsiplari va koidalarini bilish, balki inson tabiati asosiy qonunlarini bilishi ularni har bir aniq bola uchun har bir aniq. xolda tadbik qila olishi lozim. Ushinskiy fiziologiya, gigiyena va psixologiya (diqqat, xotira, tasavvur, iroda) asoslarini o‘rganish zaruriyatini asoslab berdi, uning asosi so‘zlash qobiliyatini axloqiy estetik va diniy hislari, didaktikani o‘rganishga o‘tish mumkin. Shark uygonish davri mugafakkiri ensiklopediyachisi Abu Nasr Forobiy (873-950) 1) pedagogikaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga kadar o‘z asarida aytgan Ediki, inson tabiatning eng oliy zoti, u atrof muhitni har tamonlama idrok qilishi mumkin. Abdulla Avloniy (1878-1934) «Turkiy Guliston yoxud axloq» degan asarida turli shaxs axloqiy hislatlarini tarbiyalashga katta e’tibor beradi. Uning asarini o‘zbek tilida yezilgan pedagogika bo‘yicha birinchi darslik dsb hisoblash mumkin. 1)Pedagogika mustaqil fan sifatida Y.A.Komenskiyning «Buyuk dedaktika» (XU11 asr) degan asaridan so‘ng ajralib chiqli, unda didaktika prinsiplari va pedagogik jarayon qonuniyatlari aniq tariflangan. Forobiy pedagogikani mustaqil fanga ajratgan siyosiy (fukaro) fan tarkibiga kiritgan. Uning fikricha, bolalarda ijobiy axloqiy hislatlarni tarbiyalashda atrof muhit katta o‘rin tutadi. U bola shaxsining tabiiy kamolatiga ishonardi, bola tabiatdan go‘zallik va mehr-oqibat bilan tugiladi. Ijtimoiy pedagogikada tarbiya’ning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipiga amal qilib, quyidagi koidalarga taya’nishi lozim: - bolalar yosh xususiyatlarini e’tiborga olish; - bolalar xususiyatlarini e’tiborga olish; -me’yoridan chetta chiqish bilan bog‘liq. bo‘lgan bolalarning individual xususiyatlarini e’tiborga olish; - bola shaxsidagi ijobiy, kuchli tomonlari taya’nish; - bola tashabbuskorligini va mustaqilligini rivojlantrish. B) Madaniyat bilan uyg‘un bo‘lish prinsipi. Bu prinsip tarbiya’ning tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi prinsipining davomidir. Uning zaruriyati inson tabiati bilan shartlangan. Inson bialogik mavjudot sifatida tug‘iladi, shaxs bo‘lib esa bir avloddan ikkinchi avlodga shaxs tarbiyasi va rivojlanishi jarayonida o‘tadigan o‘zini tutish ijtimoiy tajribani o‘zlashtirib yetishadi. Antik jamiyatdagi falsafachilar va pedagoglar shaxs shakllanishi va madaniyati o‘rtasidagi chukur bog‘liqlikni tahlil qilganlar. Shu narsaga Shark Uyg‘onish davri mutafakkirlari va ensiklopediyachilari bo‘lgan Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy ham o‘z asarlarida ham tayanganlar. Bunda ikkita muhim tezis belgilandi: shaxs madaniyati orqali shakllanadi, har qanday madaniyat asosan boyligi esa insondir. O‘tmishi falsafachi va pedagoglarn hisoblardiki, madaniyat yuqori axloqiy insonni shakllantirishning zaruriy va eng muhim omilidir. Madaniyat bilan uyg‘un bo‘lish prinsipi pedagogikada A.Disterveg (X1X asr) bilan ilgari surilgan. U hisoblardiki, tarbiya qilishda joy va vaqt, shart sharoitlarini, ya’ni inson tug‘ilgan vaqt: va joyini bir so‘z bilan aytganda butun zamonaviy madaniyatni e’tiborga olishga zarur. Butun insoniyat har bir xalk va har bir avlod madaniyat rivojlanishining ma’lum bir pog‘onasida turadi bu ajdodlar. Metodlar -o‘rganilayotgan obektning mohiyati va qonuniyatlaridan kelib chiqib, borliqni amaliy va nazariy o‘zlashtirish usullaridir, ijtimoiy pedagogika esa pedagogikaning bir sohasi bo‘lib, uning metodlarini pedagogikada qo‘llanadigan tarbiyalash va o‘qitishning an’anaviy metodlariga tayanamiz, boshqa tomondan ijtimoiy ta’lim va ijtimoiy tarbiya’ning ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy faoliyat bilan o‘zgarib bormokda. Yana shuni yodda tutish kerakki, buning diqqat markazida bola va uni o‘rab turgan ijtimoiy muhit turadi ijtimoiy pedagog esa bolaga muammolarni uni ijtimoiylashish jarayoni hal qilishga yordam beradi . Ijtimoiy pedagogika bola bilan bevosiga yoki bilvosita -oila, do‘stlari, bolalar jamoasi orqali ta’sir o‘utkazadi. U qandaydir qisqa muddatli vazifalarni bajarilishi yoki, bola bilan uzok vakt davomida ishlashi mumkinligini hisobga olamiz. Ijtimoiy pedagogik metodlar orqali bolaning ongi, xulki his-tuyg‘ulariga maqsadga muvofiq ta’sir o‘tkazilish hamda uni o‘rab turgan ijtimoiy muhitga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Metodlar - bolaning ijtimoiylashishi va tiklashda hamkorlik qiluvchi, pozitiv ijtimoiy tajriba to‘plashida yordam beruvchi ijtimoiy pedagog va bolaning o‘zaro bog‘liq hatti- harakatlari usullaridir . Ijtimoiy pedagogika ham pedagogikaning eng yangi sohalaridan biri bo‘lib, ijtimoiy - pedagogik faoliyat yangi shakllanayotgani uchun uning metodlar tizimi haqida gapirish juda erta. Shuning uchun ijtimoiy pedagog o‘z amaliy faoliyatida pedagogika, psixologiya va ijtimoiy ishdagi metodlardan keng foydalanadi. U shakllanishi bosqichida o‘z kasbiy faoliyatni bajarish uchun ijtimoiy pedagog alohida usullardan tashqil topgan metodlarni egallashi kerak. Metodlar, usullar va vositalar shu tariqa bir-birlari bilan bog‘liqki, metodlar va usullar holat da vositalar rolini bajarishi mumkin. Ijtimoiy pedagogik faoliyatda ishontirish va mashq qilishi metodlari keng qo‘llaniladi, Bu metodni qo‘llashning xususiyati shundan iboratki, ijtimoiy pedagog qaysidir sabablarga ko‘ra odob - axloqning umum qabul qilingan me’yorlari shakllanmagan yoki notug‘ri shakllangan bola bilan ish olib boradilar. Shu jamiyatga qabul qilingan hayot me’yorlari, ular to‘g‘risidagi to‘g‘ri va aniq tasavvo‘rning yuzaga kelishi, oxir - okibatda shaxsning ishonchi uning hayotdagi o‘rnini shakllantiradi, bilim va ular haqidagi tasavvur bilan bog‘lik. Ishontirish metodi jamiyatda qabul qilingan me’yorlarni bola xulki va faoliyoti motivlariga ko‘chirishga yordam berib, e’tiqodni shakllantiradi. E’tikod-bu bolaning ma’naviy bilimlarining haqiqiyligi va adolatliliga kat’iy ishonch bo‘lib, u shaxsning axloqiy faoliyatga va harakatiga ichki xoxishdir. E’tikod - bu muayyan harakatning zarurligi va to‘g‘riligini tushuntirish va isbotlashdir. Ishontirish jarayonida ijtimoiy pedagog bolaning ongli, his - tuyg‘ulari va irodasiga ta’sir o‘tkazadi. Ishontirish metodi maqsadga erishishi uchun bolalarning psixologik xususiyatlari, ularning xulki, qiziqishlari, shaxsiy tajribasini hisobga olish zarur. Ishontirishning asosiy qismi talab qilishdir. Uning asosiy vazifasi shundan iboratki, bolalar oldiga vazifa qo‘yilib, axloq - odob koidalarining mazmunini ularning ongiga yetkazishi va kelgusi faoliyat mazmunini aniqlashdan iborat. Ishontirish quyidagi pedagogikaga ma’lum bo‘lgan metodlar orqali amalga oshiriladi, ya’ni xikoya, leksiya, suhbat, disput. Hikoya va leksiya-bir kishi ijtimoiy pedagog tomonidan olib boriladigan metodning monologik formasi. xikoya kichik yoshdagi bolalar bilan ishlashda kullaniladi, u o‘z ok vakt cho‘zilmaydi, aniq va ravshan faktlarga asoslanadi. Leksiya katta yoshdagi bolalarga qo‘llaniladi, vakti uzokrok bo‘lib, murakkab axloqiy tushunchalar ( gumanizm, do‘stlik, yaxshiklik)ni ochib beradi. Suxbat va disput-dialogik shakldagi usul, bunda bolalarning ishlashi muhim. Suhbat - bu savol-javob metodi ijtimoiy pedagog suhbatni shunday olib borishi kerakki, savollarni nafaqat u, balki bolalar ham bersin. O‘smirlar uchun disput metodi kullanadi, bu metod fikrlarini shakllantiradi. Shunday qilib ishontirish - bu ma’lum axloqning to‘g‘riligi va zarurligini tushuntirish va isbotlash. Agar ishontirish bola ongini "programmalashtirsa, mashq qilish bilim-ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Mashk qilish oxir- okibatda bolalarda odob-axloqni shakllantirishi uchun zarur. Axloqiy mashqlar deganda, bolalar faoliyati va harakatlarining zarur bo‘lgan ko‘nikma va odat xosil bo‘lib, mustahkamlanishga kadar bo‘lgan ko‘p marta takrorlanuvchi harakatga aytiladi. Ko‘nikma va odatlarning shakllanishi quyidagi usullardan iborat : vazifani qo‘yish, uning bajarilishi qoidalarini tushuntirish va talab uyg‘otish, amalda qilib ko‘rsatish, amaliy mashqni tashqil qilishi, talab kuyishi, talabni bajarishni zslatish va uniig bajarilishini ko‘z atib borish. Malaka va odat o‘rtasida ma’lum distantsiya bor. Bu malakani shakllantiramiz keyin ma’um vakt muntazam mustahkamlab borib, uni odatga aylantiramiz. Mashq qilish metodining unumliligi ijtimoiy pedagogning mashq qilishini uyin shaklida tashqil qilishi orqali oshadi. Mashk qilishi va ishontirish metodlari o‘zaro chambarchas boklik. Ijtimoiy pedagogik metodlar orasida muhim guruhni korreksiya metodlari tashqil qiladi, unga rag‘batlantirish va jazolash metodlari kiradi. Ijtimoiy-pedagogogika tarix guvoxlik beradiki, rag‘batlantirishi va jazolash-bola shaxsiga ta’sir qilishining murakkab usullari. Rag‘batlantirish va jazolash bir maqsadga yunaltirilgan - ya’ni ma’lum axloqiy sifatlarni bola harakterida shakllantiradi. Lekin bu maqsad turli yo‘llar bilan amalga oshiriladi: rag‘batlantirish harakat va xolatni ma’kullaydi, jazolash noto‘g‘ri harakat va faoliyatni koralaydi, unga yomon baxo beradi. Jazolash va rag‘batlantirish bola harakati va uning okibati orasidagi muqarrar bog‘liklikni eslatadi (rag‘batlantirish - qonikish, jazo - norozilik ). Ijtimoiy pedagogning amaliy faoliyatida bu metodlarning turli xil turlari qo‘llanilishi mumkin. Madomiki bolalarga adashish va xato qilish xos ekan, qayta ishontirish, ogohlantirish, qiziqishlarini o‘zgartirish va jazolash metodlarni qo‘llash mumkin. Qayta ishontirish bola ongidan noto‘g‘ri tasavvurlar, xato hayotiy planlarni akliy tasavvurlar va qarashlar orqali surib chikarish. Bu ishontirish metodiniig bir turidir. Ogohlantirish ijtimoiy pedagog va pedagog faoliyatiga keng qo‘llaniladn va u bola noto‘g‘ri harakatni oldini oladi va noto‘g‘ri faoliyatga yo‘l qo‘ymaydi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan metodlar ijtimoiy pedagogikada alohida emas balki bir- biri bilan bog‘likhxolda qo‘llaniladi. Adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.1997y. 2. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash-davr talabi. T.1997. 3.Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T.1998 y. 4. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.2008 y. 5. Egamberdiyeva N. Ijtimoiy pedagogika. Darslik. T. 2009. Download 51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling