2 Mavzu. Signallar. Ma'lumotlarni uzatish sistemalari. Signallar klassifikatsiyasi. Signallamni modulyatsiyalash va detektorlash. Superpozitsiya printsipi. Signallarni matematik tavsiflash. Signallar spektrlari


Download 59.99 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.01.2023
Hajmi59.99 Kb.
#1124833


2 - Mavzu. Signallar. Ma'lumotlarni uzatish sistemalari. Signallar 
klassifikatsiyasi. Signallamni modulyatsiyalash va detektorlash. Superpozitsiya 
printsipi. Signallarni matematik tavsiflash. Signallar spektrlari. Signal spektri 
kengligi. Spektri chegaralangan va chegaralanmagan signallar. Ma'lumotlarni 
signalning diskret kiymatlari orqali uzatish va qabul qilish.
Radiotexnik jarayonlar radiotizimlar (radiozanjirlar) yordamida amalga 
oshiriladi. Axborotni uzatishda radioaloqa tizimining asosini uzatgich, aloqa muhiti 
va qabul qilgich qurilmalari tashkil qildi. Ular birgalikda radioaloqa tizimi deb 
ataladi. Bu tizimning blok sxemasi 1.1-rasmda keltirilgan. 
1.1-rasm. Radioaloqa tizimining blok sxemasi. 
Axborotni uzatish uchun mo’ljallangan qurilmalar va shuningdek, 
elektromagnit to’lqinlar tarqaladigan muhit aloqa kanalini tashkil etadi. 
Uzatgich jo’natiladigan xabar signallarini (nutq, muzika, tasvir va h.k) 
radiosignallariga aylantirib beradi. Qabul qiluvchi qurilma esa, boshlang’ich 
maʻlumotlarni tiklaydigan qurilma hisoblanadi. 
Hozirgi paytda Elektronika va signallarni qayta ishlash fanining tarmoqlari va 
uni qo’llanish sohalari ancha kengaygan. 
Elektronika va signallarni qayta ishlash barcha elektron qayd qilish, avtomatik 
boshqarish, radioo’lchash, teleboshqarish, hisoblash texnikasi va boshqa ko’pgina
elektron sanoati asbob uskunalari va qurilmalarining asosini tashkil etuvchi fan. 
Zamonaviy fan-texnika va xalq xo’jaligini Elektronika va signallarni qayta 
ishlashning muhim yo’nalishi bo’lmish mikroelektronikasiz tasavvur etib 
bo’lmaydi. Mikroelektron qurilmalari fan-texnikaning turli sohalarida ilmiy-
tadqiqot ishlarida, elektron hisoblash mashinalarini yangi avlodlarini yaratishda 
muhim rol o’ynamokda. Fan-texnika taraqqiyoti, ilmiy-texnikaviy inqilob, 
EHMlarning hayotning barcha jabhalariga kirib borishi, mikroelekronikaning keskin 
rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq. Hozirgi vaqtda zamonaviy elektronikaning 
muhim yo’nalishlaridan biri nanoelektronika hamda nanotexnologiyalar sohasida 
keng izlanishlar olib borilmokda va salmoqli natijalarga erishilgan.
Elektron kuchaytirgichlar, generatorlar, radioo’lchash asboblari va boshqa 
ko’pgina radioelektron asboblarni ishlab chiqarish, texnologik jarayonlarini nazorat 
qilish hamda ilmiy tadqiqot ishlarini avtomatlashtirishda mikro-elektronika 
qurilmalari qudratli vosita bo’lib qolmokda.
Elektronika va signallarni qayta ishlash vositalaridan foydalanish natijasida ob-
havoni bashorat qilish, qazilma boylikni topish, moddalar tarkibini tahlil qilish, 
tibbiyotda bemorlarga tashxis qo’yish va Shunga o’xshash ko’pgina ishlar ancha 
osonlashdi. Qisqa qilib aytganda, Elektronika va signallarni qayta ishlash usullari va 
vositalari tabiatda mavjud moddalarning xossalarini o’rganishni osonlashtirib bizni 
Ахborot 
uzatgich 
Aloqa 
kanali 
Qаbul 
qiluvchi 
qurilma 


o’rab olgan olamda materiya tuzilishi va uning qonuniyatlarini chuqurroq 
tuShunishimizga imkon bermoqda. 
 

Download 59.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling