Haqiqiy bajarilgan miqdor x 100
SHbnm = ----------------------------------------------------------------
SHartnomada (buyurtmada) ko‘rsatilgan miqdor
Bu ko‘rsatkich ham xalq xo‘jaligi tarmoqlarida juda ko‘p qo‘llanadi. CHunki tarmoq korxonalari o‘zaro mahsulot yetkazib berish uchun har yili shartnoma tuzadilar. Yil davomida bu shartnomada ko‘rsatilgan shartlar qanday bajarilayotganligini nazorat qilib borish zarur. Qishloq xo‘jalik korxonalari davlatdan paxta va boshqa mahsulotlarni sotish bo‘yicha davlat buyurtmasini oladi. Bunda ham belgilangan davlat buyurtmasining haqiqiy bajarilishini ma’lum muddatlarga taqqoslab borish zarur.
Misol: Qishloq xo‘jaligi shirkati ushbu yilda davlatga 8500 paxta sotish bo‘yicha buyurtmaga kelishgan. Xo‘jalik shu yil 26 oktyabrga 8200 tonna paxta sotgan. Demak, buyurtmani
8200 x 100
96,5 % (---------------) bajargan.
8500
Ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘zgarishining tendensiyasini bilish uchun ularni bir necha davr davomida kuzatish lozim. Bunday kuzatish dinamika nisbiy miqdor natijasida aniqlanadi.
Dinamika nisbiy miqdorda (Dnm) ko‘rsatkichning hisobot davridagi miqdori (mutloq yoki o‘rtacha) shu ko‘rsatkichning o‘tgan davrdagi miqdorlariga nisbati bilan topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |