2-mavzu: statistik ko`rsatkichlar reja mutloq miqdorlar, ularning turlari va o‘lchov birliklari
Download 26.09 Kb.
|
2-MAVZU STАTISTIK KORSАTKICHLАR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarkibiy nisbiy miqdorlar
Hisobot davr haqiqiy miqdori
Dnm = ---------------------------------------------- O‘tgan davr hiqiqiy miqdori Dinamika nisbiy miqdorda miqdorlarning taqqoslama bo‘lishiga katta ahamiyat berish kerak. Agarda ushbu taqqoslanuvchi davrda taqqoslanuvchi miqdorlarni hisoblash uslubida, xududlarda, miqdorlarning tarkibida yoki boshqa jihatlarida o‘zgarish bo‘lgan bo‘lsa, ularni taqqoslama miqdorga keltirish yoki ushbu o‘zgarishlarni hisobga olish lozim. SHahar aholisining tabiiy ko‘payishini, uning xududiy o‘zgarishini e’tiborga olmasdan hisoblab bo‘lmaydi. Dinamika nisbiy miqdorlar bazisli yoki zanjirsimon bo‘lishi mumkin. Bazisli dinamika nisbiy miqdorlar ko‘rsatkichning joriy davrdagi miqdorini o‘tgan davr miqdoriga bo‘lish bilan aniqlanadi. Umuman dinamika nisbiy miqdorlar foizlarda , koeffitsientlarda (martalarda) ifodalanishi mumkin. Misol: Korxona ushbu yilda 12000 tonna mahsulot ishlab chiqargan. O‘tgan yil esa korxona 11000 tonna mahsulot ishlab chiqargan edi. Dinamika nisbiy miqdor koeffitsientda aniqlanganda = 12000 : 11000 = 1,09 Dinamika nisbiy miqdor foizlarda aniqlanganda = 12000 x 100 ---------------- = 109,1 % 11000
YUqoridagi dinamika nisbiy miqdor bazislidir. Agarda hodisa va jaryonlarni birnecha davrga taqqoslamoqchi bo‘lsak, bazisli dinamika nisbiy miqdorda bazisli davr doimiy bo‘lib qoladi, qolgan davrlar miqdorlari unga nisbatan hisoblanadi. Zanjirsimon dinamika nisbiy miqdorda har bir davr miqdor ko‘rsatkichi undan oldingi davr miqdor ko‘rsatkichi nisbati bilan topiladi. Bazisli dinamika nisbiy miqdorlar ko‘rsatkich miqdorlarining o‘rganilayotgan davr mobaynida o‘zgarishini ko‘rsatadi. Zanjirsimon dinamika nisbiy miqdor ko‘rsatkich miqdorlarining o‘tgan yilgi miqdorga nisbatan o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Download 26.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling